114
O‘zbekiston qonunlarida, shuningdek,
diniy eks-
tremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan
yo‘g‘rilgan matbaa nashrlari, kino, foto, audio, video
mahsulotlari va shu kabi boshqa mahsulotlarni tayyor-
lash, saqlash va tarqatish huquqbuzarlik ekanligi belgi-
lab qo‘yildi.
Xulosa
qilib aytganda, «Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning hayotga tatbiq eti-
lishi respublikamiz hayotida katta voqea bo‘ldi.
Sohaga
oid amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar natijasida
diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish hamda ularga rahbar-
IJODIY FAOLIYAT
Berilgan matnni diqqat bilan oqing va uni O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining 4-moddasida belgilangan mazkur qoida bilan bo‘g‘lab
tushuntiring: «O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi
barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat
qilinishi-
ni ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi».
«Samarqand shahrida Sohibqiron Amir Temur davrida bunyod etilgan,
Doniyor payg‘ambar nomi bilan ataladigan maqbara islom, xristian va
yahudiylik dini vakillari tomonidan birdek e’zozlanadi.
Elyurtimiz necha asrlardan buyon bu qutlug‘ qadamjoni asrabavaylab,
obod qilib, unga hurmatehtirom ko‘rsatib kelmoqda».
Shavkat Mirziyoyev
Bizning Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda, millati, tili va dinidan qat’i
nazar, barcha fuqarolarimiz teng huquq va erkinliklarga ega ekani kafolatlab
qo‘yilgan. Ularga o‘z milliy madaniyati, an’ana va urfodatlarini saqlash, har
tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.