126
INSON ONGI UCHUN KURASH
Inson ongini yot va begona g‘oyalar bilan zaharlash,
ba’zan uning tanlagan sog‘lom hayot yo‘lidan og‘ib ke-
tishiga olib keluvchi axborotlar aynan norasmiy manba-
lar tomonidan tarqatiladi.
Axborot xurujlari natijasida turli davlatlar chegaralari
daxlsizligining buzilishigacha borilayotgani bugungi kun-
da mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq
kuchga ega ekanligini isbotlamoqda. Axborot urushining
asosiy maqsadi shaxs yoki mamlakatning tinchligiga tah-
did solgan holda, bosim o‘tkazish dan iborat.
VIRTUAL MULOQOT
Virtual muloqot vositalari har xil turdagi fayllar va
xabarlarni almashish maqsadida tuzilgan.
Hozirgi kunda virtual muloqot vositalari orqali yubo-
rilayotgan ma’lumotlar faqat boshqalarni hayron qoldi-
rishga asoslanadi va uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani
IJODIY FAOLIYAT
Mazkur holatni tahlil qiling.
Anchadan beri birbiri bilan ko‘rishmagan Adham va Akbar ismli do‘st
lar uchrashib qolishdi. Adham do‘stiga shu yaqin o‘rtada shinamgina mil
liy taomlar oshxonasi bor, WiFi ham tekin, deb do‘stini birgalikda tushlik
qilish ga taklif etdi. Ularni orasta kiyingan oshxona xodimi kutib oldi.
Adham oshxona xodimidan WiFi yoqib berishni so‘radi. Telefonlar jahon
axborot tarmog‘iga ulandi. Buyurtirilgan taom kel tirildi. Har ikkala do‘st
taom ustida telefonlariga jo‘natilgan rasmlarni ko‘rish, latifalarni o‘qish
bilan band bo‘lib o‘tirishdi. Ular tamaddi qilib bo‘lib, ko‘chaga chiqishar
ekan, telefon raqamlarini yozib olishdi va birbirlariga telegram orqali xa
bar yozib turishga ahdlashishdi.