|
Dvigatelning nosozliklari va ularning kelib chiqish sabalari. Dvigatelning texnik holatini avtomobilda tekshirish
|
bet | 6/11 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 224,5 Kb. | | #111564 |
Bog'liq 30.Dvigatel va uning tizimlariga texnik xizmat korsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasiKompressiyani (siqish taktini oxirida dvigatel tsilindridagi bosim) klapanlarni issiqlik tirqishi tekshirilib sozlagandan so`ng dvigatel 80...900S gacha qizdirilganda kompressometr yoki kompressograf yordamida tekshiriladi. Kompressometr dastali manometr va tsilindrlar kallagidagi yondirish shami o`rnatiladigan teshik ka o`rnatiladigan rezinali yoki rezbali uchlikli 1 kiruvchi quvurdan iborat. Kompressograf olingan ma`lumotlarni o`zi yozib boruvchi qurilmali kompressometrdir.
Karbyuratorli dvigateldagi kompressiyani o`lchash uchun hamma yondirish shamlari olinadi, karbyuratorni havo va drossel zaslonkalari to`la ochiq bo`lganda kompressometr uchligi tekshirilayotgan tsilindrdagi yondirish shami qotiriladigan teshik ka zich qilib o`rnatiladi. So`ng startyor yordamida tirsakli valni manometr mili ko’payishdan to`xtaguncha aylantiriladi va koprsatkich yozib olinadi. qolgan tsilindrlardagi kompressiya ham xuddi shu usulda o`lchanadi. Dizel dvigatellaridagi kompressiya ham xuddi shunday tsilindrlar navbat bilan o`lchanadi, lekin ular salt yurishda, ya`ni tirsakli valni 450...550 ayl g`min da va dvigatel harorati 80...900S bo`lganda o`lchanadi.
Dvigatelni har bir tsilindridagi kompressiya karbyuratorli dvigatellarda 1,0 MPa dan, dizelli dvigatellarda esa 6,0 MPa dan kam bo`lmasligi lozim. TSilindrlardagi kompressiya bir-biridan 0,1 MPa dan ko’pga farq qilmasligi lozim. Agar kompressiya me`yoridan kam bo`lsa, tsilindrga 20...25 sm3 motor moyi quyib kompressiyani qayta tekshirish tavsiya etiladi. Agar kompressiya oshsa porshen halqalarini nosozligini bildiradi, agar kompressiya deyarli o`zgarmasa klapanlar to`la bekilmaydi yoki tsilindrlar kallagini qistirmasi shikastlangan.
Dvigatellni taqqillash va shovqin bo`yicha tekshirish. Dvigateldagi taqqillash va shovqin bo`yicha detallar birikmalarida yeyilish natijasida tirqishlarni kengayishini, tirsakli val va taqsimlash vallari va podshipniklar, porshen va tsilindrlar, porshen va halqalar, klapanlar va koromislo yoki sozlovchi vintlar, taqsimlash shesternyalari hamda yengil avtomobillarda taqsimlash mexanizmi uzatmasidagi zanjir va yulduzcha orasidagi tirqishlarni aniqlash mumkin. Kuchli shovqinni dvigatel ishlab turganda eshitib aniqlash qiyin emas, lekin qaysi detallar birikmasida taqqillash ovozi chiqayotganini faqat malakali avtomexaniklar bilishi mumkin. Buning uchun elektron yoki odatiy stetosko’dan foydalaniladi. Stetosko’ yordamida shovqin va taqqillashlarni eshitishda, uning eshitish o`zagi yoki dvigateldagi taxmin qilinayotgan shovqin chiqayotgan sirtga qo`yiladi va taqqillash yoki shovqin eshitgich yoki uchlik orqali eshitiladi.
Dvigateldagi shovqin va taqqillashlarni eshitish mintaqasi 3.5-rasmda keltirilgan. Blok tsilindrlarini pastki qismida (1-mintaqa) tirsakli valni o`zak podshipniklarini, yuqorisida (2-mintaqa) shatun podshipniklarini hamda porshen va tsilindrlarni taqqillashi eshitiladi. TSilindrlar kallagini yon sirtlarida (3-mintaqa) klapanlar va klapanlar o`rnini taqqillashi eshitiladi. Klapanlar qo’qog`ini yon devorlarida (4-mintaqa) taqsimlash vali podshipniklarini, taqsimlash yulduzchasi yoki shesternya qo’qog`i devorida (5-mintaqa) zanjir va yulduzcha yoki taqsimlash shesternyasi shovqini eshitiladi. SHovqinlar tavsifi va ularni aniqlash ish tartiblari va dvigatelni issiqlik holati yuqorida dvigatelni nosozliklarini yozishda keltirilgan.
3 .1-rasm. Dvigateldagi taqqillash va shovqinlarni eshitish mintaqalari: I va II-blok tsilindrlarni pastki va yuqori qismi; III-tsilindrlar kallagi; IV-klapanlar qo’qog`i; V-taqsimlash shesternyasi (yulduzcha) qo’qog`i.
|
| |