|
Ekologiyaning nazariy asoslari
|
bet | 1/3 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #249280 |
Bog'liq Ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan elektr uskunalarni qoʻllash tartibi
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti
Mavzu: Ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan elektr uskunalarni qoʻllash tartibi
Guruh:9-21
Bajardi:Mirzabekova Nasiba
MUSTAQIL ISH
Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari
Vazirlar Mahkamasining “Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qoidalarga ko‘ra, elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi to‘g‘risida” va “Elektr energetikasi to‘g‘risida” qonunlariga muvofiq elektr energetikasi sohasi korxonalarida ishlab turgan elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilayotgan, ularda qurilish-montaj, ta'mirlash va sozlash ishlarini amalga oshirayotgan xodimlarning xavfsizligini ta'minlash, shuningdek ularga ishlab chiqarishdagi xavfli omillar ta'sirining oldini olishga qaratilgan.
- Qoidalarga muvofiq foydalaniladigan himoya vositalari davlat standartlari, shuningdek Elektr qurilmalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalariga muvofiq bo‘lishi shart.
- Ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalari, kompressor qurilmalari va havo yig‘gichlar, asboblar va moslamalar sinalgan bo‘lishi shart va mehnat xavfsizligi standartlari talablariga, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan sanoat xavfsizligi sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Asbob va moslamalar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek ishlab chiqargan zavod yo‘riqnomalariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart.
- Ishlab turgan elektr qurilmalarda qurilish va montaj ishlari bajarilayotganda qurilish me'yorlari va qoidalari (QMQ) talablariga rioya qilinishi shart.
- Ishchi va xizmatchilar uchun mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalarida mazkur Qoidalar talablari inobatga olinishi shart.
- Har bir xodim, agar u qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko‘ra olmasa, zudlik bilan yuqori turgan rahbariyatga barcha aniqlangan buzilishlar, shuningdek elektr qurilmalaridagi inson hayoti uchun xavf tug‘diruvchi nosozliklar, ish olib borish jarayonida ishlatiladigan mashinalar, mexanizmlar, asboblar, moslamalar va himoya vositalaridagi buzilishlar haqida xabar berishi shart.
- Ishlayotgan xodimlarni o‘qitish va bilimlarini tekshirish tartibi Elektr energetikasi obektlarida xodimlar bilan ishlarni tashkil qilish qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
- Zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlaydigan ishchilar va muhandis-texnik xodimlar (MTX) Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
- Elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatayotgan ishchi va xizmatchilar, o‘zlarining egallab turgan lavozimi yoki kasbi doirasida Qoidalarni bilishlari va Qoidalarga muvofiq elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhga ega bo‘lishlari shart.b
- Qoidalar bo‘yicha bilimlari tekshiruvdan o‘tgan xodimga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi va xodim guvohnomani ish paytida o‘zi bilan olib yurishi shart.
- Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan ishlarni (maxsus ishlarni) bajarish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar guvohnomasida bilimlar sinovidan o‘tganligi haqida belgilangan namunadagi yozuv bo‘lishi shart.
|
| |