• IJODIY FAOLIYAT
  • Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/99
    Sana04.06.2024
    Hajmi2,32 Mb.
    #260033
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99
    Bog'liq
    dunyo dinlari tarixi 10 uzb

    Diniy ekstre-
    mizm — 
    jamiyat 
    uchun an’anaviy 
    bo‘lgan diniy 
    qad riyatlar va 
    aqidaviy ah-
    komlar tizimini 
    inkor etib, ularga 
    zid bo‘lgan 
    «g‘oyalar» va 
    amallarni agres-
    siv tarzda targ‘ib 
    qilishdir.


    118
    Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi mutaassiblik, ekstremizm 
    va terrorchilikning mintaqaviy va umumbashariy miqyosdagi xavf ekanidan 
    kelib chiqib, jahon hamjamiyati unga qarshi birgalikda kurashishi lozimligi 
    to‘g‘risidagi g‘oyani jahonning nufuzli tashkilotlari minbarlaridan e’lon qildi. 
    Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
    1993-yil 28-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan 
    ma’ruzasida jahon hamjamiyatini Afg‘oniston muammosini izchil o‘rganish va 
    yechishga chaqirdi. 
    O‘zbekiston diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi 
    huquqiy jarayonlarni tartibga solish, ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldi-
    ni olish uchun o‘zining ichki siyosatida ham tegishli chora-tadbirlarni amalga 
    oshirib kelmoqda. 
    IJODIY FAOLIYAT
    Berilgan matnni diqqat bilan o‘qing. Undagi xalqimizga azaldan xos 
    bo‘lgan bag‘rikenglik an’analari haqida fikr bildiring:
    «Bizning davlatimiz ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali davlat. Bugungi kun­
    da mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzand­
    laridek ahil va inoq yashashmoqda. Bu borada, hech shubhasiz, xalqimizga 
    azaldan xos bo‘lgan bag‘rikenglik an’analari muhim rol o‘ynamoqda». 
    2001­yilda ter­
    rorchilik oqibatida 
    buzib yuborilgan 
    minoralar o‘rniga 
    qurilgan milliy me­
    morial va muzey. 
    Nyu­York


    119
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 1998-yil 1-mayda yangi tah-
    rirda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun-
    da mazkur yo‘nalishdagi faoliyatning huquqiy asoslari mujassam etilishi bilan 
    birga din niqobi ostida ekstremistik g‘oyalarning tarqalishiga chek qo‘yildi.
    Respublikamiz ekstremizm va terrorizm hamda uni moliyalashtirish bilan 
    uzviy bog‘liq bo‘lgan narkobiz nes va narkotrafikka qarshi kurashda ham qat’iy 
    siyosat olib bormoqda. 1999-yilda «Giyohvandlik vositalari va psixotrop mod-
    dalar to‘g‘risida»gi, 2000-yilda «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi va 
    2006-yilning 1-yanvaridan amalga kiritilgan «Jinoiy faoliyatdan olingan daro-
    madlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish 
    to‘g‘risida»gi qonunlar ning qabul qilingani ham fikrimizni tasdiqlaydi.
    O‘tgan yillar davomida respublikamiz terrorchilikka qarshi kurash bi-
    lan bog‘liq qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi. Jumladan, 2000-yil 
    24-aprelda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
    tashabbusi bilan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, 

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   99




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish