|
Ekologik auditning asosiy prinsiplari mustaqillik, xolislik, maxfiylik va ishonchlilikdan iboratdir
|
bet | 3/7 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 90,27 Kb. | | #155942 |
Bog'liq EKOLOGIK AUDITINI O’TKAZISHNING VA TASHKILLASHTIRISHNING MEZONLARIEkologik auditning asosiy prinsiplari mustaqillik, xolislik, maxfiylik va ishonchlilikdan iboratdir. 5-modda. Ekologik audit standartlari Ekologik audit standartlari ekologik auditni o‘tkazish, turdosh xizmatlar ko‘rsatish va ekologik auditorlar ishining sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi. Milliy ekologik audit standartlari ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir yagona talablarni belgilaydi. Ekologik auditorlik tashkilotlari ekologik auditni o‘tkazish chog‘ida shartnomaga muvofiq xalqaro ekologik audit standartlarini qo‘llashi mumkin. 6-modda. Ekologik auditning asosiy vazifalari 6-modda. Ekologik auditning asosiy vazifalari Ekologik auditning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ekologik audit subyekti xo‘jalik va boshqa faoliyatining ekologik jihatlari to‘g‘risidagi ishonchli axborotni to‘plash; ekologik audit subyektining xo‘jalik va boshqa faoliyati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash; ekologik audit subyekti faoliyatining atrof-muhit holatiga ta’sirini baholash; ekologik audit subyekti tomonidan amalga oshiriladigan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlarning samaradorligini baholash; atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi xavfini kamaytirish; atrof-muhitni boshqarish tizimining samaradorligini baholash; ekologik audit xulosasini tuzish, ekologik audit subyekti tomonidan amalga oshiriladigan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlar samaradorligini oshirishga, shuningdek atrof-muhitni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish. 7-modda. Ekologik audit o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari 7-modda. Ekologik audit o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari
|
| |