• TARIXGA NAZAR
  • O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilot­ lar to‘g‘risida»gi
  • Ota­onalar o‘z farzandlarining turli zarar­




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/99
    Sana04.06.2024
    Hajmi2,32 Mb.
    #260033
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   99
    Bog'liq
    dunyo dinlari tarixi 10 uzb

    Ota­onalar o‘z farzandlarining turli zarar­
    li oqimlarga kirib ketmasligi kabi masalalar uchun 
    mas’uldirlar. 
    Ular o‘z farzandlari ma’naviyati, shuning-
    dek, odob-axloqi uchun javobgar bo‘ladilar. Har bir ota-
    ona o‘zlarining milliy qadriyatlarini bolalarga to‘g‘ri 
    tushuntirishlari lozim. 
    Din va e’tiqod masalalari inson ma’naviyatining 
    uzviy qismi hisoblanadi. Mazkur masalalarning maz-
    mun-mohiyati haqida chuqur va asoslangan bilimlar-
    ga ega bo‘lish hayotiy-amaliy faoliyatni to‘g‘ri tashkil 
    etish ga xizmat qiladi.
    Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi 
    normalarning qonunchilikka kiritilishi natijasida diyo-
    rimizda rasmiy faoliyat olib borayotgan barcha din va-
    killariga katta imkoniyatlar yaratildi. 
    Qonunning asosiy maqsadi har bir shaxsning vijdon 
    erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosaba-
    TARIXGA NAZAR
    1998-yil 1-mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI ses-
    siyasida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning
    23 moddadan iborat yangi tahriri qabul qilindi va bu qonunni ishlab chiqish-
    da mamlakatimizning o‘ziga xos sharoiti, unda yashovchi aholining huquq 
    va manfaatlari hamda mentaliteti hisobga olindi. 
    Dinga e’tiqod 
    qilish yoki o‘zga 
    e’tiqodlar er-
    kinligi milliy 
    xavfsizlikni va 
    jamoat tartibini
    boshqa fuqaro-
    larning hayoti, 
    salomatligi, 
    axloqi, huquqi 
    va erkinlikla-
    rini ta’minlash 
    uchun zarur 
    bo‘lgan daraja-
    dagina cheklani-
    shi mumkin.
    O‘zbekiston 
    Respublikasining 
    «Vijdon erkinligi 
    va diniy tashkilot­
    lar to‘g‘risida»gi 
    Qonunidan


    113
    tidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, 
    shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq 
    munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat. 
    Qonun «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi 
    xalqaro Pakt»da belgilangan qoidalarni e’tirof etgan. 
    Inson o‘z dini va e’tiqodini o‘zgartirishi ko‘p hollar-
    da salbiy oqibatlarga olib keladi. Ayniqsa, bunday ha-
    rakatlar oqibatida oila muhitida ota-bola, aka-ukaning 
    yuzko‘rmas bo‘lib ketayotganini hech qanday yo‘l bilan 
    oqlab bo‘lmaydi. Shu kabi jihatlar hisobga olingan hol-
    da qonunchilikda bunday holatlarga nisbatan javobgar-
    lik ham belgilangan. Masalan, O‘zbekiston Respubli-
    kasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
    240-moddasi ikkinchi qismida bir konfessiyaga mansub 
    dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-ha-
    rakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati 
    uchun javobgarlik belgilangan.
    O‘zbekiston Respublikasi demokratik tamoyillarga sodiqli-
    gining ifodasi sifatida davlatning din va diniy tashkilotlar bilan 
    o‘zaro munosabatlarda quyidagi tamoyillarga amal qilishini e’lon 
    qildi:

    dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;

    diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining 
    xususiy ishi deb tan olish;

    diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga 
    amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng ka-
    folatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

    ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qa-
    ror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatla-
    ridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llari-
    ni izlash zarurati;

    dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l 
    qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish.

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   99




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ota­onalar o‘z farzandlarining turli zarar­

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish