|
Egiluvchan sink oksidi yupqa plyonkalarining piezoelektrik xususiyatlarini va kuchlanish hosil bo'lishini o’rganish
|
Sana | 19.08.2024 | Hajmi | 14,34 Kb. | | #269656 |
Bog'liq ZnO 1 б.
Egiluvchan sink oksidi yupqa plyonkalarining piezoelektrik xususiyatlarini va kuchlanish hosil bo'lishini o’rganish
Ushbu ishda Radio-chastotali magnetronli purkash orqali qattiq Si/Ti/Au va egiluvchan Cu-qoplangan polyimidli tagliklarga o’stirilgan ZnO yupqa plyonkalarni mexanik kuchlanish ta’sirida elektr zaryadlarini xosil bo’lish jarayonini (mahalliy piezor javobi -Local piezoresponse) va piezoelektrik chiqish kuchlanishi o’rganildi. Uch xil qalinlikdagi ZnO plyonkalar (285 nm, 710 nm va 1380 nm) olinib, ularning kristallanish darajasi, kristall hajmi, sirtning notekisligi va morfologiyasi kabi xususiyatlariga e'tibor qaratildi. Metall qatlam va taglikning tabiatiga bog'liq bo'lmagan holda, qalinroq plyonkalar yuqori kristallik darajasini va kristall hosol bo’lishida c-o’qi yo'nalishi bo'yicha afzallikni, shuningdek, chegaralarining kamroq zichligi va katta kristall o'lchamlariga ega bo’ldi. Materialning kristall strukturasidagi yaxshilanishi uning piezoelektrik xususiyatlarini bevosita oshirdi, bu piezoreaktsiya kuchi mikroskopiyasi va butun plyonkada qo'llaniladigan davriy mexanik deformatsiya paytida hosil bo'lgan chiqish kuchlanishini o’rganish bilan tasdiqlangan. Xususan, eng yuqori chiqish kuchlanishi (0,746 V) mos ravishda qattiq va moslashuvchan tagliklardagi eng qalin plyonkalarga tegishli. Ushbu natijalar, ZnO yupqa plyonkalarning, ayniqsa, egiluvchan tagliklarda — moslashuvchan, ishonchli va samarali faol materiallar sifatida nanoensorlar, aktuatorlar va piezoelektrik nanogeneratorlar uchun foydalanish mumkinligini ko'rsatadi.
|
| |