|
Ekologik audit xulosasi maxfiy hujjatdir va u ekologik audit buyurtmachisining roziligisiz oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi
|
bet | 6/7 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 90,27 Kb. | | #155942 |
Bog'liq EKOLOGIK AUDITINI O’TKAZISHNING VA TASHKILLASHTIRISHNING MEZONLARIEkologik audit xulosasi maxfiy hujjatdir va u ekologik audit buyurtmachisining roziligisiz oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ekologik audit xulosasining har bir sahifasi ekologik auditni amalga oshirgan ekologik auditor (ekologik auditorlar) va ekologik auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Ekologik audit xulosasining shakli va mazmuni ekologik audit standartlarida belgilanadi. 10-modda. Ekologik auditorlik tashkilotlari Ekologik auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida mustaqildir. Ekologik auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma faqat ekologik auditorlik tashkilotining fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda tuziladi. Ekologik auditorlik tashkilotlarining, shuningdek ular xodimlarining faoliyatiga mustaqil ekologik auditni amalga oshirishga monelik qilish maqsadida aralashishga hamda qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan boshqa shaxslar ekologik auditorlik tashkilotlarining muassislari bo‘lishi mumkin emas. Ekologik auditorlik tashkilotlari har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin, bundan aksiyadorlik jamiyati mustasno. Ekologik auditorlik tashkilotiga ushbu ekologik auditorlik tashkiloti o‘zi uchun asosiy ish joyi bo‘lgan ekologik auditor rahbar bo‘lishi mumkin. Ekologik auditorlik tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Ekologik auditorlik tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Ekologik auditorlik tashkilotlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ekologik audit xulosasi maxfiy hujjatdir va u ekologik audit buyurtmachisining roziligisiz oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi
|