|
JAHON BANKINING O'ZBEKISTONDAGI DASTURIBog'liq Uzbekistan-Overview-April-2022-UZB
JAHON BANKINING O'ZBEKISTONDAGI DASTURI
Iqtisodiy rivojlanish istiqbollari
Ukrainad
agi urush O‘zbekiston YaIM o‘sishini 2022-yilda 3,6 foizgacha sekinlashtiradi; inqirozgacha bu
ko’rsatkich 6 foiz atrofida bo’lishi prognoz qilingan edi. Rublning zaiflashishi va Rossiya iqtisodiyotining
qulashi tufayli mehnat muhojirlaridan pul o‘tkazmalarining kutilayotgan 50 foizga kamayishi, shuningdek,
neft, bug‘doy va o‘simlik moyi narxlarining ko’tarilishi xususiy iste’mol o‘sishini keskin kamaytiradi.
Shuningdek, milliy iqtisodiyotning Rossiya kapital importiga hamda davlat va xususiy investitsiya
loyihalarini bank tomonidan moliyalashtirilishiga kuchli qaramligini hisobga olgan holda, investitsiyalar
oqimi o'sishining sekinlashuvi kutilmoqda.
O‘zbekiston xomashyo (oltin, mis va tabiiy gaz) narxlarining yuqori bo‘lishidan foyda ko‘rsa-da, pul
o‘tkazmalarining YaIMga nisbatan 6 foizgacha qisqarishi 2022-yilda joriy operatsiyalar hisobi taqchilligini
YaIMning 10 foizigacha oshishiga olib keladi. Rossiyadan xorijiy investitsiyalar qisqarishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, umuman, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimi 2022-
yilda cheklangan bo’ladi.
Uning tiklanishi uchun vaqt kerak.
Natijada joriy operatsiyalar hisobining yanada yuqori taqchilligi hukumat tomonidan yangi tashqi qarzlar
olish va oltin-valyuta zaxiralari mablag'laridan foydalanish orqali moliyalashtiriladi.
2022-yilda davlat byudjetining umumiy taqchilligi YaIMning 4 foizigacha qisqarishi kutilmoqda. 2023-
yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan byudjet konsolidatsiyasi, ehtimol, kechiktirilishi kerak
bo‘ladi.
Prognozlarga ko’ra, davlat qarzi 2022-2023-yillarda YaIMning 42 foizi darajasidagi cho’qqiga yetishi
mumkin. U 2024-yil oxirigacha YaIMning 40% atrofida barqarorlashishi kerak.
Batafsil:
https://cutt.ly/gF2k6Wl
|
| |