• Birlamchi suksessiya va kashshof turlar
  • Ekotizimlarning o'zgarishi Suksessiya xodisasi Xulosa. Foydalanigan adabiyotlar




    Download 24,77 Kb.
    bet2/4
    Sana22.11.2023
    Hajmi24,77 Kb.
    #103151
    1   2   3   4
    Bog'liq
    qudrat 6(9)

    Suksessiya xodisasi.
    Ekologik suksessiya ekologik jamoalarni tashkil qiluvchi turlarda vaqt oʻtishi bilan bir qator taraqqiy etib boruvchi oʻzgarishlar sodir boʻlishidir. Ekologlar odatda suksessiyani boshlanish nuqtasiga koʻra farq qiluvchi ikki turga ajratishgan:

    • Birlamchi suksessiyada yangi paydo boʻlgan yoki shakllangan togʻ jinsi tirik organizmlar tomonidan birinchi marotaba ishgʻol qilinadi.

    • Ikkilamchi suksessiyada tirik organizmlar tomonidan dastlab ishgʻol qilingan hudud buzilib ketadi, buzilishdan keyin esa qayta ishgʻol qilinadi.

    Suksessiyada koʻpincha turlarning xilmaxilligi past, barqarorligi kamroq boʻlgan jamoadan turlarning xilmaxilligi yuqori va ancha barqaror jamoaga oʻtib borish kuzatiladi,\[^1\] lekin bu universal qoida emas.
    Birlamchi suksessiya va kashshof turlar
    Birlamchi suksessiya yangi yerning shakllanishi yoki ochiq qoyaning paydo boʻlishida kuzatilib, u ilk bor ishgʻol qilinishi mumkin boʻlgan tabiiy muhitni hosil qiladi.
    Masalan, vulqonlarning otilishidan keyin Gavayidagi Katta Orolda boʻlgani kabi birlamchi suksessiya jarayonini kuzatish mumkin. Lava okean tubiga oqib, yangi togʻ jinsini shakllantiradi. Har yili Katta Orolga taxminan 32 akr yer maydoni qoʻshilib turadi. Birlamchi suksessiya paytida bu yerlarda nimalar sodir boʻladi?
    Dastlab ob-havo va boshqa tabiiy kuchlar taʼsirida substrat, yaʼni togʻ jinsi yemirilib parchalanadi. Bu esa maʼlum turdagi chidamli oʻsimliklar va tuproqni uncha talab etmaydigan, yaʼni kashshof turlar sifatida maʼlum boʻlgan lishayniklarning oʻsishiga sharoit yaratib beradi (quyidagi rasmga qarang). Bu turlar minerallarga boy lavani parchalab, tuproqqa aylanishiga yordam beradi, keyinchalik chidamli turlar kamayib, ularning oʻrnini kashshof turlar egallaydi. Bundan tashqari, dastlab paydo boʻlgan bu turlar oʻsib va nobud boʻlib borar ekan, doimiy shakllanib borayotgan qatlamda organik moddalarga boy tuproq hosil boʻlishiga yordam beradi.
    Bu jarayon birlamchi suksessiya paytida bir necha marta takrorlanadi. Har bir bosqichda oldingi turlar hosil qilgan muhitdagi oʻzgarishlar tufayli yangi turlar ushbu hududga kirib keladi va oldingi turlarning oʻrnini egallashi mumkin. Birmuncha vaqt oʻtib, jamoa nisbatan barqarorlikka erishishi va oʻzgarmas tarkibda qolishi mumkin. Lekin suksessiya doimo yoki koʻpincha turgʻun holatga kelishining oxirgi nuqtasi borligi aniq emas, biz buni keyingi mavzularda koʻrib chiqamiz.

    Download 24,77 Kb.
    1   2   3   4




    Download 24,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ekotizimlarning o'zgarishi Suksessiya xodisasi Xulosa. Foydalanigan adabiyotlar

    Download 24,77 Kb.