Ekotizimlarning o'zgarishi Suksessiya xodisasi Xulosa. Foydalanigan adabiyotlar




Download 24,77 Kb.
bet3/4
Sana22.11.2023
Hajmi24,77 Kb.
#103151
1   2   3   4
Bog'liq
qudrat 6(9)

Ikkilamchi suksessiya


Ikkilamchi suksessiyada dastlabki egallangan hudud buzilib, undagi jamoaning hammasi yoki koʻpchiligi nobud boʻlganidan keyin yana qayta egallanadi.
Ikkilamchi suksessiyaga eman va hikori oʻrmonlarining yongʻin tufayli boʻshab qolishi yaqqol misol boʻladi. Yongʻin koʻplab oʻsimliklarni va hududdan uchib keta olmaydigan hayvonlarni nobud qilishi mumkin. Lekin ularning ozuqaviy moddalari kul sifatida tuproqqa qaytadi. Birlamchi suksessiyadagi yalangʻoch togʻ jinsini ishgʻol qilishga nisbatan buzilgan hududni tezda qayta ishgʻol qilish osonroq, chunki uning tuprogʻi allaqachon ozuqaviy moddalarga boy boʻladi.
Yongʻin sodir boʻlishidan oldin eman va hikori oʻrmonlarining oʻsimlik dunyosida baland boʻyli daraxtlar hukmronlik qilardi. Ularning boʻyi quyosh energiyasini olishga yordam bergan, lekin ulardan quyida oʻsadigan oʻsimliklarga soya solgan. Vaholanki, yongʻindan keyin bu daraxtlar darhol qayta tiklanmaydi. Buning oʻrniga dastlab bu yerlarda bir yillik oʻsimliklar, yaʼni faqat bir yil yashaydigan oʻsimliklar, keyin esa bir necha yillar ichida tez oʻsadigan va koʻpayadigan oʻtlar oʻsadi. Birlamchi suksessiyada hududlarni dastlab ishgʻol qilgan oʻsimliklar kashshof oʻsimliklar deyiladi.
Suksessiyani ilk marotaba oʻrgangan ekologlar suksessiya jarayonini oldindan aytish mumkin, jamoa doimo bir xil ketma-ketlikdagi bosqichlarni bosib oʻtadi deb oʻylashgan. Shuningdek, ular suksessiyaning oxirgi barqaror, yaʼni atrof-muhit bilan muvozanatda boʻlgan holatini klimaks bosqichidagi jamoa deb nomlashgan va bu holat oʻsha joyning iqlimi bilan belgilanadi deb hisoblashgan. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda yetilgan eman va hikori oʻrmoni muvozanatga erishgan, klimaks bosqichidagi jamoa hisoblangan.
Suksessiya jarayonining oldindan belgilab qoʻyilgan yoʻldan borishi va barqaror muvozanatga erishgan jamoa toʻgʻrisida ilgari surilgan fikrlar bugungi kunga kelib turli savollarni yuzaga chiqarmoqda. Oldindan belgilab qoʻyilgan yoʻldan emas, muayyan vaziyatlarga qarab suksessiyaning turli yoʻllarni bosib oʻtishi maʼlum boʻlib bormoqda.\[^1\] Shuningdek, barqaror klimaks bosqichiga chiqqan jamoalar baʼzi holatlarda shakllanayotganligiga qaramasdan, koʻplab muhitlar uchun bu kam uchraydigan holat boʻlishi mumkin. Ekotizim tez-tez turli buzuvchi omillar taʼsiriga duchor boʻlib turishi ham mumkin va bu jamoaning muvozanat holatiga chiqishiga toʻsqinlik qiladi yoki muvozanat qaror topganda tezda bu holatni izdan chiqaradi.
Ekotizim (yoki ekologik tizim) — barcha organizmlar va ular oʻzaro taʼsir qiladigan muhitdan iborat. Ushbu biotik va abiotik komponentlar oziq moddalar aylanishlari hamda energiya oqimlari orqali bir-biriga bogʻlangan. Energiya fotosintez orqali tizimga kiradi va oʻsimlik toʻqimalariga kiritiladi. Hayvonlar oʻsimliklar va bir-biri bilan oziqlanib, materiya va energiyaning tizim boʻylab harakatlanishida muhim rol oʻynaydi. Ular, shuningdek, mavjud oʻsimlik va mikrobial biomassa miqdoriga taʼsir qiladi. Oʻlik organik moddalarni parchalash orqali parchalanuvchilar uglerodni atmosferaga qaytarib yuboradi va oʻlik biomassada saqlanadigan ozuqa moddalarini oʻsimliklar hamda mikroblar tomonidan osonlikcha qayta ishlash mumkin boʻlgan shaklga aylantirish orqali ozuqa moddalarining aylanishini osonlashtiradi.


Download 24,77 Kb.
1   2   3   4




Download 24,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekotizimlarning o'zgarishi Suksessiya xodisasi Xulosa. Foydalanigan adabiyotlar

Download 24,77 Kb.