• ЭКОЛОГИЯ ”
  • Экология” фанидан




    Download 451.3 Kb.
    Sana10.04.2024
    Hajmi451.3 Kb.
    #193041
    Bog'liq
    Ekologiya Mustaqil sih
    xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI

    МУҲАММАД АЛ-ХОРАЗМИЙ НОМИДАГИ
    ТОШКЕНТ АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ УНИВЕРСИТЕТИ

    “Энергия таъминлаш тизимлари” кафедраси


    ЭКОЛОГИЯ


    фанидан


    Мустақил иш

    Бажарди:Jo`rayev Husanboy таълим йўналиши


    410-21-гуруҳ
    Қабул қилди: Mustafakulova Gulzoda
    Тошкент


    2024

    Barqaror rivojlanish va uning ekologik jihatlari


    Reja:
    1.Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish


    2.Xalqaro hamkorlikning huquuqiy asoslari


    3.Xalqaro ekologik hamkorlikni huquqiy tartibga solish asoslari.


    Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish

    Yer sayyorasi va uning oziga xos tabiati insoniyatning umumiy yashash makoni, yagona uyi hamda yashyash vositasi hisoblanadi. Shuning uchun yuz berayotgan ekologik tangliklarni bartaraf etish yer yuzidagi barcha xalqlar va davlatlarning umuminsoniy vazifasidir. Sayyoramizda Xalqaro ekologik hamkorlikning zarurligi quyidagi hollar bilan belgilanadi:


    Yer sayyorasi va uning oziga xos tabiatini insonga ma’lum bolgan olamda yagona ekanligi;


    Yer tabiati va biosfera yaxlit tizim sifatida mavjud bolib inson va jamiyat uning tarkibiy qismi ekanligi;
    Insoniyatning barcha ishlab chiqarish faoliyatini moddiy negizi tabiat ekanligi;
    Tabiatdagi salbiy ozgarishlar va atrof-muhitga antropogen ta’sir kolami jihatidan butun sayyoraga tazyiq korsatuvchi jarayonlar ekanligi;
    Hozirda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etishga kop hollarda bir yoki bir nechta davlatlaning imkoniyatlari yetarli emasligi;
    Barcha insoniyatning birgalikdagi harakati sayyoramizdagi ekologik vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yoli ekanligi.
    Xalqaro ekologik hamkorlik (XEH) deyilganda – yer yuzidagi barcha mamlakat xalqlar tomonidan tabiat muhofazasiga doir xalqaro kelishuv-shartnoma, konvensiyalar tuzish, xalqaro ekologik me’yorlani ishlab chiqish va ularga rioya etilishini hamkorlikda nazorat qilish, umumsayyoraviy va hududiy ekologik muammolarni birgalikda hal etish, ilmiy tadqiqotlar va turli xalqaro anjumanlar otkazish kabi keng kolamli chora-tadbirlar kompleksi tushuniladi. XEH quyidagi tamoyillarga asoslangan bolishi lozim:
    Sayyoramizdagi har bir inson soglom ekologik sharoitlarda yashash huquqiga ega ekanligi;
    Har bir mamlakat atrof-muhit va tabiiy resurslardan oz fuqarolarri manfaatlari yolida foydalanish huquqiga ekan ekanligi;
    Bir davlatning ekologik muvaffaqiyati boshqa davlatlar hisobiga bolmasligi yoki ularning manfaatlariga zid bolishiga yol qoymaslik;
    Har bir davlat hududidagi ishlab chiqarish faoliyati shu davlatdagi va undan tashqaridagi tabiiy muhitga zarar yetkazmasligini ta’minlash;
    Ekologik oqibatlarni bashorat qilib bolmaydigan har qanday xojalik va boshqa turdagi faoliyatlarni amalga oshirilishiga yol qoymaslik;



    Tan olingan xalqaro me’yorlar va andozalar asosida atrof-muhit, tabiiy resurslar va ulardagi ozgarishlar ustidan nazorat ornatish;Atrof-muhit muammolari bilan bogliq barcha kelishmovchiliklarni tinchlik yoli bilan hal etish.
    Hozirgi paytda XEH asosan ikki xil shaklda namoyon bolmoqda:
    1. Atrof-muhit muhofasasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki yoki kop tomonlama davlatlararo bitim, shartnoma va konvensiyalar tuzish.
    2. Turli xalqaro tabiatni muhofaza qiluvchi uyushma, komissiya va tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish.

    Xalqaro ekologik hamkorlik umumbashariy qadriyatlarning muhim tarkibiy qismi sifatida songgi yuz yildan koproq vaqtdan beri shakllanib, takomillashib bormoqda. Uning dastlabki korinishlari XIX asr oxirlaridan boshlab hayvonotlardan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan davlatlardan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan davlarlararo harakat tarzida namoyon bola boshladi.


    1945-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etilishi munosabati bilan ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu xalqaro tashkilot faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshlandi. BMT xalqaro ekologik hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish yolida kop ishlarni amalga oshirdi.


    Hozirda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlardan 6 tasi atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shugullanadi. Jumladan, YuNESKO-ta’lim, fan va madaniat masalalari bilan shugullanuvchi tashkilot faoliyatining asosiy yonalishlaridan biri atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va kadrlar tayyorlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlar otkazishga qaratilgan.


    FAO– oziq-ovqat va qishloq xojaligi boyicha tashkilot. U yer, suv, osimlik va hayvonlardan kompleks foydalanish, ularning unumdorligini oshirish muammolari bilan shugullanadi.


    VOZ- xalqaro soglikni saqlash tashkiloti. Atrof-muhitni muhofazasining sanitary-gigiyenik masalalari bilan shugullanadi.
    VMO- xalqaro meteorologik tashkilot. Iqlimdagi umumsayyoraviy ozgarishlar bilan shugullanadi.
    IMKO- dengizlar boyicha davlarlararo maslahat tashkiloti. Bu tashkilot dunyo dengiz va okeanlaridan foydalanishning ekologik jihatlari bilan shugullanadi. Yuqoridagilardan tashqari, BMTning ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bilan shugullanuvchi kengashi EKOSOS faoliyatida ham atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e’tibor beriladi.

    1974-yil BMT ning atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan foydalanishga bagishlangan maxsus Bosh sessiya otkazildi. Unda «Yangi xalqaro ekologik tartiblarni ornatish haqida Deklaratsiya» va bu tartiblarni ornatishning harakat dasturidan iborat 2 ta muhim xalqaro hujjat tasdiqlandi. Bu hujjatlarda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kopaytirish muammosiga katta e’tibor berildi, jumladan, sahrolashish va yerlarning shorlanishini oldini olish, tabiiy va oziq-ovqat resurslariga zararli ta’sirlarni kamaytirish, ifloslanishga qarshi kurash, resurslarni muhofazalash va qayta tiklash boyicha zudlik bilan choralar korishga chaqirildi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Xelsinki (Finlyandiya) kengashida ham ekologik masalalarga keng orin berildi.


    Xalqaro hamjamiyatning tarkibiy qismi hisoblangan Markaziy Osiyo mintiqasining barkaror rivojlanishini ta’minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni yechishda Ozbekiston XEH masalalariga katta e’tibor bermoqda. Respublikada tabiatni muhofaza qilish ishlari boshqa davlatlar va Xalqaro tashkilotlar bilar har tomonlama hamkorlik qilish orqali amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning turli jihatlarini tartibga soluvchi koplab xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzildi. Respublikamiz XEHning turli yonalishlari boyicha amalga oshirilayotgan xalqaro tadbirlarda faol ishtirok eta boshladi. Ozbekiston Respublikasi 1992-yilgi biologik rang-baranglikni saqlash Konvensiyasi, 1992-yilgi iqlim ozgarishi togrisidagi Konvensiyalarga qoshildi. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi har qanday davlarlararo hamkorlik ekologik vaziyatni mahalliy, regional va umumbashariy darajada yaxshilashning asosidir.


    Ozbekiston 1992-yilda imzolagan MDH Davlatlararo Ekologiya Kengashining teng huquqli a’zosi hxisoblanadi. Respublikaning Xalqaro ekologik hamkorlik borasidagi faoliyati, ayniqsa, Orol muammosiga qaratilgan masalalarda yanada yakkolroq namoyon bolmoqda. Ozbekistonning faol ishtiroki va sa’y-harakatlari tufayli Orol dengizi muammolari boyicha Davlatlararo Kengash va uning ishchi organi Ijroiya qomitasi, Orolni qutqarish Xalqaro jamgarmasi tashkil etildi va faoliyat korsatmoqda.


    Insoniyat boshiga kolanka solib turgan ekologik falokatlarning oldini olish boyicha xalqaro hamkorlik ma’lum darajada shakllangan va muhim tadbirlar amalga oshirilgan bolsa-da, hali bu boradagi ishlarni yanada izchil faollashtirish zarur. Chunki hozirgacha atrof-muhit muhofazasi va insoniyatga yetarli, qulay yashash sharoitlarini yaratish masalalarini boshqarib turuvchi tom ma’nodagi keng kolamli, ta’sirchan, xolis, yagona xalqaro tizim vujudga kelgani yoq. Xalqaro ekologik hamkorlik takomillashib borishi insoniyat taraqqiyotining bundan keyingi bosqichlarida ham muhim hayotiy zaruratlardan biri bo`lib qolaveradi.
    O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" nomli asarida "Eng murakkab savollardan biri shuki, bizdagi barqarorlik va xavfsizlik yo’lida tahdid bo’lib turgan muammolarni anglab yetayapmizmi? Xavfsizlikka tahdid solib turgan muammolarga nimani qarshi qo’ya olamiz? Biz istiqomat qilayotgan mintaqada jo’g’rofiy-siyosiy muvozanat saqlanishiga nimalar kafolat bo’la oladi? Xavfsizlikni qanday saqlab qolish mumkin?” degan savollar qo’yilgan.
    Xavfsizlik nima? L.Yu.Xotunsevning fikricha- alohida shaxs, jamiyat va tabiat obyektlarini kuchli darajadagi xavf-xatardan himoyalanganlik darajasi bo’lib, uning asosiy mezoni kelajakda yoki hozirda sodir bo’luvchi tabiiy yoki ijtimoiy xatardan qarshi chiquvchi qo’rquv hissidir. Lekin bugungi kunda xavfsizlik keng ma’noli tushuncha bo’lib. Birinchidan, u nafaqat inson, jamiyat va davlat, balki tabiat va uning elementlari nuqatayi nazardan ham qaralishi mumkin. Chunki ekologiya nafaqat insonlar, balki barcha tirik organizmlar o’rtasidagi va ularni atrof muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o’rganadi. Ikkinchidan, xavfsizlik nafaqat texnogen yoki tabiiy favqulotda holatlar va jarayonlardan organizmlarning saqlanganlik darajasi, balki u ko’zga ko’rinmas hamda bilvosita ta’sir etuvchi hodisalar orqali ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, issiqxona samarasi tufayli iqlimning sekin isib borishi va uni natijasida cho’llashish jarayonini yuzaga kelishi. Oqibatda cho’llangan yerlarda o’simlik va hayvonot dunyosining tur va xillari kamayishi, ya’ni biologik xilma-xillikning degradatsiyalashuvi va insoniyat uchun noqulay ekologik sharoitlarni yuzaga kelishi. Ha, bu eko xavfga kiradi, lekin u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy ta’sirga ham ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun ,,xavfsizlik” tushunchasi ma’lum bir fanga yoki tarmoqqa tegishli emas.
    Ekologik xavfsizlik tushunchasini turlicha ta’riflaydilar. Masalan, N.F.Reymers ekologik xavfsizlikka 2 xil yondashgan: 1) tabiat obyektlar, alohida inson uchun zarar olib kelmaydigan faoliyatlar 2) yer shari va turli mintaqalarda insoniyatni tabiiy-texnogen tayyorgarligi darajasida eko muvozanatni ta’minlovchi faoliyatlar.
    Ekologik xavfsizlik- organizmlar va ularning yashash muhitini tabiiy va antropogen omillar ta’siri tufayli turli miqyosida va tezlikda yuzaga keluvchi salbiy holatlardan saqlanganlik darajasi. Mazkur ta’rifda ham ekologiyaga, ham xavfsizlikka oid iboralar bilan ifodalangan.
    Barqaror rivojlanish- shaxs va jamiyat hayotini tashkil etishning yangi modeli. Barqaror rivojlanishning zamonaviy konsepsiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni ijtimoiy va iqtisodiy muammolar bilan birga hal etishga chaqiradi. Mahalliy, milliy, mintaqaviy va global boshqaruvni nazarda tutadi. YUNESKO tashkilotining sobiq bosh kotibi F.Mayor fikricha, "Kishilar va tabiat o’rtasidagi iqtisodiy munosabat shakli ekologik beqarorlikni keltirib chiqaradi, bu esa o’z navbatida barqaror bo’lmagan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga olib keladi".
    XX asrning 50-yillaridan boshlab ekologik muammolar o’z kuchini ko’rsata boshladi. Insoniyat o’zining nisbatan qisqa (5 mln. yillik) tarixiy bosqichi davomida yer yuzidagi o’rmonlarning 2/3 qismini kesib, 6 mlrd. ga unumdor tuproqlarni qishloq xo’jalik fondidan chiqarib, 70% dan ortiq suv manbalarini ifloslantirib, atmosfera havosiga is gazi miqdorini 20 mln. tonnagacha oshirib, ozon tuynugini AQSH mamlakati yer maydoniga teng holda ochgan edi. Insoniyat rivojlanib borayotgan bir paytda bunday ayanchli holatlar tushunarsiz edi va shu maqsadda ,,Rim klubi” tuzildi. Bu klub rejalari o’zini uncha oqlamagani 1972-yil 5-iyunda Shvetsiya poytaxti Stokgolmda ,,Atrof-muhitni muhofaza qilish” konferensiyasi chaqirilishiga sabab bo’ldi. Unda 5ta muhim qaror va hujjat qabul qilindi:
    ,,Stokgolm deklaratsiyasi” da atrof-muhitni milliy, regional va xalqaro miqyosida muhofaza qilishning 26 prinsipi ko’rsatildi.
    ,,Tadbirlar rejasi” 109 banddan iborat bo’lib, unda davlat va xalqaro hamjamiyat o’rtasida atrof-muhit muhofazasining tashkiliy, siyosiy, iqtisodiy masalalariga e’tibor berilgan.
    Stokgolm konferensiyasi tavsiyasiga ko’ra BMTning Bosh Assambleyasi Xalqaro atrof-muhitni muhaofaza qilish dasturi- YUNEP ni tuzdi, uning qarorgohi Keniya poytaxti Nayrobida joylashgan.
    Konferensiyaning ochilish kuni (5-iyun) har yili Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi.
    Konferensiya qarori bilan Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish jamg’armasi tuzildi.
    1975-yil Xelsinkida 35 ta Yevropa davlatlari va AQSH, Kanada ishtirokida o’tgan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik Kengashi (OBCE) da "Yakunlovchi hujjat” qabul qilindi. Mazkur hujjatda butunjahon bo’yicha ekologik xavfsizlikni ta’minlash ham milliy, ham global miqyosidagi masala qilib ko’rsatilgan.
    Dunyo hamjamiyatining yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasi birinchi marta 1987-yil BMTning Butunjahon atrof-muhit va rivojlanish bo’yicha Komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur komissiya o’zining GRO HARLEM BRUNDTLAND ma’ruzasi nomini olgan ,,Bizning umumiy kelajagimiz” ma’ruzasida barqaror rivojlanish konsepsiyasi modeli yaratildi.
    Bosh Assambleyaning 1989-yil dekabrdagi 44/428-sonli rezolutsiyasida barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida BMTning maxsus konferensiyasini chiqarish to’g’risida qaror qabul qilindi.
    Barqaror rivojlanish konsepsiyasi-bir me’yorda rivojlangan davlatlar va butun jahon hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy qarashlar tizimidir. Ekologik muammolar biror davlat faoliyatiga bevosita bog’liq emasligini Orol va Orolbo’yi muammosi misolida ko’rish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMTning 48, 50,55-sessiyalarida ushbu muammo nafaqat O’rta Osiyo davlatlarinig, balki butun dunyo hamjamiyatining muammosi ekanligini aytgandi, chunki Orol muammosi dunyo ekologik holatini yanada keskinlashtirishi mumkin. BMTning Rio-de-Janeyrodagi konferensiyasida qabul qilingan "Atrof-muhit muhofazasi va rivojlanishiga doir deklaratsiya"da - "Inson haqida g’amxo’rlik- barqaror rivojlanish faoliyatini ta’minlashning markaziy bo’g’inidir. Odamlar sog’lom yashash va tabiat bilan uyg’unlashish orqali unumli mehnat qilish huquqiga egadirlar", - deb aytilgan edi.
    Yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasida inson va tabiatning uyg’unlikda rivojlanishi uchun quyidagi asosiy qoidalar nazarda tutilgan:
    ► davlatlarning tabiiy resurslardan foydalanishdagi suveren huquqi boshqa davlatlar atrof-muhitiga zarar qilmasligi kerak.
    ► davlatlar yoki alohida transcontinental kompaniyalarning rivojlanish huquqi hozirgi va kelajak avlodning atrof-muhit muhofazasi sohasidagi ehtiyojlarini adekvat darajada qondirishi kerak.
    ► barqaror rivojlanishda atrof-muhit muhofazasi taraqqiyot jarayonining bir qismi hisoblanadi va undan ajralgan holda muhokama qilinmasligi kerak.
    ► rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotida turgan davlatlarda ekologik muammolarni birlamchi masalalar turkumiga kiritish lozim, shu uchun ham ularda tabiiy resurslarni konservatsiya qiluvchi (saqlovchi) xo’jalik tarmoqlarini rivojlantirish kerak.
    ► har bir davlat atrof-muhit holati uchun javobgar.
    ► tabiiy xomashyolarni qazib olish, ishlab chiqarish va qayta ishlash ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi va bu jarayonda ilg’or texnologiyalardan foydalanish kerak.
    Barqaror rivojlanish konsepsiyasi yuqorida keltirilgan atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan prinsiplarni amalga oshirish tufayli, xalqaro hamjamiyatning hamkorligiga va bir maromda rivojlanishiga xizmat qiladi.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    1. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. – 56 b. 2. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza 2016 yil 7 dekabr. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. – 48 b. 3. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 4. Karimov I.A.O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: havfsizlikka taqdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., “O‘zbekiston”, 1997. 5. Tursunov X.T., Raximova T.U. Ekologiya. Toshkent. «CHinor» 2006 y. 6. Ergashev A.E. «Umumiy ekologiya» Toshkent, «Uqituvchi». 2003 y. 7. Konstantinov V.M. Ekologicheskie osnovы prirodopolzovaniya. M. 2001. 8.Чернева Н.М., Былова А.М. «Экология», «Просвещение», М. 1988. 9. Гиляров А.М. «Популяционная экология» изд-во МГУ. 1990.
    Internet saytlari:
    1. www.ziyonet.uz
    2. www.natl.uz
    3. www.nature.uz
    4.www.uznature.uz;
    5.www.Lex.uz.
    Download 451.3 Kb.




    Download 451.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Экология” фанидан

    Download 451.3 Kb.