92
ma-qarshi qo‘yib, bir-birini va shu bilan birga o‘zini
o‘zi o‘ldirishigacha olib borishdan iborat. Natijada esa
uning tarqatuv chilari dunyo va undagi boyliklarga yago-
na hukmron bo‘lib qolishni xohlaydilar.
Siz tengi o‘smirlar, yoshlar tengqurlariga havasmand,
yangiliklarni tez o‘zlashtirishga intiluvchan bo‘ladi-
lar. Ulardagi ana shu ijtimoiy-psixologik holat, ko‘pin-
cha, soxta qadriyatlar ta’siriga berilib qolishlariga sabab
bo‘lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat va aksin-
cha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik
sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar taraqqiyotga,
inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga
katta xavf solmoqda. Bunga misol tariqasida bir jinslik
nikohlar, nikohsiz yashash, befarzand o‘tish, ya’ni far-
zandni ortiqcha muammo deb hisoblash, qiyofasini
g‘ayrioddiy shakllarga solish (badanga igna bilan tur-
li suratlar va shakllar berish), o‘z joniga qasd qilishni
qahramonlik deb bilish kabi salbiy oqibatlarni keltiri-
shimiz mumkin. Bunday holatlarga barcha dinlar qat’iy
qarshidir.
Umuminsoniy qadriyatlarga zid kiyimlarni kiyish
«ommaviy madaniyat»dir. Masalan, tizzasi yoki pocha-
si yirtilgan, manmanlik belgisi sifatida tor va uzun, beli
Ommaviy mada
niyatning ijobiy
tomonlari