• YIG‘ILISH QAROR QILADI: 1.“Ekstremizm va terrorizm hamda uning salbiy oqibatlari” mavzusida o‘tkazilgan tadbir ma’lumot uchun qabul qilinsin. MTF yoshlar ishlari
  • Din ishlari bo'yicha qo‘mitaning Qarshi shahri bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Kenjayev sо‘zga chiqib




    Download 0,63 Mb.
    bet2/2
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #253567
    1   2
    Bog'liq
    Баён Терроризмга қарши

    Din ishlari bo'yicha qo‘mitaning Qarshi shahri bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Kenjayev sо‘zga chiqib, bugun dunyodagi siyosiy vaziyatni kuzatar ekanmiz, turli xil mafkuraviy kurashlarning maydoniga aylanib xonavayron bo‘lgan mamlakatlardagi ayanchli manzaralar va ularda minglab begunoh insonlarning qurbon bo‘layotganini guvohi bo‘lasiz.
    M uqaddas islom dinining mukammal qonuniyatlarini tushunmay, uning mohiyati, ezgu g‘oyalarini anglamasdan turib, turli buzg‘unchi, yovuz kuchlarning ta’siriga berilib, o‘z yurtiga tosh otish, o‘z yurtdoshlariga qurol o‘qtalish eng kamida ma’naviy manqurtlikdir.
    Qachonki inson o‘z qalbiga ma’rifatni, insoniylik va yuksak bilimni jo qilmas ekan, diniy ekstremizm, terrorizm kabi balolarga duchor bo‘laveradi. Diniy ekstremizm va terrorizm ma’naviy tahdidlarning bir turi bo‘lib, ular o‘zlari mansub bo‘lgan diniy konfessiya vakillarini radikal harakatlarga chorlovchi, mamlakatdagi tinchlik va osoyishtalikni izdan chiqarishga intiluvchi, mavjud konstitusion tuzumni ag‘darib tashlashga da’vat etuvchi tajovvuzkor siyosiy faoliyatdir. Mamlakatimizda mazkur illatlarga qarshi kurashish davlatimiz va hukumatimiz oldida turgan eng muhim masaladir. Bu borada davlat organlari, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari tomonidan salmoqli chora-tadbirlar, ushbu illatni yo‘q qilish, uning ildiziga bolta urish, fuqarolarimizni uning domiga tushib qolmasliklari uchun tegishli ishlar amalga oshirilib kelinayotganini tо‘g‘risida о‘z fikrlarini aytib о‘tdi.
    Kiber-xavfsizlik bo‘limi katta mutaxassisi Kapitan S. Muhammadiyev so‘z olib, Kompyuter xavfsizligi, kiberxavfsizlik yoki axborot texnologiyalari xavfsizligi (IT xavfsizligi) – bu kompyuter tizimlari va tarmoqlarini ma’lumotlarni oshkor qilish, o‘g‘irlash yoki ularning apparat, dasturiy t a’minot yoki elektron ma’lumotlariga zarar etkazish, shuningdek, buzilishdan himoya qilish. Ular taqdim etadigan xizmatlarni noto‘g‘ri yo‘naltirish.
    Axborot texnalogiyalari xavfsizligi sohasi kompyutertizimlari, Internet, Bluetooth, Wi-Fi kabi simsiz tarmoq standartlariga bo‘lgan ishonchning kengayishi. Aqlli qurilmalar, jumladan, smartfonlar, televizorlar va turli xil qurilmalarning o'sishi tufayli muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Buyumlarning internetini(IoT) tashkil etuvchi qurilmalar. Kiberxavfsizlik ham siyosiy foydalanish, ham texnologiya nuqtai nazaridan axborot tizimlarining murakkabligi tufayli bugungi kunda muhim muammolardan biri hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi: tizimning ishonchliligi, yaxlitligi hamda maʼlumotlar maxfiyligini taʼminlashdan iborat ekanligi haqida tо‘xtalib о‘tdi.
    Institut Komplans-nazorat bo‘limi boshlig‘i U.Rajabov sо‘z olib, talaba-yoshlarga terrorizm va terorchilik hatti-harakatlarining g‘arazli maqsadlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi va ularga nisbatan nafrat tuyg‘usi kuchaytirildi. Uchrshuv so‘nggida talabalar bilan mavzusi doirasida savol javob qilindi.


    YIG‘ILISH QAROR QILADI:
    1.“Ekstremizm va terrorizm hamda uning salbiy oqibatlari” mavzusida o‘tkazilgan tadbir ma’lumot uchun qabul qilinsin.


    MTF yoshlar ishlari
    bo‘yicha dekan o‘rinbosari: U.Talipov


    Kotib: T.Ergashev
    Download 0,63 Mb.
    1   2




    Download 0,63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Din ishlari bo'yicha qo‘mitaning Qarshi shahri bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Kenjayev sо‘zga chiqib

    Download 0,63 Mb.