Ekologiya fan sifatida Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi Ekologiyaning asosiy bo’limlari




Download 63 Kb.
bet2/3
Sana11.12.2023
Hajmi63 Kb.
#115834
1   2   3
Bog'liq
Ekologiyaning qisqacha tarixi
7-sinf-ona-tili, jurnal davomat, 1-mavzu; ms-excelda-matematik-funksiyalar, MS Access ma’lumotlar bazasi, 3-dars. Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalashning afzalligi, 20-dars. Delphi dasturlash tili muhuti, 6 мактаб одоб ахлок ишлаб чиқиш 246, `tig\'ta, j G (7), 1-mustaqil ish Mavzu Kompyuterli loyihalashning rivojlanish tar, Suvli issiqlik tarmoqlarida suv sarfini aniqlash, ANTONOMASIA EUPHEMISM AND HYPERBOLE GLOBAL PROBLEMS, EKOLOGIYA FANINING ASOSLARI VA VAZIFALARI, Shamol parraklarini loyihalash. Shamol generatorlari va uning tuzulishini õrganish
0.3 Ekologiyaning asosiy bo’limlari. Ekologiya jadal rivojlanayotgan fanlardan biridir. Ko’pgina mamlakatlarning oliy o’quv yurtlari dasturlarida fizika, matematika, kimyo fanlari bilan bir qatorda fundamental fanlar qatoriga kiritilgan. Albatta, ekologiyada barcha nazariy qoidalar yetarli darajada o’z o’rnini topganicha yo’q, u mazmunan fundamental emas. Bu ekologiyaning nisbatan yoshligi hamda yuqorida qayd etilganidek, jadal rivojlayotganligidan dalolat beradi.
SHuning uchun ham mualliflar ushbu ma‘ruzalar t¢plamida dunyoningbarqaror rivojlanish kontseptsiyasi modellarini, iqtisodiy, ekologik va energetik manbalarni bir tizimga birlashtirish loyihasining bahosini, hayotning kelib chiqish gipotezasi kabi bahsga sabab bo’ladigan, tortishuvga chorlaydigan masalalarni o’rtaga tashladilar.
Bu masalalar ekologik yunalishdagi fanlar bo’limlari qatoriga kiradi. So’zsiz, ekologiya boshqa fanlar singari nafaqat turdosh fanlar g’oyalarini o’ziga singdiradi va uning o’zi ham quyidagi bo’limlarga (1999) bo’linadi.
Umumiy ekologiya – o’zaro bog’liq va o’zaro harakatdagi organizmlarning yashash muhiti qonuniyatlari haqidagi fan. Umumiy ekologiyaning asosiy vazifasi 1954 yili Kievda b¢lib ¢tgan ekologlarning III Konferentsiyasi qarorlarida quyidagicha belgilangan: 1) organizmlar va muhit ¢rtasidagi k¢p qirrali munosabatlarni aniqlash uchun turlarning muhitga tarixiy moslanish y¢llarini ¢rganish; 2) turning yashash shakli b¢lmish tur vakillari hosil qiladigan va rivojlanadigan populyatsiyalarni ¢rganish bilan bir vaqtda ularning farqlanishi, son va sifat ¢zgarishini ¢rganish; 3) ma‘lum joyda, ma‘lum muhit hosil b¢lgan va rivojlanayotgan biotsenozlarni, ular ichidagi organizmlarning munosabatlarini ¢rganish (Ergashev A., 2003). Umumiy ekologiya o’z navbatida autekologiya va sinekologiyaga bo’linadi.
Autekologiya muhit bilan aloqador va o’zaro harakatdagi turlar populyatsiyasi yoki ularning kelib chiqishi va turlararo munosabatini o’rganadi. Shuning uchun ba‘zan ekologiyaning bu bo’limi turlar ekologiyasi deb ham yuritiladi. 1896 yilda K.SHryoter «sinekologiya» deb atashni tavsiya etgan.
Sinekologiya har-xil muhitda yashovchi organizmlarning o’zaro va abiotik muhit bilan bog’liqligini o’rganadi. Shuning uchun uni o’zaro aloqadorlar ekologiyasi deb ham yuritiladi. O’rta Osiyoda sinekologiyanng rivojlanishida D.N.Qashqarovning xizmati katta. Autekologiya va sinekologiya o’simliklar ekologiyasi va hayvonlar ekologiyasi (zooekologiya) bilan chambarchas bog’liq.
Ekologiyaning yana bir tarmog’i inson ekologiyasi hisoblanadi. Ba‘zi olimlar uni umumiy ekologiyaning mustaqil toksonomik tarmog’i deb hisoblashmoqda, ammo muhit bilan inson munosabatida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tavsifdagi qonunlar ham ta‘sir etadi. Shuning uchun ekologiyaning bu bo’limini ijtimoiy ekologiya deb ham yuritishmoqda. A.V.Losevning o’quv qo’llanmasini so’z boshida taniqli serb olimi Danilo Markovich bunga quyidagicha ta‘rif beradi: «Ijtimoiy ekologiya – bu ilmiy fan bo’lib, amaliy o’rganish va nazariy tahlil qilish jarayonida jamiyat, tabiat, inson va uning yashash muhiti hamda insoniyatning global muammosi bo’lgan yashash muhitini nafaqat saqlab qolish, balki yaxshilash yo’llarini o’rganadi» (1998, 3-bet).
Ekologiya, evolyutsion biologiya, genetika va poleontologiya tutash kelgan joyda evolyutsion ekologiya vujudga kelgan bo’lsa, tarixiy geologiya, paleogeografiya va paleoklimatologiyalar tutashgan joyda paleoekologiya vujudga keldi.
Oxirgi yillarda hududiy ekologiya rivojlandi. Uni shahar ekologiyasi, qishloq xo’jalik ekologiyasi (yoki agroekologiya) va sanoat ekologiyasiga bo’lish mumkin. Ba‘zan ularni maxsus (yoki amaliy) ekologiyaga birlashtiradilar.Undan umumiy ishlab chiqarish jarayonida jamiyatning tabiiy muhit bilan o’zaro harakatini o’rganuvchi injenerlik ekologiyasi ajralib chiqdi. Kosmos ekologiyasi, x¢jayralar ekologiyasi va mikroorganizmlar ekologiyasi kabi ekologiyaning tarmoq va bo’limlari jadal rivojlanmoqda.
Xullas, ekologiyaning yana bir: Yer sharining tirik qismi haqidagi bo’limi - global ekologiya vujudga keldi.
Global ekologiya butun Yer sharini o’z ichiga oluvchi biosferani o’rganadi.

Download 63 Kb.
1   2   3




Download 63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekologiya fan sifatida Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi Ekologiyaning asosiy bo’limlari

Download 63 Kb.