|
Ekologik ekspertiza fanining maqsadi va vazifalari
|
bet | 7/9 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 371,33 Kb. | | #127430 |
Bog'liq Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulte-fayllar.org (1)Ekologik ekspertiza fanining maqsadi va vazifalari
Ekologik ekspertiza fani o’quv predmeti sifatida quyidagi maqsadlarni ko’zda tutadi:
- tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalarning asosiy qonuniyatlarini bilish asosida ekologik ekspertizani o’tkazishning muhim ekanligini tushuntirish;
- ekologik ekspertizada tabiat muhofazasi to’g’risidagi va ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonun xujjatlari talablariga qathiy amal qilish zarurligini doimo xisobga olishga o’rgatish;
- mo’ljallanayotgan xo’jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish to’g’risida qaror qabul qilinmasdan oldin bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini ekologik ekspertizadan o’tkazganda tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning murakkabligi, ko’p omilligi, tarmoqlarnaro va fanlararo muammo ekanligini har tomonlama hisobga olgan tadqiq etish malakalarini egallashga erishishi;
- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo’jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhit va fuqarolar sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatishini, ularning xavflilik darajasini aniqlash bo’yicha ekologik ekspertiza o’tkazganda masalaniekoloogik xavfsizlikni va ekologizatsiyalashni ta’minlash zarurati nuqtai nazaridan xal etish lozimligini tushuntirish;
- ekologik ekspertiza o’tkazishda atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo’yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarli va asosligini aniqlash printsiplari, metodlari va yo’llarini bilishga va ularni amaliyotda qo’llashga o’rgatish;
- ekologik ekspertiza endilikda shakllanib borayotgan va tez rivojlanayotgan fanlar jumlasiga kiradi.
Uning asosiy qoidalari va kontseptsiyalari tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan. Ushbu fan tadqiqotlarida ekologik ekspertiza mehanizmi orqali quyidagi ekologik-iqtisodiy muammolari yechimiga asosiy ehtibor beriladi: inson salomatligi, ekologik muvozanatni saqlash, ekologizatsiyalash, tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ekologik xavfsizlik va boshqalar.
Ekologik ekspertiza fanining nazariy va amaliy bilimlari iqtisodchi-ekologlar, ekolog-ekspertlar, iqtisodchilarni professional tayyorlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ekologik ekspertiza fani xozirgi ekologik siyosatni to’g’ri tushunishga va amalga oshirishga, mamlakatni barqaror rivojlantirishda tabiat muhofazasining ekologik-ekspert yo’nalishining mohiyatini bilib olishga ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Ushbu fanning vazifalari mamlakatning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan ob’ektiv ehtiyojlariga muvoofiq boshqaruvining barcha bo’g’inlarida ekologik ekspertiza xizmatlariga talabning oshib borayotganligi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni ekologizatsiyalash, ekologik barqaror rivojlanishga o’tish zarurati ekologik ekspertizaning ahamiyatiniyanada oshiradi. SHu munosabat bilan ekologik ekspertiza fani oldida turgan asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi:
- tabiat bilan jamiyat o’zaro aloqalarining ekologik ekspertiza yo’nalishini chuqur va xar tomonlama tadqiq etish;
- ekologik ekspertizaning O’zbekistonning barqaror rivojlanish va iqtisodiyotni ekologizatsiyalash yo’nalishlariga o’tishi bilan bog’liq bo’lgan nazariy va amaliy masalalarining yechimini topish;
- ekologik ekspertiza ob’ektlarining tabiatdan foydalanish va atrof tabiiy muhitga ta’sirini va ekologik xavflilik darajasini kompleks taxlil etish;
- ekologik ekspertiza uchun taqdim etilayotgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun xujjatlariga muvofiqligini aniqlash metodlarini ishlab chiqish;
- ekologik ekspertizani istiqbolda rivojlantirishning ekologik-iqtisodiy ustivorlik va iqtisodiyotni ekologizatsiyalashga asoslangan yo’nalishlarini aniqlash, ularni ilmiy asoslash va rivojlantirish;
- ekologik ekspertiza o’tkazish orqali tabiatdan ratsional foydalanish va tabiatni muhofaza qilish imkoniyatlarini davlat boshqaruvi va bozor instrumentlari orqali tartibga solishning samaradorligini o’rganish;
- ekologik ekspertizaning dolzarb va ustivor yo’nalishlarini aniqlash va ekspert tadqiqotlarining samaradorligini oshirish metodlarini ishlab chiqish.
Ushbu kursni o’rganish tabiat muhofaza qilishni boshqaruvning tarmoq mahmuriy metodlari qatoriga kiradigan ekologik ekspertizaning ahamiyati, mohiyati, mazmuni va asosiy yo’nalishlari va rivojlanishi istiqbollarini chuqur o’rganish va asosiy qoidalarini bilib olishga va ekologik-ekspertiza bilimlarini amaliyotda qo’llashga xizmat qiladi.
|
| |