• Asosiy ekologik tushunchalar.
  • Abiotik omillar
  • Antropogen omillar.
  • Ekologik tajribalar metodi




    Download 177,5 Kb.
    bet3/4
    Sana13.12.2023
    Hajmi177,5 Kb.
    #117871
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Ekologiya fanining vazifalari nimalardan iborat

    Ekologik tajribalar metodi yordamida ayrim omillarning organizm rivojlanishiga ta’siri o‘rganiladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun odatda birorta tabiiy sistema modellashtiriladi. Masalan, chuchuk suv havzasining modeli akvarium hisobla- nadi.
    Matematik modellash metodi ekosistemaning yashovchanligi va kelajagini oldindan aniqlashga yordam beradi. Bu usulni amalga oshirishda EHM (elektron hisoblash mashinalari)dan keng foydalaniladi.
    Asosiy ekologik tushunchalar. Ma’lum muhitda yashayotgan ayrim turlar yig‘indisi ekosistemalarni hosil qiladi. Jamoa va ekosistema ilmiy adabiyotlarda ko‘p ishlatiladigan biotsenoz tushunchalariga mos keladi. O‘ziga xos ko‘rinishga va o‘simliklar dunyosiga ega bo‘lgan yirik regional yoki subkontinental biosistemalar biomlar deb ataladi. Yerning fizik muhiti bilan turg‘un muvozanatda, Quyosh bilan energiya almashinish holatida bo‘lgan Yerdagi hamma tirik organizmlar kompleksi biosfera yoki ekosferani hosil qiladi.
    Muhit deb ayrim organizmlar, populyatsiyalar yashaydigan, ularning holatiga, rivojlanishiga, ko‘payishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan tirik va o‘lik tabiatning barcha sharoitlariga aytiladi. Tirik organizmlarga ta’sir ko‘rsatuvchi muhitning har qanday tarkibiy qismlari ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillar uchta asosiy guruhga bo‘linadi:

    1. Abiotik omillar — anorganik tabiat sharoitining yig‘indisi. Bularga tuproq, iqlim, topografik va boshqa fizik omillar kiradi.

    2. Biotik omillar. Bunga tirik tabiat omillari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga ta’siri) kiradi.

    3. Antropogen omillar. Bunga inson faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan omillar kiradi.

    Omillarning organizmga kompleks ta’siri. Cheklovchi omillar. Tirik organizmlarga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. O‘sha omillarning ayrim organizmlarga ta’sir natijasi esa xilmaxildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi — optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omilning eng yuqori darajasi — maksimumi va eng quyi darajasi — minimumi bo‘ladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun ma’lum ekologik omilning o‘z maksimumi, minimumi va optimumi bo‘ladi (84-rasm).

    Download 177,5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 177,5 Kb.