• KUN TARTIBI: 1.“Ekstremizm va terrorizm hamda uning salbiy oqibatlari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati.
  • Mayor S.G‘aniyev sо‘zga chiqib
  • Ekstremizm va terrorizm hamda uning salbiy oqibatlari




    Download 0,63 Mb.
    bet1/2
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #253567
      1   2
    Bog'liq
    Баён Терроризмга қарши


    QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
    MUHANDISLIK TEXNIKASI FAKULTETI TALABALARI BILAN
    EKSTREMIZM VA TERRORIZM HAMDA UNING SALBIY OQIBATLARI”
    MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN
    5– SONLI
    BAYONNOMASI

    18.01.2024-yil Qarshi shahri




    QATNASHDILAR: Qashqadaryo viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasining etakchi mutaxassisi Mayor S. G'aniyev, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Qarshi shahri bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Kenjayev, Kiber-xavfsizlik bo‘limi katta mutaxassisi Kapitan S. Muhammadiyev, Komplans-nazorat bo‘limi boshlig‘i U. Rajabov, fakultet yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Talipov va fakultet tyutorlari va 87 nafar talabalari qatnashdilar.


    KUN TARTIBI:
    1.“Ekstremizm va terrorizm hamda uning salbiy oqibatlari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati.
    Birinchi masala yuzasidan institut fakultet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari U.Talipov sо‘zga chiqib Ekstremizm va terrorizm hamda uning salbiy oqibatlari tо‘g‘risida talaba-yoshlarga kerakli tavisyalarni berib о‘tdi va sо‘zni Qashqadaryo viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasining e'takchi mutaxassisi Mayor S. G'aniyevga berdi.
    Mayor S.G‘aniyev sо‘zga chiqib, Hozirgi kunda zamonaviy voqealik diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning salohiyati ham sifat va miqdor jihatdan jiddiy о‘sganini kо‘rsatmokda. Bu esa о‘z navbatida diniy terrorizmning global xavfsizlikka yо‘naltirilgan jiddiy tahdidga aylanayotganini bugundagi voqealiklardan kо‘rib, bilib turamiz. Globallashuv jarayonlari va yirik geosiyosiy davlatlar orasidagi о‘zaro manfaatlar tо‘qnashuvi va shu bilan birga fan – texnika yutuqlaridan bor bо‘yicha foydalanish xalqaro terrorizmning “boy ozuqa”si hisoblanadi.
    Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamdagi islohotlar, odamlarimizning tо‘q va farovon yashayotganliklari, yaratib berilgan imtiyoz va erkinliklar, eng asosiysi, tinch hayotimiz ana shu xalqaro terroristik va diniy ekstremistik tashkilotlar va ularning ma’naviy rahnamolariga yoqmayapti. Shu boisdan ular zо‘r berib, о‘z g‘arazli maqsadlari – g‘oyalarini yoyishga, millat birligi, yurt tinchligiga rahna solishga urinishmoqda.
    Diniy – ekstremistik guruhlarning bosh maqsadi – «xalifalik» yoki «islom amirligi» tuzish shiori ostida xokimiyatni egallashdir. Ushbu maqsadga erishish yо‘lida hech qanday qabihlikdan qaytishmaydi. Avvalo, aholiga hanafiylik mazhabiga zid mutaassib g‘oyalarni singdirish, ijtimoiy – siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, hukumatga tazyiq о‘tkazish, aholi orasida qо‘rquv, porakandalik, davlatga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini shakillantirish hamda Respublika rahbariyati tomonidan din sohasida olib borilayotgan siyosatni obrо‘sizlantirish kabi oraliq maqsadlariga bо‘ysindirilgan faoliyat olib borishga harakat qilishadi. Ularning asosiy faoliyat uslublari ekstremistik ruhdagi adabiyotlar, video va audio tasmalarni tarqatish, yashirin guruhlar tuzish, о‘z a’zolarini davlat tizilmalariga kiritishga intilish, mavjud ijtimoiy – siyosiy voqealikni keskin qoralash, davlat va diniy idora vakilliklarini obrо‘sizlantirish hamda shu bilan birga terroristik harakatlarni о‘tkazishdan iborat.
    Yoshlarimizni notanish, maqsadi yovuz bо‘lgan da’vatchilardan asrash lozim. Biz yoshlarimiz ongi va ruhiyatini zaharlashga qaratilgan g‘oyalardan qat’iyat bilan himoya qilsakkina, har qanday g‘arazgо‘y kuchlar yurtimiz mustaqilligi va uning porloq kelajagiga rahna sola olmasligi tо‘g‘risida fikrlarini bildirib о‘tdi.

    Download 0,63 Mb.
      1   2




    Download 0,63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ekstremizm va terrorizm hamda uning salbiy oqibatlari

    Download 0,63 Mb.