• Hech qaysi din nohaq qon to‘ kish, urush olovini alanga oldirish va buzg‘unchilikni targ‘ib qilmagan.
  • Yangi Ahd. Pyotrning birinchi maktu­ bi, 3­bob, 8–12
  • Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/95
    Sana17.11.2023
    Hajmi2,32 Mb.
    #100192
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95
    Bog'liq
    Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

    DUNYO DINLARIDA TINCHLIK G‘OYASI
    21-§
    FAOLLASHTIRISH UCHUN
    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
    1. «Bir kun urush-janjal bo‘lgan joydan qirq kun baraka ketadi» degan 
    hikmatli gapning ma’nosini bilasizmi?
    2. Urush va buzg‘unchilik qanday oqibatlarga olib kelishi haqida o‘ylab 
    ko‘ring.
    3. Tinchlikni asrash uchun har birimizning mas’uliyatimiz nimada deb 
    o‘ylaysiz?
    Ilm-fan, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa barcha 
    jab halarning taraqqiy etishi tinchlik, osoyishtalik bilan 
    bog‘liqdir. Shu sababli ham bugungi kunda xavfsizlik 
    butun dunyoda eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. 
    Yil sayin davlatlar tomonidan mudofaa tizimi va harbiy 
    sohaga ajratilayotgan xarajatlarning oshib borishi fikri-
    mizni tasdiqlaydi. Biroq faqatgina zamonaviy qurol-ya-
    roqqa ega bo‘lishning o‘zigina tinchlikni ta’minlamaydi. 
    Chunki zamonaviy buzg‘unchi kuchlar ochiqcha jang 
    qilmay, balki to‘satdan qo‘poruvchilik amaliyotlarini 
    qo‘llash, harbiylar emas, balki tinch aholini nishonga 
    olish kabi qabih usullardan foydalanmoqdalar. XX asr-
    ning ikkinchi yarmida dunyoda 300 dan ortiq tinchlikka 
    raxna soluvchi nizolar qayd qilingani ham afsuslanarli 
    holdir.
    Har qanday din o‘z izdoshlarini tinchlik va insonpar-
    varlikka chaqiradi. Hech qaysi din nohaq qon to‘
     kish, 
    urush olovini alanga oldirish va buzg‘unchilikni 
    targ‘ib qilmagan.
    Xristianlik dunyoda eng keng tarqalgan din hisobla-
    nadi. Tarixda mazkur dinni niqob qilib buzg‘unchilik, 
    O‘zaro ham­
    fikr, hamdard 
    bo‘ling lar, 
    bir­biringizni 
    birodarlar­
    cha sevinglar. 
    Bir­biringizga 
    mehr­shafqat­
    li va kamtar 
    bo‘linglar.
    Yangi Ahd.
    Pyotrning
    birinchi maktu­
    bi, 3­bob, 8–12


    101
    xunrezlik maqsadlarida foydalanilgani, «Salb yurishla-
    ri», «Inkvizitsiya» nomlari ostida ko‘plab shaharlar 
    vayron qilingani, minglab odamlarning halok bo‘lgani 
    tarixdan ma’lum. Holbuki, xristianlikda hech kimga yo-
    monlik qilinmaslik haqida ta’lim beriladi. Bu din ham 
    barcha dinlar kabi tinchlikparvarlik, yaxshilik qilish va 
    ezgulikka chaqiradi.
    Buddaviylik ta’limotining o‘ziga xos jihatlari bar-
    cha jonli narsalarga muhabbat bilan qarashning targ‘ib 
    etilishida, aql ko‘rsatmalariga qat’iy bo‘ysunish va his-
    siyotga berilmaslikda ham aks etgan. Tinchlikparvarlik 
    va ezgulik g‘oyalari buddaviylikning «Pancha shila» 
    (sanskritcha — besh nasihat) qoidasida ham aks eta-
    di. Unga ko‘ra buddaviy qotillik, o‘g‘rilik, gumrohlik, 
    yolg‘on so‘z, mast qiluvchi narsalardan saqlanishi lo-
    zim. Bu dinga e’tiqod qilgan har bir rohib o‘zgalar 
    mulkiga ko‘z olaytirmaslik, birovga nafrat bilan qa-
    ramaslik, adolat haqida o‘ylash, munosib insonlardan 
    yaxshilikni ayamaslik, axloqiy xatti-harakat qoidalariga 
    amal qilishi lozim hisoblanadi.
    Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan zardo‘shtiylik 
    dini ham o‘zining tinchlikparvarligi bilan alohida ajra-
    lib turgan. Bu «Avesto»da aks etgan «Ezgu fikr, ezgu 
    so‘z, ezgu amal» ta’limotida ham o‘z aksini topgan. 
    Ayni damda, Videvdat kitobining ikkinchi fragardida 
    tinchlikning muhimligi borasida fikrlar bildirilgan. Yas-
    na kitobining 12-bobida har bir zardo‘shtiy tiyilishi lo-
    Hech kimga yomonlik evaziga yomonlik qaytarmanglar. Barcha odamlar­
    ning ko‘zi oldida yaxshilik qilishga intilinglar.
    Agar iloji bo‘lsa, qo‘lingizdan kelganicha, barcha odamlar bilan 
    tinch­totuv hayot kechiringlar.

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish