O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
2017-yil 15-iyulda «Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash,
muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi»
mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqidan
104
zo‘ravonlikda davom etadiganlarga nisbatan qat’iy va
tezkor choralar ko‘rish zarurligi qayd qilinadi.
Tinchlikni saqlash uchun har bir kishi mas’ul, uni
saqlab qolish va mustahkamlash uchun har kim o‘z
hissasini qo‘shishi lozim. Tinchlikka qarshi da’vatlar
ayrim hududlarda notinchlik, beqarorlik, xunrezlik va
xudkushliklar hukm surayotgan hozirgi davrda mamla-
katimizdagi tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash o‘z-o‘zi-
dan bo‘lmayotganini anglashga, o‘zaro yanada inoq va
ahil bo‘lib yashashga undaydi.
MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosati prinsiplarida tinchlikni
saqlashga qaratilgan qanday tamoyillar mavjud?
2. Dunyo dinlari ta’limotida tinchlikni asrash g‘oyalari qanday talqin eti-
ladi?
3.
«Avesto»da aks etgan «Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal» ta’limotining
tinchlikparvarlikka qanday aloqasi bor?
Ikki ne’mat
borki, ko‘pchilik
insonlar uning
qadriga yet
maydilar. U
xotirjamlik va
sihatsalomat
likdir.
Hadis
Islom dinining muqaddas manbasi bo‘lmish Qur’oni karimning «Baqara»
surasi, 208-oyatida: «Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kiri-
shingiz!» — deyiladi. Oyatdagi «yoppasiga» so‘zi tafsir kitoblarida keltiri-
lishicha, bir tomondan, barcha insonlarning birlashgan holda tinchlik yo‘lini
tutishlari lozimligi, ikkinchi tomondan esa, uni barqaror qilish uchun qanday
yo‘l bilan bo‘lsa ham hissa qo‘shish zarurligini bildiradi. Shu bilan birga,
Alloh taoloning «U (yer)ga sog‘-salomat, tinch-omon kiringiz!» (Hijr, 46)
degan oyatida jannat ahlining abadiy hayoti tinchlik, osudalik va salomat-
likda kechishi ta’kidlangan. Demak, bu oyat tinchlik va omonlik nafaqat bu
dun yoda qadrli, balki jannatda ham juda ulug‘ ne’mat ekanini hamda yer
yuzi insoniyatning farovon, o‘zaro totuv va hamjihat yashashi uchun yaratil-
ganini bildiradi.
|