93
yoki qorni ochilib turadigan kiyimlarni kiyish shular
jum lasidandir.
Islom dinining muqaddas manbayi Qur’oni karimda
Xudo tomonidan insonlarning xushbichim va xushsurat
yaratilganligi alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, islom
ta’limotida inson jismini pok tutishi, toza va xushbo‘y
bo‘lishiga targ‘ib va tashviq qilinib, go‘zallik belgilan-
gan chegaradan chiqmasligi ham alohida zikr etilgan.
Keyingi vaqtlarda tatuaj, rastushovka, tatuirovka (ta-
naga rasm soldirish) odat tusiga kirib bormoqda. Bu ja-
rayonlar ham og‘riqli, ham insonlarning sog‘lig‘i uchun
zararlidir.
«Tatuaj», «Rastushovka»
jarayoni haqida soha mu-
taxassislari o‘z fikrlarini bildirganlar. Tatuaj — perma
-
ment pardoz, ya’ni yuzdagi a’zolar — qosh, ko‘z va labni
uzoq vaqtgacha ketmaydigan qilib bo‘yab, pardoz berish
demak. Permament pardozda sanab o‘tilgan a’zolarning
terisiga tatuaj uchun mo‘ljallangan igna yordamida max-
sus bo‘yoq yuboriladi. Bu pigmentlarning uzoq vaqt
ushlanib turishini ta’minlaydi. Permament pardoz muo-
lajasi og‘riqli bo‘lib, bir-ikki soatga cho‘ziladi.
Ammo soxta zebning inson organizmi uchun zararlari
tuzatib bo‘lmas asoratlarga olib kelishi ham mumkin.
«Ey Odam bolalari, batahqiq, sizlarga avratingizni to‘sadigan libos va ziy
nat libosini nozil qildik. Taqvo libosi, ana o‘sha yaxshidir. Ana o‘shalar Al
lohning oyatbelgilaridandir. Shoyadki eslasalar». (Libosning zaruri avratni
pinhon tutadiganidir. Lekin Alloh insonning avratdan boshqa a’zolarini ham
to‘sish ehtiyoji borligini inobatga olib, libosni ziynat tarzida nozil qildi. Xud
di shunday libosni o‘z o‘rnida, ya’ni shariatga muvofiq foydalangan inson
ziynatli hisoblanadi. Ammo eng asosiy libos – taqvo libosi.)