108
gi harakatlar O‘zbekistonda ham kuzatilganini qayd
etish lozim.
Yozgi ta’til davrida bolalarni dam olish joylariga
qisqa muddatga olib chiqish, cherkov hududida bir ne-
cha smenali, kamida 2 mahal ovqat beriladigan kunduz-
gi dam olish oromgohlari tashkil etish ham missionerlar
faol foydalanadigan usullardan hisoblanadi.
Odatda, bunday amaliyot cherkovga qatnaydigan
fuqarolarning bolalari uchun tashkil etilgani haqida
hamma joyda ochiq-oshkor e’lon qilinadi ham. Ammo
aslida bunday harakatlar «e’tiqodiy tarbiyadan chetda
qolayotgan bolalar» uchun mo‘ljallangani hech kimga
sir emas.
Cherkovga ibodatga keladiganlar orqali mahalla
va maktablarda bolalar oromgohlariga bepul yo‘llan-
ma borligi, dam olish davrida turli to‘garaklar faoliyat
ko‘rsatishi, bolalarning dam olishi mazmunli o‘tishi, qa-
dimiy joylarga sayohatlar tashkil etilishi haqidagi e’lon-
larning tarqatilishi ham shunday xulosa chiqarish imko-
nini beradi.
Missionerlar tarqatayotgan kitoblar ichida bolalar
uchun mo‘ljallangan «Injil»ning bo‘lishi esa tashqari-
dan qaragan odam uchun kichik bir tasodifdek tuyulishi
mumkin, ammo missionerlar taktikasidagi tabiiy-qo-
nuniy hol hisoblanadi.
Cherkovlarda bolalar uchun mo‘ljallangan «yakshan-
ba» maktablari tashkil etish, bunday maktablarga jalb
qilinganlar ishtirokida turli tadbirlar o‘tkazish, o‘z sek-
talari ta’limoti bilan yo‘g‘rilgan spektakllar qo‘yish va
muayyan tayyorgarlikdan o‘tgan tarbiyalanuvchilardan
masihiylikka da’vat qiluvchi turli adabiyotlarni tarqa-
tishda faol foydalanishga intilishni ham bolalar orasida
olib borilayotgan missionerlikning o‘ziga xos ko‘rinishi
sifatida qayd etish mumkin.
Harakat inson
qiyofasini ochib
beruvchi eng
aniq vositadir.
Inson qanday
harakat qilsa
o‘shandaydir.
Gegel
Har kimki «meni
bilimdon ekan,
desinlar» de
gan maqsadda
o‘zidan dono
roq odam bilan
bahslashsa o‘z
nodonligini
namoyish qilgan
bo‘ladi.