|
Xavfli ishlab chiqarish omillarining kelib chiqish xususiyatiga qarab, ko`rinib turgan va ko`rinmaydiganlarga bo`lish mumkin
|
bet | 2/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,04 Mb. | | #241351 |
Bog'liq Ishlab chiqarishda xafsiz foydalanish talablariXavfli ishlab chiqarish omillarining kelib chiqish xususiyatiga qarab, ko`rinib turgan va ko`rinmaydiganlarga bo`lish mumkin.
Ko`rinib turgan, xavfli, tashqi belgilari bilan yaqqol ifodalanadi: masalan, mashinaning harakatlanuvchi qismlari, alanga, ko`tarilib va osilib turgan yuk.
Ko`rinmaydigan xavfli mashinalar, mexanizmlar, moslamalar va asboblarda nuqsonlarning borligiga bog`liqdir. Yashirin yashirin xavfni, shuningdek ish doirasining tiqishtirilganligi va ivirsiganligi
- Ishlab chiqarish jarohatlarining oldini olish - juda murakkab kompleks bo`lib, avvalo, muhandis, texnik mutaxassislardan, shuningdek tibbiy va boshqa sohadagi mutaxassislardan alohida e'tibor qaratishni talab eatadigan muammodir.
- Mashina va mexanizmlarning xavfli doiralari. Agar ishlovchilar jarohatlantirishga sababchi bo`lgan xavfni keltirib chiqaruvchi mashinalar bilan ma'lum masofada ishlamasalar ko`ngilsiz hodisa yuz berishi mumkin.
Barcha mashina va mexanizmlarga xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo`yicha yagona talablar qo`yiladi. Ana shu talablarga muvofiq mashina va mexanizmlarni boshqarishning asosiy richaglari o`ng qo`l ostiga joylashgan bo`lishi, har qaysi mashinada tovush signali, orqani ko`rish oynasi, burilish va to`xtash signallari bo`lishi kerak. Ish jarayonida mashina va mexanizmlardagi mahkamlangan joylar bo`shashadi, zazor (tirqish) lar kattalashadi, moy, suv yoki yonilg`i siza boshlaydi va hokazo. Shu boisdan pala-partish ko`rsatilgan texnik xizmat avariya va baxtsiz hodisalarga sabab bo`lishi mumkin. Masalan, traktor yurish qismining mahkamlangan joylarini o`z vaqtida tekshirib va taranglab turilmasa, u ag`darilib ketishi mumkin. Agar mashina ishlayotgan vaqtda inson hayoti yoki salomatligiga xavf soladigan nuqson payqalsa, ishni darhol to`xtatish kerak.
Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalar
Mashinadagi har bir harakatlanuvchi detal havflidir. aylanayotgan val, yulduzcha, tishli g`ildirak qo`lni, turmaklanmagan sochni yoki kiyimni ichkariga olib ketishi mumkin. Shu boisdan mashina va mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlari g`ilof, kojux, to`siqlar bilan berkitiladi. qalpoq, Ammo harakatdagi barcha qismlarni ham himoya qurilmalari bilan berkitib bo`lmaydi. Shu sababdan xavfli zonada ham ishlashga to`g`ri keladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Xavfli ishlab chiqarish omillarining kelib chiqish xususiyatiga qarab, ko`rinib turgan va ko`rinmaydiganlarga bo`lish mumkin
|