Ekologik ekspertiza fanining predmeti, ob’ekti, tadqiqot metodlari




Download 371,33 Kb.
bet5/9
Sana23.12.2023
Hajmi371,33 Kb.
#127430
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulte-fayllar.org (1)

Ekologik ekspertiza fanining predmeti, ob’ekti, tadqiqot metodlari
Ekologik ekspertiza fani mo’ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo’jalik yoki o’zga faoliyat (ob’ekt)ning tabiatga va inson salomatligi ta’sirini baholash, ularning ekologik iqtisodiy asoslanganligini aniqlash va ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida o’tkaziladigan ekologik ekspertiza faoliyatining xususiyatlarini o’rganadigan va uni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqadigan fandir.
Ekologik ekspertiza fani bir tomondan tabiiy-ekologik qonunlar, qoida, printsiplarga, boshqa tomondan esa tabiat muhofazasi va ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonun xujjatlariga, ekologik normativlarga asoslanadi.
Ekologik ekspertiza fani tabiatdan foydalanish iqtisodi fani tarkibiga kiradi va uning tabiat va jamiyat o’rtasidagi iqtisodiy ekologik munosabatlarni tadqiq etish sohasida erishgan nazariy va amaliy yutuqlaridan o’zining muammolari yechimini topishda keng foydalanadi. Ekologik ekspertiza fani bilan bog’liq bo’lgan O’zbekiston Respublikasining ilmiy-amaliy muammolari uchta asosiy yo’nalishda - nazariy, metodik, ekspremental-namoyon bo’ladi.
Ekologik ekspertiza fanining predmeti: ekologik ekspertizani tashkil etish va o’tkazish jarayonida yuzaga keladigan ekologik-iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Bunda asosiy maqsad tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalarda ayni bir vaqtda maqbul muvozanatni saqlab qolgan xolda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va tabiiy muhit xolatini yaxshilashga erishish muammolarining optimal yechimini topishdan iborat.
Ekologik ekspertizada ekologik-iqtisodiy munosabatlar davlat (ixtisoslashgan ekspert bo’linmalari) bilan ekologik ekspertiza buyurtmachisi o’rtasida tabiatdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, chiqitlarni utilizatsiya (qayta ishlash), ishlab chiqarish faoliyatini ekologizatsiyalash sohalarida sodir bo’ladi. Davlat ekologik ekspertizasining sub’ekti sifatida uchta tomon ishtirok etadi: buyurtmachi, pudratchi, istehmolchi.
Ekologik ekspertizani tayinlash xuquqiga ega bo’lgan davlat xokimiyati tuzimlari (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi va uning hududiy organlari, Xukumat organlari) ekologik ekspretizaning buyurtmachilari hisoblanadi. Pudratchi sifatida esa ekologik ekspertiza topshiriqlarining ijrochilari (ayrim ekspert mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot institutlari, vakolatli komissiyalar) ishtirok etadi. Ushbu ekologik-iqtisodiy munosabatlarda istehmolchi sifatida ekspert taxlilining predmeti bo’lgan ob’ektlarning mulkdorlari, egalari xisoblangan korxonalar yoki tashkilotlar qatnashadi. Bu munosabatlarda asosiy ekologik-iqtisodiy ziddiyatlar sodir bo’ladi. Ular tomonlar manfaatlarining farq qilishi bilan uzviy bog’liqdir. Resurslarning cheklanganligi va odamlarning tabiiy resurslarga extiyojining oshib borishi va ularni ta’minlashning qiyinligi, tabiat xolati va iqtisodiy rivojlanishning o’zaro bog’liqligi, resurslarga xarajatlar va to’lovlar ziddiyatlar kelib chiqishining asosiy manbalaridir. Masalan: maqsadga muvofiq ekologik siyosatni amalga oshirmasdan va tabiat muhofazasi talablariga yetarli amal qilmasdan iqtisodiy rivojlanishning yuqori ko’rsatkichlariga erishish tabiat yemirilishiga (degradatsiya) va ifloslanishiga sabab bo’ladi. Ziddiyatlarning mohiyatini va ularni maqsadga muvofiq bartaraf etish zaruratini jamiyatning ob’ektiv ekologik va iqtisodiy manfaatlarining dialektik birligi va o’zaro bog’liligi belgilab beradi. Bu sohada ekologik ekspertiza fani tavsiyalari (munosabatlarni takomillashtirish, yaxshilash metodlarini ishlab chiqish) muhim ahamiyatga ega.
Ekologik ekspertiza fanining ob’ekti g’oyat xilma-xil bo’lib, ular turli miqyos va darajadagi ekologik-iqtisodiy tizimlarni o’z ichiga oladi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: davlat dasturlarining, konstseptsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish shemalarining (tarxlari) loyixalari; qurilish uchun yer ajratish materiallari; loyiha oldi va loyiha xujjatlari; normativ-texnik va yo’riqnoma-uslubiy xujjatlarining loyihalari; texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir xujjatlar; turli ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlar; alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulotda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari materiallari; shaharsozlik xujjatlari; maxsus xuquqiy rejimli ob’ektlar va boshqalar.
Ekologik ekspertiza fanining asosiy ilmiy-tadqiqot metodlari qatoriga tizimli taxlil, guruhlash, ekologik-iqtisodiy baholash va qiyosiy taxlil, xisob-analitik (taxlil), sintez, balans, normativ, ekspert baholash va boshqa metodlar kiradi. Ayniqsa normativ tadqiqot metodlari, shu jumladan ekologik normatimv metodlari (yo’l qo’yish mumkin bo’lgan kontsentratsiyaning eng yuqori darajasi, yashil zonalar normalari va bosh.) tabiatga antropogen ta’sirning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan ob’ektiv chegaralarini aniqlashga imkon beradi.

Download 371,33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 371,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekologik ekspertiza fanining predmeti, ob’ekti, tadqiqot metodlari

Download 371,33 Kb.