1 Ekologik ta’lim, tarbiya va amaliyot mohiyati Ekologiyaning maqsadi




Download 34.11 Kb.
bet1/2
Sana05.03.2024
Hajmi34.11 Kb.
#167643
  1   2
Bog'liq
ekologiya 1
Algoritmik tillar 8 topshiriq, Internet haqida malumot, педмахорат, 08-02-Jismoniy-tarbiya-ish-jurnali, Appenditsit

Mavzu; Ekologik ta’limoti


Reja



1 Ekologik ta’lim, tarbiya va amaliyot mohiyati

2. Ekologiyaning maqsadi

3. Ekologiyani o'rganish uslublari

4. Foydalangan adabiyotlar














Ekologik ta’lim va tarbiya orqali kishilarda, jumladan, yoshlarda koinotdagi yagona hayot mavjud bo‘lgan Yer sayyorasi haqidagi tasavvurlar, o‘z yashash muhiti to‘g‘risidagi bilimlar, atrofimizdagi olam, tabiat va insonlarni o‘zaro uzviy bog‘langanlik haqidagi ilmiy-nazariy dunyoqarashlar, o‘z o‘lkasi va vatanining ekologik tizimlari (ekotizimlari), ularning paydo bo‘lishi, evolyutsion rivojlanishi, antropogen o‘zgarishi, makon va maydon bo‘yicha tarqalish qonuniyatlari, undan kelib chiqadigan hususiyatlari, boyliklari, holati, kelajak istiqbollari, milliy, regional va global miqyosdagi tabiat va jamiyat munosabatlari, amaliy ekologik ko‘nikma va malakalar, Yer yuzasi atrof-muhitini muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmularini qayta tiklashga oid muammolarni anglash va ularning yechimini topishga doir to‘g‘ri qarorlarni qabul qilish kompetensiyasi, ularni tanlagan kasblarga qarab ekologik ta’lim va tarbiya shakllantiriladi va rivojlantiriladi.
Ekologik amaliyot – yuksak ekologik ma’naviyatli va ma’rifatli shaxs imkoniyatini uning hayot va mehnat faoliyatida qo‘llay olishning motivatsiyalanganlik darajasi. Ya’ni ekologik ong va madaniyatni hayotiy faoliyatda nechoqlik zarur ekanligini his etish va uning ijobiy natijalaridan bahramand bo‘la olish sharoitining muayyan ma’muriy boshqaruv birliklar yoki iqtisodiyot tarmoqlari doirasida yaratilganligi. U davlat, jamiyat va korporativ uyushmalarning olib borayotgan ekologik konsepsiyasida, siyosatida, qonunuchiligida, harakatlar dasturi va ish rejalarida, prioritet tadqiqotlar yo‘nalishlarida, kadrlar tayyorlash va ularni amalda tatbiq etilganligida namoyon bo‘ladi.
Ekologik ta’lim, tarbiya va amaliyot mohiyati uning uch yo‘nalishdagi tadqiqot qilish, o‘rgatish va amalga joriy etish predmetida o‘z aksini topadi:ekotizimlarni (tabiiy va antropogen o‘zgargan) muhofaza qilish; ekotizimlarning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish;buzilgan ekotizimlarni qayta tiklash.
Ekologiyaning maqsadi – hozirgi va kelajak avlodlarning barqaror rivojlanishini ta’minlovchi ekotizimlar xavfsizligiga erishish uchun ekologik ta’lim, tarbiya va amaliyot birligini ta’minlash.Ushbu maqsadga erishmoq uchun milliy miqyosda quyidagi ekologik tusdagi vazifalarni bajarish talab etiladi: ekologiyaning umume’tirof etilgan ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish; uning tarixi, hozirgi holati va kelajak istiqbollarini turli ekotizimlar doirasida uzviy bog‘langan holda baholash; ekologik konsepsiya va harakatlar dasturini ishlab chiqish; taktik va strategik ekologik rivojlanish rejalarini qabul qilish; ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga doir kadrlar tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqish; ekologik qonunchilik bazasini har tomonlama tahlil qilish va uni amaliyot bilan bog‘lash mexanizmini yaratish; milliy ekologik ta’limning majburiylik prinsipini amalda qo‘llash; ekologik ta’limni barqaror rivojlanish qoidalariga mos ravishda qayta ko‘rib chiqish kabi masalalarni hal etishga undaydi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqqiyot kafolatlari” asaridagi ushbu jumlalarga e’tibor qaratishimiz ham juda zarur: “Ochiq e’tirof etish kerakki, uzoq yillar mobaynida eski-ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida bu muammo bilan jiddiy shug‘ullanilmagan. Aniqrog‘i, bu muammo ayrim jonkuyar olimlar uchungina tadqiqot manbai, o‘z mamlakatining kelajagiga, tabiiy boyliklarini saqlab qolishiga befarq qaramagan, bu haqda qattiq tashvish chekkan odamlarning esa “qalb nidosi” bo‘lib kelgan. Davlat siyosatiga monand ravishda ekologik ta’lim ham kuchaydi.
Ekologiya fanining hozirgi tarmoqlari qirqdan ziyod, kelajakda bu raqam yanada ko‘payishi aniq. Hozircha ekologiyani uchta yirik tarmoqqa bo'lib o'rganish mumkin. Bular:
• Umumiy ekologiya - tirik organizmlarning yashash muhitini va ularning o‘zaro bogiiqlik qonuniy'atlarini o'rganadi.
• Nazariy ekologiya - hayotiy jarayonlar tashkillashuvidagi umumiy qonuniyatlarni o'rganadi va ochib beradi. • Amaliy ekologiya - insoniyat tomonidan biosferaga keltirilayotgan zarar mexanizmini o‘rganib, ushbu jarayonlaming oldini olish usullarini ishlab chiqadi va tabiiy muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan rasional foydalanish prinsiplarini ishlab chiqadi.
Umumiy ekologiya o'z navbatida quyidagilarga bo'linadi: maxsus yoki autekologiya, populyatsion ekologiya yoki dernoekologiya, turkum ekologiyasi yoki sinekologiya.
Ekologiya vaqt oqimiga bo‘ysunib, tarixiy va evolyutsion ekologiyaga bo'linadi, shuningdek, hozir o‘simliklar ekologiyasi, hayvoniar ekologiyasi, mikroorganizmlar ekologiyasi shakllandi. Bugungi kunda tabiiy rivojlanish oqibatlaridan kelib chiqib, global ekologiya fani yuzaga keldi va bu fan yer sharidagi ekologik muammolarni va biosferani global ekotizim sifatida o'rganadi. Insonlarning tabiatga bo'igan munosabatlarini shakllantirishda yana bir maxsus fan - ijtimoiy ekologiya (sotsial ekologiya) paydo bo'ldi.
Bu fanni kishilik jamivati va tabiatning o'zaro aloqasi rivojlantiradi. Yana bir alohida bo'lim - inson ekologiyasi (antropoekologiya), insonning bioijtimoiy tirikjon sifatida tashqi dunyo bilan o'zaro bog’liqligini o'rganib boradi.
Hozirgi zamon ekologiyasi siyosiy, huquqiv organlar, iqtisod, psixologiya, pedagogika va ma’naviyat bilan chambarchas aloqada bo'lib, insonning tashqi muhit bilan o'zaro aloqasi va bu boradagi muammolarni muttasil o'rganib boradi. Uning vazifasi jamiyatda rivojlanishning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy yo'nalishlari o'sib borishi hamda fan va texnika yutuqlarining ayrim ko'rsatkichlari natijasida inson va tashqi muhit o'rtasidagi salbiy oqibatlarni minimumga keltirish borasida ish olib borish hisoblanadi. Ekologiya atamasi bugun asta-sekin har bir inson ongiga etib bormoqda, o'zi yashab turgan muhit haqida o'ylashga majbur qilmoqda. Ekologik qarashlar kishilikjamiyati va tabiat o'rtasida biomarkaziy prinsiplarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ekologiya tabiatdan rasional foydalanish va atrof-muhitni himoya qilishning nazariy poydevori bo'lib hisoblanadi.
Bugungi ekologiya fani inson ta'siri va atrof-muhit o‘rtasidagi murakkab muammolarni o‘rganadigan fanlar уig‘indisidir. Bu muammolaming dolzarbligi va murakkabligi natijasida ko’pgina tabiiy, texnik va gumanitar fanlar ekologiyalashtirildi, natijada ekologiya tarmoqlarga bo'linib, bir qator yo'nalishlar Ьафо bo'ldi, ular geoekologiya. qishloq xo'jaligi ekologiyasi, injenerlik ekologiyasi, kosmik ekologiya, matematik ekologiya va boshqalar.
Ekologiyani o'rganish uslublari
Ekologiyani o'rganishning beshta uslubi mavjud. Bular:
1) kuzatib va yozih borish uslubi - avval o'rganadigan obyektlar haqida ma’lumot to'planadi, key in yozib boriladi;
2) taqqoslash uslubi - o'rganadigan obyektlarning o xshashligi va farqi tahlil qilib ko'riladi;
3) tarixiy uslub- rivojlanish davrlarini o'rganishga mo'ljallanadi;
4) tajriba uslubi - tabiatda bo'ladigan jarayonlarni ma'lum sharoitda tajriba asosida o'rganadi;
5) modullashtirish uslubi - tabiatdagi murakkab hosildorlikni oddiy modullar nisbatida o'rganish.
Jamivat ongiga ekologiya tusliunchasini singdirish
Bugun insoniyat uchun bundan zarur yoki ekologiyani, ekologik ong va tushunchani kundalik hayot tarziga singdirishdan ko'ra muhimroq ish yo'qdir. Ekologik ongni ekologik ta'lim va tarbiya, ma’lumotlar, insonlardagi ekologik ta'lim orqali qayta qurish, uning hayot tarzini va ma’naviyatini o'zgartirish zarur. Hozircha insonlar ongida ekologik qonunlarga bo'ysunmaslik, tabiatga shunchaki nazar bilan qarash tasavvurlari singib ketgan. Insonlarning tabiatga bo'lgan loqayd munosabatlari natijasida global isish va iqlim o'zgarishi, cho'llanish, Orol dengizining qurib borishi kabi muammolar tuzatib bo'lmaydigan ekologik krizislarni keltirib chiqardi. Ekologik tushunchaning faqat insonlar tomonidan va faqat ularga xos shakllanishi - antropomarkaz tushuncha deb ataladi.
Antropomarkaz tushuncha xususiyatlari quyidagi holatlarda o'z tasdig'ini topib boradi:
• inson uchun tabiat eng qimmatbaho, oliy degan tushuncha bo'lib shakllanishi va tabiat insonning shaxsiy mulki deb hisoblanishi;
• dunyo tushunchasi ierarxik tarzda piramida holida ko'rinishida yoki eng yuqorida inson toradi, undan quvida narsaiar (inson tomonidan insonlar uchun), yanada quyida tabiaming turli obyektlari;
• insonning barcha talablari qondirilishi;
• tabiat bilan o‘zaro bog'liqlik, inson va insoniyat uchun to'g'ri va yechimi bor;
• yer yuzasidagi odamlar o'rtasida axioqiv qonun va qoidalar faqat odamlar uchun, ular tabiat bilan bog'lanishda mutlaqo ahamiyat kasb etmaydi;
• tabiatning keyingi rivojlanishi jarayon sifatida tasavvur qilinib. o‘z rivojlanishi jarayonida insonga bo'ysunishi lozim.
Ekologik ta’lim - maqsadli yo‘naitirilgar reja asosida tizimli ekologik bilim, madaniyat, malaka va o'quvni rivojlanish jarayonida o‘rganib borishdir. Hozirgi kunda ekologik ta’lim tizimi uzluksiz. to'plangan, fanlararo birlashgan xarakterli mutaxassislikdan kelib chiqib shakllanmoqda. Aholiga ekologik ta’lim beruvchi markazlar tashkil qilinib, bu joyda oddiy aholi ekologiya sohasida o‘z bilimlarini kengaytirib va chuqurlashtirib bormoqdalar.
Ekologik tarbiya - tabiatni muhofaza qilish borasida bilimni kuchaytirish, tabiatni himoya qilish va ekologik o'quvlar dastlab maktabda, so'ngra oliy o'quv yurtlarida olib boriladi. Insonlarning yoshlari ulg'aygan sari atrof-muhit haqidagi tasavvurlari kengayadi, tabiatga boshqacha ko'z bilan nazar soladilar va sekin-asta tabiatni sevib, uni himoya qilishni o‘z burchi deb biladilar. Ekologik tarbiyaning hozirgi kundagi asosiy burchi quyidagilardir:
• barcha hayotiy jarayonlar o‘ta muhim. qiinmatbaho va betakror. inson tirik tabiat uchun javobgar;
• tabiat abadiy vatuganmas, shuning uchun ham u insondan kuchli, inson tabiat bilan o'zaro aloqada boiib. doimo unga moslashishi va lozim bo'lsa unga yordam berishi kerak, tabiatga qarshi bo'lish insonning o'ziga vomonlik keltiradi;
• biosfera qancha xilma-xil bo'lsa, u shuncha barqaror bo'ladi;
• inson atrof-muhitga o'lchab bo'lmaydigan darajada zarar vetkazmoqda;
• tabiat insoniyatning o'ziga berayotgan zarariga qarshi katta kuch bilan zarba berishi mumkin;
• antropologik zarar ekomarkazda olib borilayotgan tushunchalar bilan almashishi kerak;
• insonlar o‘z dunyoqarashlari va xulq-atvorlarini o‘zgartirishi, ko‘p iste'mol qilish hamda yetishmovchiiik natijasida tabiatga zarar yetkazadilar, chunki u yoki bu holda ham ekologik javobgarlik susayadi. Ekologik madaniyatning shakllanishi - ekologik ong va tushunchani shakllanishi boiib, atrof-muhit bilan chambarchas bogiiq boiishdir.
Ekologik madaniyatning asosiy g'oyasi - inson va tabiat o‘rtasidagi bogiiqlik moddiy tomondan emas, balki ma’naviy jihatdan boiishi kerak. Tabiatga zarar bermaslik va global o'ylash har bir insonning burchi boiishi lozim. Yerda abadiy hayot borishi uchun insoniyat o'zi yashaydigan yerni doimo asrashi, qayta yashartirishi va ekologik madanivatni rivojlantirishi zarur.


Download 34.11 Kb.
  1   2




Download 34.11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 Ekologik ta’lim, tarbiya va amaliyot mohiyati Ekologiyaning maqsadi

Download 34.11 Kb.