Ekologik ekspertiza munosabatlarida ekologik qonunlar, qoidalar, printsiplarga asoslanishi




Download 371,33 Kb.
bet3/9
Sana23.12.2023
Hajmi371,33 Kb.
#127430
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulte-fayllar.org (1)

Ekologik ekspertiza munosabatlarida ekologik qonunlar, qoidalar, printsiplarga asoslanishi
Ekologik ekspertiza boshqarish tizimining tarmoq yo’nalishi sifatida mamlakat va uning regionlari va hududlarida xo’jalik kompleksi yangiliklarining (shu jumladan tabiatni o’zgartirish loyixalarining ham) inson yashash muhiti, tabiiy resurslar va odamlar salomatligiga ta’sirni baholash bilan shug’ullanadi. Bunda ekologik ekspertiza ekologiyaning qonunlari, qoidalari va printsiplariga asoslanadi, ularning amalga oshirilayotgan loyixalarga ta’siri extimolini tekshiradi va xo’jalik tadbirlarining ushbu fundamental qoidalarga mos kelishini aniqlaydi.
Ekologik ekspertiza munosabatlarida ta’siri har tomonlama hisobga olinishi zarur bo’lgan ekologiya qonunlari, qoidalari, printsiplari ko’p sonli bo’lib, ularni strukturasi, funktsiyasi, evoltsiyasi tizimlararo o’rni, empirik oqibatiga ko’ra guruxlarga bo’lish mumkin. Masalan, strukturasiga ko’ra 10 ta ekologik qonun, 4ta qoida, 2 ta printsip, funktsiyasiga ko’ra 14 ta ekologik qonun, 7 ta qoida, 5 ta printsip, evoltsiyasi bo’yicha 9 ta ekologik qonun, 2 ta qoida, 5 ta printsip, tizimlararo o’rniga ko’ra 8 ta qonun, 5 ta qoida, empirik oqibatiga ko’ra 1 ta ekologik qonun, 7 ta qoida, 6 ta printsip borligi aniqlangan (Reymers N.F., 1990) Ularning umumiy soni quyidagicha: qonunlar-42 qoidalar-25, printsiplar-13. Ularning ta’rifi, ta’siri xususiyatlari, ulardan foydalanishning asosiy yo’nalishlari maxsus ekologiya entsiklopediyalari, lug’at va ma’lumotnomalar, o’quv adabiyotlarida va ilmiy asarlarda batafsil bayon qilingan. SHu sababdan biz eng muhim ekologiya qonunlari, qoidalari, printsiplarining ayrimlariga namunaviy misol tariqasida qisqacha ta’rif berish bilan cheklanamiz. Bunday yondashuv o’quvchilarda ma’lum tushuncha va tasavvur paydo bo’lishga yordam beradi.
Ekologik qonunlar orasida funktsional qonunlar qatoriga kiradigan ichki dinamik muvozanat qonuni muhim o’rinni egallaydi.
Ichki denamik muvozanat qonuniga ko’ra ayrim tabiiy tizimlar va ularning ierarxiyasining (bosqichlari) moddalari, energiyasi, axborati, dinamik sifati shunday o’zaro bog’langanki, ularning birortasida sodir bo’ladigan har qanday o’zgarish tizimning ichki muvozanatiga ta’sir qiladi, uning modda-energetik, axborat, dinamik sifatining yig’indisida va funktsional strukturasida miqdor va sifat o’zgarishlarining sodir bo’lishiga olib keladi. Bunday o’zgarishlar esa ushbu jarayonlar sodir bo’layotgan hududlar va ularning ierarxiyasiga ham deyarli bir xil va baravar darajada ta’sir ko’rsatadi.
Ushbu ekologik qonun ta’sirining ekologik ekspertiza faoliyatida hisobga olinishi zarur bo’lgan empirik (amaliy) oqibatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
1. Tabiiy muhitning har qanday o’zgarishi (ekotizimlarning modda, energiya, informatsiya, dinamik sifati) muqarrar tabiiy zanjir reaktsiyalarining rivojlanishiga olib keladi, ular esa o’z navbatida amalga oshirilgan o’zgarishlarni neytralizatsiyalash (ta’sirsizlantirish) yoki yangi tabiiy tizimlarni shakllantirish tomoniga yo’naladi va tabiiy muhitning sezilarli qaytmas xarakterdagi o’zgarishiga olib keladi.
2. Ekologik komponentlar (energiya, gaz, suyuqliklar, substratlar (oziqlantiruvchi muhit), produtsent (o’simliklar), konsument (xayvonlar), redutsentlar (mikroorganizmlar), tabiiy tizimlarning axborot va dinamik sifatlari miqdoriy jihatdan to’g’ri chiziqli emas, ya’ni bir ko’rsatkichning o’zgarishi yoki kuchsiz ta’sir ko’rsatish oqibatida boshqalarida (va butun tizimda) kuchli chetga chiqish, og’ish yuz berishi mumkin.
3. Yirik ekotizimlarda amalga oshirilgan o’zgarishlar nisbatan qaytmasdir. Ular ierarxiya bo’ylab pastdan balandga o’tib, - ta’sir ko’rsatish joyidan butun biosferagacha - global jarayonlarni o’zgartiradi va shu asosda ularni yangi evolyutsiya darajasiga ko’taradi.
4. Tabiatni har qanday mahalliy o’zgartirishning global biosfera miqyosidagi yig’indisida va uning eng yirik qismlarida (regionlarida) javob reaktsiyasini qo’zg’aydi va ekologik-iqtisodiy salohiyatning nisbatan o’zgarmasligiga olib keladi va uning ko’payishi tabiiy tizimlarning termodinamik barqarorligi bilan cheklanadi.
Ko’plab ekologik qoidalar orasida «Tabiatni «qattiq» («qo’pol»;«dag’al») boshqarishning zanjirli (muqarrar) reaktsiyasi qoidasi» alohida o’rinni egallaydi. «Qattiq», qoida tariqasida, tabiiy reaktsiyani keltirib chiqaradi va uzoq vaqt oralig’ida ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yo’l qo’yib bo’lmaydigan oqibatlarga olib keladi. Bu qoidaning xarakati shu bilan bog’liqki, unda tabiiy tizimlardagi xayotga qo’pol, «jarrohlik» aralashuvi ichki dinamik muvozanat qonuni xarakatga keltiradi va tabiiy jarayonlarni qo’llab quvvatlash uchun energetika xarajatlarini keskin ko’paytiradi. Bunda ekologiyaning optimallik qonuni buziladi. SHu munosabat bilan «qattiq» boshqarishga asoslangan tadbirlar majmuasi, masalan, cho’llarni o’zlashtirish, suv resurslarini qayta taqsimlash va boshqalar zararni qoplash (kompensatsiya) uchun ko’p miqdorda xarajat qilishni (sho’r yuvish, melioratsiya ,eroziyaga qarshi ko’rash) talab qiladi yoki tadbirlarni g’oyat extiyotkorona va ketini o’ylab amalga oshirishni taqazo etadi.
Tabiiylik printsipi («eski avtombilh» printsipi) shunga asoslanadiki, tabiatni texnik tizimlar orqali boshqarish vqt o’tishiga bog’liq ravishda toboro ko’proq mablag’ qo’yishni talab qiladi va oxir oqibatda ularni qo’llab quvvatlash noratsional (zarar keltiruvchi) ahvolga o’tadi. SHu sababdan boshqarishning tabiiy («yumshoq») shakli texnik («qattiq») boshqarishdan samaraliroq bo’ladi. Tabiiy («yumshoq») boshqarish (ekologik balansni (nisbatni) bilvosita yo’naltiruvchi, tiklovchi boshqarish), qoida taraqasida ,maqbul, maqsadga muvofiq tabiiy zanjir reaktsiyasini qo’zg’ashga olib keladi. SHu sababdan u ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan «qattiq» (texnogen) boshqarishdan afzaldir. Misol tariqasida maqsadga muvofiq melioratsiya tadbirlari tizimini tabiatga mos yo’nalishlarda amalga oshirishni ko’rsatish mumkin. Eski avtomobilni tahmirlash uchun ko’p mablag’ sarflash kerakligi kabi texnogen («qattiq») boshqaruvdan ushbu xolat boshqa ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.

Download 371,33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 371,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekologik ekspertiza munosabatlarida ekologik qonunlar, qoidalar, printsiplarga asoslanishi

Download 371,33 Kb.