|
Jahon bankining o'zbekistondagi dasturiBog'liq Uzbekistan-Overview-April-2022-UZBMAMLAKAT IQTISODIYOTI
Iqtisodiyotdagi so'nggi o'zgarishlar
2021-
yilda O‘zbekiston YaIM 7,4 foizga o‘sdi. Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarining sezilarli
o'sishi qishloq xo'jaligidagi hali ham zaif
bo’lgan o'sishni ushlab turishga yordam berdi.
Mehnat muhojirlaridan pul o‘tkazmalari oqimi tiklandi. Biroq, bu oltin sotishdan tushgan daromadning
sezilarli pasayishini (29 foizga)
to’liq qoplay olmadi. Bu joriy operatsiyalar hisobining yanada kengroq
taqchilligiga olib keldi va u 2020-yildagi 5 foizdan 2021-yilda YaIMning 6,6 foizigacha ko'tarildi.
Davlat byudjeti taqchilligi 2020-yildagi 4,5 foizdan 2021-
yilda YaIMga nisbatan 6,2 foizgacha o‘sdi. U deyarli
to‘liq yangi tashqi qarzlar hisobidan moliyalashtirildi. Bunda qarzlar hukumatning yangi qarz bo'yicha
belgilagan 5,5 milliard dollar miqdoridagi yillik yuqori chegarasidan oshmadi.
Inflyatsiya pasayishda davom etib, 2021-
yilda o‘rtacha 10,8 foizni tashkil etdi (2020-yildagi 12,9 foizga
nisbatan). Oziq-ovqatning hamda transport xarajatlarining yanada yuqori ichki va xalqaro narxlari
inflyatsiyaga turtki bo’lishda davom etdi.
Davlat tomonidan subsidiyalangan kreditlash hajmining qisqarishi va yuqori real foiz stavkalari kreditlash
hajmining
o‘sishini 2020-yildagi 31 foizdan 2021-yilda 18 foizgacha sekinlashtirdi. Bank tizimi faoliyati
barqarorligicha qolmoqda.
Bufer kapital zaxiralari va likvidligi normativ minimumlardan yuqoriligicha qolmoqda. O‘zbekiston Markaziy
banki bank tizimining dollarlashuvini kamaytirish maqsadida 2021-yilda xorijiy valyutadagi depozitlar
bo‘yicha minimal zaxiralarni 14 foizdan 18 foizga oshirdi.
Ishsizlik darajasi 2020-yildagi 10,5 foizdan 2021-yilda 9,6 foizga tushdi. Biroq u hali ham COVID-19
pandemiyasidan oldingi 9 foiz darajasiga qaytgani yo‘q.
|
| |