• Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining asosiy tushuncha va ta’riflari Xavf
  • Taksonomiya
  • Nomenklatura
  • 3. Faoliyat xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari




    Download 29,14 Kb.
    bet1/6
    Sana15.01.2024
    Hajmi29,14 Kb.
    #138205
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    TAVAKKAL NAZARIYASI MOHIYATI VA QOIDALARI


    TAVAKKAL NAZARIYASI MOHIYATI VA QOIDALARI
    Reja:
    1. Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining asosiy tushuncha va ta’riflari
    2. Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari

    3. Faoliyat xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari




    Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining asosiy tushuncha
    va ta’riflari
    Xavf -hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog'lig'iga to’g'ridan-to’g'ri yoki bilvosita ma'lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko’ngilsiz oqibatlarga olib keladi.
    Tahlilning maqsadiga ko’ra xavfni xarakterlovchi belgilarning sonini ko’payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta'rif mavjud bo’lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o’ziga tortuvchi hamda faoliyatning hamma turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir.
    Xavf energiyaga ega bo’lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o’zida joylashtirgan hamma tizimlarni hamda inson hayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan tavsiflarni o’zida saqlaydi.
    Taksonomiya - bu murakkab hodisalar, tushunchalar, obyektlarni sinflashtirish va tizimlashtirish haqidagi fandir. Taksonomiya so’zi xavflarni qonun bo’yicha joylashtirish degan ma'noni beradi. Xavf ko’p belgilarga ega bo’lgan murakkab ierarhik tushunchadir, Faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda xavflarni taksonomiyalash muhim rol o’ynaydi va ularning tabiatini chuqur bilishga undaydi.
    Hozircha xavflarning yetarlicha to’liq, mukammal taksonomiyasi yaratilmagan. Bu o’qituvchi va olimlar oldida kelgusida juda katta ilmiy izlanishlar olib borishini ko’rsatadi.
    Nomenklatura - ma'lum belgilariga ko’ra tizimlashtirilgan xavfli nom va so’zlar ro’yxatidir. Hozirgi kunda xavflarning nomenklaturasini umumiy holda alfavit tartibida quyidagicha keltiramiz: Ajal, alanga, alkogol, buzilish, vakuum, vulkan, vahima, gaz, gerbitsid, dahshat, dard, dinamik zo’riqish, yemirilish, yomg'ir, yong'in, zahar, zilzila, ifloslanish. ichkilik kasalligi, kamchilik, kuyish, lat yemoq, loyqalanish, lazer nurlari, magni maydoni, femomaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, namlanish, puPsatsiya, pasayish, radiatsiya, rezonans, sog'aymoq, saqlanish, sirpanish, tebranish, tok urishi, toymoq, uzilish, urmoq, ultratovush, hujum, xavf, .charchash, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, yaxmalak hamda yadro.
    Aniq ilmiy izlanishlar olib borilganda, har bir alohida obyektlar uchun (ishlab chiqarish, sexlar, ish joylari, jarayonlar, kasblar va hokazo) xavflar nomenklaturasi tuziladi.

    Download 29,14 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 29,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3. Faoliyat xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari

    Download 29,14 Kb.