|
Genetika
Moleku lyar biologiya
|
bet | 2/4 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 177,5 Kb. | | #117871 |
Bog'liq Ekologiya fanining vazifalari nimalardan iborat
Autekologiya — ayrim bir turga mansub bo‘lgan organizmlar yoki populyatsiyalarning o‘zaro va muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi. Masalan, hozirgi davrda populyatsiyalar ekologiyasini o‘rganishda ularning ko‘payishi, turg‘unligi yoki sonining kamay ishini o‘rganishda matematik modellashtirish usuli keng qo‘llanilmoqda.
Sinekologiya — har xil turga mansub organizmlar umumlashmasining o‘zaro va muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi. Bunda ayrim territoriyalarda yashaydigan mikroorganizmlar, o‘simlik, hayvon turlarining xilma-xilligi, tarqalishi, ular ora sidagi raqobatlar va boshqa ekologik muammolar o‘rganiladi.
Evolutsion ekologiya — ekologik sistemalarning say yoramizda hayot kelib chiqishi bilan birga o‘zgarishlarini, bio- sferaning evolutsiyasiga insonning ta’sirini o‘rganadi. Evolutsion ekologiya paleontologik ma’lumotlardan va hozirgi zamon ekologik sistem alari haqidagi ma’lumotlardan foydalanib qadimiy ekosistemal arni nazariy rekonstruksiyalashga (qayta yaratish) harakat qiladi.
Tarixiy ekologiya — insoniyat sivilizatsiyasi va texnol o giya sining rivojianishi natijasidagi ekologik o‘zgarishlarni neolit davridan boshlab hozirgi davrgacha o‘rganadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar har xil metodlar yordamida amalga oshiriladi.
Dala metodi yordamida populyatsiyaga muhit omillari yig‘indisining ta’siri, ma’lum sharoitda turning rivojianishi va yashashining umumiy holati tekshiriladi.
|
| |