• Ekologik auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga ega
  • Ekologik auditorlik tashkiloti quyidagi turdosh xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin
  • Ekologik audit to‘G‘risida




    Download 90,27 Kb.
    bet7/7
    Sana13.02.2024
    Hajmi90,27 Kb.
    #155942
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    EKOLOGIK AUDITINI O’TKAZISHNING VA TASHKILLASHTIRISHNING MEZONLARI
    Olimova Zilola F-1901. ATOM. Mustaqil ish Rentgen nurlari, KUCHAYTIRGICHLARNI , Operatsion tizimlarning jarayonini rejalashtirish algoritmlari K (1), 8, DOSTON ATJQ 2-QISM, sezgi, zaxro, 175 matem 1 sinf, Asliddin-CV, uz Explanation Of Nawawi Forty Hadiths, Талабаларга, «xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi-fayllar.org, ABSTRACT, dokumen.tips aoeiqtisodiyot-nazariyasia-fanidan-testlar-to-aoeiqtisod-asoslaria-aoebozor

    Ekologik auditorlik tashkiloti boshqa ekologik auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin emas hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish va tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq biror-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli emas.

    11-modda. Ekologik auditorlik tashkilotining huquq va majburiyatlari

    Ekologik auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:

    ekologik audit subyektiga nisbatan ekologik audit o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun uning ta’sis hujjatlari va boshqa hujjatlari bilan oldindan tanishish;

    ekologik audit subyektining asbob-uskunalari va boshqa mol-mulkini inventarizatsiyadan o‘tkazish, shuningdek ularning haqiqiy holati va ish samaradorligini o‘rganish;

    zarur o‘lchovlar o‘tkazish, namunalar olish va o‘zining akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyasida yoki boshqa akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyada laboratoriya sinovlarini o‘tkazish;

    ekologik audit o‘tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslardan tushuntirishlar va ekologik audit o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar olish;

    ekologik audit o‘tkazishda ishtirok etishga boshqa mutaxassislarni ekspert sifatida jalb qilish;

    ekologik audit o‘tkazishda ishtirok etishga boshqa mutaxassislarni ekspert sifatida jalb qilish;

    ekologik audit bilan bog‘liq huquqiy masalalar yuzasidan maslahatlar berish.

    Ekologik auditorlik tashkiloti quyidagi turdosh xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin:

    a) atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lov hisob-kitobining to‘g‘riligini tekshirish;

    b) quyidagi masalalar yuzasidan tahlil qilish va maslahat berish:

    tabiiy resurslardan foydalanish va (yoki) atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish;

    atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risida hisobotlar tuzish;

    tabiatni muhofaza qilishga oid faoliyatni va tadbirlarni rejalashtirish, amalga oshirish hamda natijalarini baholash;

    ishlab chiqarishga doir ekologik nazoratni tashkil etish va o‘tkazish, uning natijalari to‘g‘risida hisobotlar tuzish;

    atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar va usullarni joriy etish;

    v) atrof-muhitga yetkazilgan zararning miqdorini aniqlash.


    Download 90,27 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 90,27 Kb.