JAHON BANKINING O'ZBEKISTONDAGI DASTURI
DIQQAT MARKAZIDAGI LOYIHA
O'zbekistonning qishloq tumanlarida suv ta'minoti xizmatlari va infratuzilmasini yaxshilash
O‘zbekistondagi Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlari aholisining aksariyati uzoq yillardan beri suv
ta’minotida muammolarga duch kelishardi. Ularning xavfsiz bo’lmagan manbalardan,
jumladan, sug'orish
kanallari va sho'r suv quduqlaridan suv ishlatishlariga to’g’ri kelardi. Mahalliy aholi, shuningdek uzoqdan
sisternalarda olib kelingan ichimlik suvini qimmat narxda sotib olishga majbur bo'lardi.
Suv tarmoqlari Olot tumani aholisi
ning atigi 23 foizini, Qorako‘l tumanida esa - atigi 15 foizini qamrab olgan
edi. Mahalliy aholi orasida suv orqali yuqadigan kasallik
ko’rsatkichlari O'zbekistonda eng yuqorilaridan biri
edi.
Misol uchun, Olotdagi 83 foiz uy xo'jaliklarining xabar qilishicha, sug'orish kanallaridan iste'mol qilingan suv
tufayli ularning farzandlari muntazam kasal bo'lganlar.
2012-yilda
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA - Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvchi tashkilot)
O‘zbekistonga 82 million AQSh dollari
miqdorida kredit ajratdi
. Ushbu mablag'lar
yuqorida qayd etilgan
tumanlarda uy xo'jaliklarini ichimlik suvi tarmoqlari bilan qamrab olishni yaxshilash, suv ta'minoti xizmatlari
hamda tegishli infratuzilmaning sifati va samaradorligini oshirish vositasida aholini toza ichimlik suvi bilan
ta'minlash
bo’yicha loyihani amalga oshirishga yo’naltirildi. Natijada Olot va Qorako‘l tumanlarining 268
mingga
yaqin aholisi, jumladan, qishloqlard
a istiqomat qiluvchi aholi ishonchli va sifatli suv ta’minotidan
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ularning 191 mingdan ortig'i istiqomat qiladigan xonadonlar birinchi
marta suv ta'minoti tarmoqlariga ulandi.
Loyiha tufayli bir sutkada 50 000 m
3
g
acha suvni tozalashga qodir bo’lgan
yangi suv tozalash inshooti
qurildi. Bu kelgusida 500 ming kishidan
iborat
aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun yetarli.
Loyiha doirasida ikki tumanda turli infratuzilma ob'ektlari, jumladan 1 365 km dan ortiq suv tarmoqlari, 51
km magistral quvurlar, 4 ta nasos stansiyasi,
12 000 м