JAHON BANKINING O'ZBEKISTONDAGI DASTURI
KONTEKST
2017-2021-yillarda O'zbekistonda hukumat bir qator islohotlarni amalga oshirdi.
Valyuta ayirboshlash
kursini isloh qilish va tashqi savdoni tartibga solish, shuningdek, turli tovarlar
va xizmatlarning narxlarini
liberallashtirish shular jumlasidandir. Hozirgi vaqtda hokimiyatning diqqati YaIM o'sishi oldidagi tarkibiy
to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan.
Misol uchun, ishlab chiqarish omillarining kam rivojlangan bozori
hamda mamlakat iqtisodiyotida davlat korxonalari va banklarining ustun rolini keltirishimiz mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning navbatdagi bosqichi yirik va raqobatbardosh
xususiy sektorni yaratish
imkonini beradi. Bu iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kam sonli ish o'rinlarini yaratadigan, davlatning keng
ishtirokidagi samarasiz tizimni demontaj qilish uchun zarur.
2021-
yilda O‘zbekiston fuqarolarining qariyb 7,5 foizi Jahon banki tomonidan daromadi o‘rtachadan past
bo‘lgan mamlakatlar uchun belgilangan kambag’allik chizig’idan pastda yashagan. Ko’pgina odamlar ushbu
chiziqqa yaqin yashaydilar va daromadlarini yo'qotib undan pastga tushib qolishlarining xavfi yuqori.
Mamlakatdagi har oltinchi xonadonda oila a'zolaridan biri chet elda, asosan Rossiyada ishlaydi. COVID-19
pandemiyasi davrida boshlangan fuqarolarga ijtimoiy yordam ko'rsatishni yaxshilash bo'yicha islohotlar
aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi va mehnat bozorida fuqarolarni qo'llab-quvvatlash dasturlari bilan qamrab
olishga yordam beradi. Ushbu chora-tadbirlar mamlakatda
kambag’allikning keskin o'sishini oldini olishga
yordam beradi.
Prognozlarga ko’ra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi O‘zbekiston YaIM o‘sishini 2022-yilda 3,6
foizgacha sekinlashtiradi. Bu mehnat migrantlari pul o'tkazmalarining ikki baravar
qisqarishi va ularning
uyiga qaytishi, jahonda neft va oziq-ovqat narxlarining
rekord darajada yuqoriligi, shuningdek,
xalqaro
savdoning logistika zanjirlaridagi, investitsiyalar kirib kelishidagi va bank tizimlari
ishidagi uzilishlar bilan
bog'liq.
Aholi oʻrtasida kambag’allikning oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik uchun fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularni
mehnat bozorida qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha dasturlarni amalga oshirish talab etiladi.
Davlatning yanada qattiqroq pul-kredit siyosati, xomashyo tovarlari eksportidan yanada yuqoriroq daromad,
shuningdek, iqtisodiyotga davlat investitsiyalari uchun yanada past xarajatlar joriy ehtiyojlarni qondirish
uchun byudjet-moliyaviy imkoniyatlar yaratadi va
makroiqtisodiy barqarorlikni qo’llab-quvvatlashga yordam
beradi.