• Ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan elektr uskunalarga tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish tartibi
  • 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalariga bir o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlar III guruhga mansub bo‘lishi shart.
  • 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarini ko‘rib chiqishda shchit, yig‘malar, boshqaruv pultlari va boshqa tuzilmalarning eshigini ochishga ruxsat etiladi.
  • 1000 V dan yuqori bo‘lgan qo‘l bilan harakatlantiriladigan uzatmali ajratgich, bo‘lgich va o‘chirgichlarni o‘chirish va yoqishda dielektrik qo‘lqoplardan foydalanish zarur.
  • Bunday ishlarga quyidagilar kiradi




    Download 1,37 Mb.
    bet2/3
    Sana21.05.2024
    Hajmi1,37 Mb.
    #249280
    1   2   3
    Bog'liq
    Ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan elektr uskunalarni qoʻllash tartibi

    Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:
    yuqorida bajariladigan ishlar;
    bosim ostida ishlaydigan idishlarga xizmat ko‘rsatish;
    tok o‘tkazuvchi qismlarda, kuchlanish ostida bajariladigan ishlar: izolyatorlarni tozalash, yuvish va almashtirish, simlarni ta'mirlash, izolyatorlarni va biriktiruvchi qisqichlarni o‘lchov shtangasi bilan nazorat qilish, troslarni moylash;
    uskunalarni yuqori kuchlanish ostida sinash (megaommetr bilan ishlashdan tashqari).
    Maxsus ishlar ro‘yxati korxona rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, to‘ldirilishi mumkin.
    O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga muvofiq ushbu ro‘yxatdagi ishlarga jalb qilinishi taqiqlanadi.
    Qoidalarning talablarini buzgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar hisoblanadi.
    Ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan elektr uskunalarga tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish tartibi
    • 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalariga bir o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlar va smena bo‘yicha katta navbatchilar elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruhga mansub, qolganlari esa III guruhga mansub bo‘lishi shart.
    • 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalariga bir o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlar III guruhga mansub bo‘lishi shart.
    • Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr qurilmalarining to‘siqsiz tok o‘tkazuvchi qismlariga ushbu Qoidalarga 2-ilovada ko‘rsatilgandan kam masofaga odamlarning, yuk ko‘taruvchi mashinalar va mexanizmlarning yaqinlashishi taqiqlanadi.
    • Elektr stansiya va podstansiya elektr qurilmalarini navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga mansub xizmatchi yoki V guruhga mansub ma’muriy-texnik xodim yoxud tashkilot rahbariyati bir o‘zi ko‘rikdan o‘tkazishi mumkin.
    • 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarini ko‘rib chiqishda shchit, yig‘malar, boshqaruv pultlari va boshqa tuzilmalarning eshigini ochishga ruxsat etiladi.
    • Elektr qurilmalarini ko‘rib chiqish jarayonida biror-bir ishni bajarish taqiqlanadi.
    • 6 — 35 kVli elektr qurilmalarida erga tutashish sodir bo‘lsa, faqat tezkor almashlab ulashlarni bajarish hamda kuchlanish ta’siriga tushib qolgan odamlarni qutqarish uchun aniqlangan tutashish joyiga yopiq taqsimlovchi qurilmasiga (keyingi o‘rinlarda — YOTQ) 4 m dan, ochiq taqsimlovchi qurilmasiga (keyingi o‘rinlarda — OTQ) va HL da 8 m dan kam masofaga yaqinlashishga ijozat beriladi. Bunda elektr himoya vositalaridan foydalanish shart.
    • 1000 V dan yuqori bo‘lgan qo‘l bilan harakatlantiriladigan uzatmali ajratgich, bo‘lgich va o‘chirgichlarni o‘chirish va yoqishda dielektrik qo‘lqoplardan foydalanish zarur.
    • Saqlagichlarni o‘rnatish va olib qo‘yish kuchlanish olingan holatda amalga oshirilishi lozim.
    • Sxemasida kuchlanishni oluvchi kommutatsion apparatlar bo‘lmagan elektr ulanishlaridagi saqlagichlarni kuchlanish ostida, lekin yuklama bo‘lmagan holatda olishga va o‘rnatishga ijozat beriladi.
    • Ikkilamchi zanjirlarda, yoritish tarmoqlarida va kuchlanish transformatorlarida saqlagichlarni kuchlanish va yuklama ostida almashtirishga ijozat beriladi.
    • Saqlagichlarni kuchlanish ostida olib qo‘yish va o‘rnatishda quyidagilardan:
    • 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida — dielektrik qo‘lqoplar va himoya ko‘zoynaklaridan foydalangan holda izolatsiyalovchi qisqichlardan (shtangadan);
    • 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida — izolatsiyalovchi qisqichlar yoki dielektrik qo‘lqoplardan va himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish zarur.
    • 1000 V gacha kuchlanishli shchitlar va yig‘malarda saqlagichlar vertikal ustma-ust joylashganda (fazalar vertikal joylashganda) va kommutatsion apparatlar bo‘lmaganda yuklama ostida saqlagichlarni o‘rnatish va olib qo‘yishga ijozat beriladi. Bunda ko‘zni himoya qilish vositasi o‘rniga yuzni himoya qilish vositasidan foydalanish tavsiya etiladi.
    • Ish olib borilayotgan kameralardan tashqari qolgan barcha elektr qurilmalari xonalari, kameralari, shchitlari va yig‘malarining eshiklari qulflangan bo‘lishi shart.
    • 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalari (YOTQning xonalari va kameralari, komplekt taqsimlovchi qurilmalar, OTQ) hamda 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalaridan tashqarida joylashgan 1000 V gacha kuchlanishli taqsimlovchi shchitlar va yig‘malarning kalitlari navbatchi xodim hisobida turishi shart. Mahalliy navbatchi xodimlar bo‘lmagan elektr qurilmalarida kalitlar ma’muriy-texnik xodimlar hisobida turishi mumkin.


    Download 1,37 Mb.
    1   2   3




    Download 1,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bunday ishlarga quyidagilar kiradi

    Download 1,37 Mb.