• Jahon banki portfeli
  • Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari




    Download 235,54 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/7
    Sana19.12.2023
    Hajmi235,54 Kb.
    #123512
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Uzbekistan-Overview-April-2022-UZB

    Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari 
    2017-
    yildan boshlab Jahon banki O‘zbekistonga uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida moliyaviy va tahliliy 
    yordamni salmoqli darajada oshirdi. Bu sa’y-harakatlar muhim bozor islohotlari dasturini amalga oshirish 
    jarayonida hukumatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 
    Bugungi kunda 
    Jahon bankining O‘zbekistondagi dasturi Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida 
    Turkiyadan keyin eng yirik operatsiyasidir. 2022-yil 1-
    aprel holatiga ko‘ra, u umumiy qiymati taxminan 5,25 
    milliard AQSh dollari bo‘lgan 27 ta loyihani o’z ichiga oladi. Loyihalar 
    Xalqaro tiklanish va taraqqiyot 
    bankining (XTTB)
     2,03 milliard AQSh dollari miqdoridagi kreditlari va 
    Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining 
    (XTA)
     3,22 milliard AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi (XTTB va XTA 
    Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlardir). 
    Yuqorida qayd etilgan loyihalar makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, qishloq xo'jaligini 
    modernizatsiya qilish, suv resurslarini, irrigatsiya va drenaj tizimlarini boshqarish, sog'liqni saqlash, ta'lim, 
    suv ta'minoti, energetika, transport, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, shahar va qishloq infratuzilmasi, milliy 
    innovatsiya tizimi, soliq ma'muriyatchiligi va statistika organlari kabi muhim sohalarda hukumatni qo'llab-
    quvvatlaydi.
    Jahon banki portfeli 
    • Amaldagi loyihalar soni: 27
    • Kreditlar: 5,25 milliard AQSh 
    dollari
    • XTTB: 2,03 milliard AQSh dollari 
    • XRA: 3,22 milliard AQSh dollari 


     
    JAHON BANKINING O'ZBEKISTONDAGI DASTURI 
    Jahon bankining moliyaviy ishtirokida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek
    COVID-19 pandemiyasining fuqarolar salomatligi va mamlakat iqtisodiyotiga oqibatlarini yumshatishga ham 
    yordam beradi. 
    Texnik ko‘mak va maslahat-tahliliy xizmatlar dasturi Jahon bankining O‘zbekistondagi loyihalari portfelini 
    to‘ldiradi. Hozirgi vaqtda Jahon banki dastur doirasida sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va 
    yer resurslarini boshqarish bo‘yicha milliy strategiyalarni amalga oshirishga o’z hissasini qo‘shmoqda. 
    Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, energetika, aviatsiya, soliq va bank tizimlari, tashqi savdo tarmoqlarini isloh 
    qilishda hamda 
    mamlakat aholisi o‘rtasida kambag’allikni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga 
    oshirishda hukumatga texnik ko’mak ko‘rsatilmoqda. 

    Download 235,54 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 235,54 Kb.
    Pdf ko'rish