89
Imom Buxoriy
maqbarasi
«Hadis ilmining sultoni»
degan sharafli unvonga sazo
-
vor bo‘lgan. Buyuk muhaddisning «al-Jome as-Sa-
hih» asari Qur’oni karimdan keyingi o‘rinda turadigan
ikkinchi muhim manba sifatida islom olamida yuqori
bahoga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Imom Buxoriyning shogirdi va do‘sti bo‘lish shara-
figa muyassar bo‘lgan zotlardan biri
Abu Iso Muham
mad Termiziy
(824–892).
Imom Termiziy asarlarining
IJODIY FAOLIYAT
1. «Imom Buxoriyning imtihon qilinishi» hikoyasini o‘qing. Uning noyob
iste’dodi haqida mushohada qiling.
2. Xotirani mustahkamlash uchun qanday mashqlar zarur? Siz xotirangizni
mustahkamlash uchun qanday mashqlar bajarasiz? Kitob o‘qish va yod
olish
xotirani mustahkamlaydi, degan fikrga qo‘shilasizmi?
IMOM BUXORIYNING IMTIHON QILINISHI
Bir kuni Imom Buxoriyning Bag‘dodga kelganini eshitgan olimlar u kishini
imtihon qilib ko‘rmoqchi bo‘ldilar. Bag‘dod muhaddislari yuzta hadisni tan-
lab olib, ularning matn va isnodlarini o‘zgartirdilar (ya’ni
bir isnod matnini
ikkinchi bir isnod matni bilan va bir matn isnodini boshqa matn isnodi bilan
almashtirib qo‘ydilar). So‘ng ularni o‘n kishiga o‘ntadan bo‘lib berdilar-da,
yig‘in vaqtida Imom Buxoriyga aytishni tayinladilar. Yig‘inga minglab xu-
rosonlik, bag‘dodlik va boshqa olimlar kelishdi. Boyagi kishilar o‘zlariga
topshirilgan hadislarni
Imom Buxoriyga aytib, ular xususida so‘radilar. Shun-
da Imom Buxoriy ularning har biriga: «Bunday hadisni bilmayman», — deb
javob berdi. Savollar tugaganidan so‘ng birinchi bo‘lib savol bergan kishi-
ga o‘girildi-da: «Ammo, sen aytgan birinchi hadisning matni boshqa bir ha-
dis isnodiga taalluqli bo‘lib, to‘g‘risi mana bunday,
ikkinchisining isnodi esa
bo‘lak hadis matniga tegishli bo‘lib, to‘g‘risi mana bunday...» — deya sa-
vol bergan 10 kishiga javob berdi. Barcha hadislarning isnod-u matnlarini
joy-joyiga qo‘yganiga qoyil qolgan odamlar u kishining xotirasi, aql-u zakova-
tiga
tan berib, chuqur izzat-ehtirom bildirdilar.
90
ichida eng mashhuri «al-Jome as-sahih» bo‘lib, u oltita
ishonchli hadislar to‘plamidan biri hisoblanadi.
Movarounnahrdan chiqqan buyuk allomalar islom
shariati —