• ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
  • Educational Research in Universal Sciences




    Download 382,47 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana02.02.2024
    Hajmi382,47 Kb.
    #150669
    TuriСтатья
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    4-9

    Educational Research in Universal Sciences
    ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2023
     
     
    https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September, 2023 
    5
     
    ko‘plab mahsulotlarni faqat elektron tijorat sotuvchilari shuningdek, elektron 
    sotuvchilar deb ataladigan va elektron tijorat imkoniyatlariga ega bo‘lgan do‘konlardan 
    onlayn xarid qilishlari mumkin. Misol tariqasida tijoratni oladigan bo‘lsak, 
    insonlarning hayotiga internet savdo kirib keldi. Bunda u bir qator afzalliklarni o‘zida 
    mujassam etdi: 
    Bozorga bormay turib o‘z ehtiyojlari uchun buyurtma berish; 
    Bozorlarga borish uchun vaqtni sarflamaslik; 
    Elektron tijoratning rivojlanish tarixiga qaraydigan bo‘lsak, uni internetdan 
    foydalanish ko‘rsatkichi ortishi bilan uzviy bog‘liqdir. Shu sababdan elektron tijorat 
    AQSh, YI mamlakatlarida dastlabki rivojlanish bosqichlarini o‘zlarida mujassam 
    etgan. Misol tariqasida AQSh (Amazon, walmart, apple, eBay) Buyuk Britaniya 
    (ASOS, Tesco) YI (Zalando, Cdiscount, Zara, Otto GmbH) elektron tijorat yaqqol 
    namoyondalari hisoblanadi. Shunga qaramasdan XXR elektron tijorat sohasida ham 
    butun dunyoda o‘z o‘rni egallash uchun bir qator ishlar olib bordi. 
    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
    Asosiy hujjatlardan biri hisoblanmish “Elektron tijorat” to‘g‘risidagi O‘zbekiston 
    Respublikasi qonunida quyidaficha ta’rif beriladi: “elektron tijorat — tovarlarning 
    (ishlarning, xizmatlarning) tadbirkorlik faoliyati doirasida axborot tizimlaridan 
    foydalangan holda elektron savdo maydonchasi orqali tuzilgan shartnomaga muvofiq 
    amalga oshiriladigan oldi-sotdisi” – deb ta’rif berilgan[1]. Shuningdek elektron tijorat 
    tushunchasi olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo‘lib quyidagi olimlarning ilmiy 
    qarashlari keltirilgan. Y.Nanehkaranning ta’kidlashicha, “elektron tijorat inson 
    hayotini tubdan o‘zgartirgan kuchli innovatsion jarayon bo‘lib, elektron tijorat ham 
    iqtisodiy sohada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari inqilobining asosiy 
    mezonlaridan biridir”[2; B.41]. J.Ritterning ta’kidlashicha, “Elektron tijorat yoki 
    elektron savdo – bu Internetda tovarlar va xizmatlarni sotib olish va sotish hamda 
    Internet platformasida iste’molchilaar tomonidan narxlarni solishtirish va eng so‘nggi 
    ma’lumotlarni ko‘rish uchun ma’lumot manbai”[3]. Shu bilan bir qatorda Elektron 
    tijorat qulayliklarga hamda xavfsiz bo‘lishi darkor. Ta’kidlash joizki, xavfsiz onlayn 
    doʻkon mijozlarga optimal xizmat koʻrsatishni ta’minlaydi, bu esa savdo hajmini 
    oshirishga olib keladi va mijozlar bilan ijobiy munosabatlar oʻrnatish imkonini beradi 
    [4]. Endilikda rus olimlarining elektron tijorat atamasiga ta’rif berilganligini tahlil 
    qilamiz. Ilmiy nutqda "elektron tijorat" atamasining paydo bo‘lishi odatda XX asrning 
    90-yillari o‘rtalariga to‘g‘ri keladi, bu odatda kompyuter tarmoqlari orqali amalga 
    oshiriladigan iqtisodiyot sohasidagi faoliyatni tavsiflash uchun ishlatilgan. Shu bilan 
    birga, ba’zi tadqiqotchilar ushbu kontseptsiyaning ilgari paydo bo‘lishiga moyil bo‘lib, 
    uni elektron ma’lumot almashish texnologiyalaridan foydalanishning boshlanishi bilan 
    bog‘lashadi



    Download 382,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 382,47 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Educational Research in Universal Sciences

    Download 382,47 Kb.
    Pdf ko'rish