|
V. Fanning tarkibiy tuzilishi
|
bet | 3/5 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 57,97 Kb. | | #266030 |
Bog'liq Ekonometrika (fan dasturi)V. Fanning tarkibiy tuzilishi:
V.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Ekonometrik modellаshtirish аsoslаri
Ekonometrikaga fanning maqsadi va vazifalari. Iqtisodiyotni ekonometrika modellashtirish zarurligi. Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o’zgaruvchilar. Ekonometrik modellashtirish bosqichlari.
2-mavzu. Ekonometrik modellarning axborot ta’minoti.
Iqtisodiy maʼlumotlarning statistik tabiati. Bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni tanlash. Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy maʼlumotlarga qo‘yiladigan talablar.
3-mavzu. Ekonometrikada ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning asosiy tushunchalari.
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning asosiy tushunchalari. To‘plamlar va ularning xossalari. Diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar. Tasodifiy miqdorlarning xarakteristikalarini hisoblash.
4-mavzu. Juft korrelyatsion-regression tahlil
Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bog‘likliklar turlarini o‘rganish. Korrelyatsiya koeffitsiyentining turlari va hisoblash usullari. Chiziqli va chiziqsiz regression bog‘lanishlar. Korrelyatsion-regression tahlilda eng kichik kvadratlar usulining qo’llanilishi.
5-mavzu. Chiziqsiz regressiya
Chiziqsiz regressiya modellari. Chiziqli bo’lmagan bog’liqliklar uchun korrelyatsiya.
6-mavzu. Ko’p omilli ekonometrik tahlil
Ko‘p omilli ekonometrik modellarni tuzish uslubiyoti. Chiziqli va chiziqsiz ko‘p omilli regression bog‘lanishlar. Ko’p omilli regressiya tenglamasi parametrlarini baholashda eng kichik kvadratlar usuli Ekonometrik model parametrlarining iqtisodiy tahlil va elastiklik koeffitsientlarini hisoblash.
7-mavzu. Regressiyaning xususiy tenglamasi.
Regressiyaning xususiy tenglamasining yozilishi va elastiklikning xususiy koeffitsentini aniqlash. Ko‘p omilli korrelyatsiya. Xususiy korrelyatsiya.
8-mavzu. Ekonometrik modellarni baholash.
Ekonometrik modellarning iqtisodiy tahlilida verifikatsiya bosqichining ahamiyati. Ekonometrik modellar sifati va ahamiyatini mezonlar bo‘yicha baholash. Regressiya tenglamaning parametrlarini baholashning xususiyatlari.
|
| |