87
Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» deb atalgan bebaho fundamental asa-
ri hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Bu kitob Yevropada XV
asrda chop etilgan tibbiyot sohasidagi dastlabki kitoblardan biridir. Qariyb 500
yil davomida Yevropaning yetakchi universitetlarida tibbiyot ilmi ayni shu asar
asosida o‘qitib kelingan.
Islom ilm olish har bir erkag-u ayolga farz, deb ta’lim beradi. Har bir mu-
sulmon erkak va ayolni ilm olishga undaydi. Ilm olish va olimlarning fazilatla-
ri borasida ko‘plab hadislar keltirilgan.