• Birinchi bosqich
  • Uchinchi bosqich
  • To’rtinchi bosqich
  • Integral mikrosxemelerning yaratilish tarixi




    Download 1,83 Mb.
    bet2/28
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,83 Mb.
    #266166
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    3L0BY8wFsz3ScRmN61veYMgES1v83EaDjes7FCGs

    1.1. Integral mikrosxemelerning yaratilish tarixi

    Elektronika – fan va texnika sohasi bo’lib, axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladigan elektron qurilmalar hamda asboblar yaratish usullarini o’rganish, ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Elektronika elektromagnit maydon nazariyasi, kvant mexanikasi, qattiq jism tuzilishi nazariyasi va elektr o’tkazuvchanlik hodisalari kabi fizik bilimlarga asoslanadi. Elektronikaning rivojlanishi elektron asboblar texnologiyasining takomillashuvi bilan chambar-chars bog’liq bo’lib, hozirgi kungacha to’rt bosqichni bosib o’tdi.
    Birinchi bosqich asboblari: rezistorlar, induktivlik g’altaklari, magnitlar, kondensatorlar, elektromexanik asboblar (qayta ulagichlar, rele va shunga o’xshash) passiv elementlardan iborat edi.
    Ikkinchi bosqich Li de Forest tomonidan 1906 yilda triod lampasining ixtiro qilinishidan boshlandi. Triod elektr signallarni o’zgartiruvchi va eng muhimi, quvvat kuchaytiruvchi birinchi aktiv elektron asbob bo’ldi. Elektron lampalar yordamida kuchsiz signallarni kuchaytirish imkoniyati hisobiga radio, telefon so’zlashuvlarni, keyinchalik esa, tasvirlarni ham uzoq masofalarga uzatish imkoniyati (televidenie) paydo bo’ldi. Bu davrning elektron asboblari passiv elementlar bilan birga aktiv elementlar - elektron lampalardan iborat edi.
    Uchinchi bosqich Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan 1948 yilda elektronikaning asosiy aktiv elementi bo’lgan bipolyar tranzistorning ixtiro etilishi bilan boshlandi. Bu ixtiroga Nobel mukofoti berildi. Tranzistor elektron lampaning barcha vazifalarini bajarishi bilan birga uning: past ishonchlilik, ko’p energiya sarflash, katta o’lchamlari kabi asosiy kamchiliklaridan xoli edi.
    To’rtinchi bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida elektron qurilma hamda tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataldi.
    Mikroelektronika – fizik, konstruktiv – texnologik va sxemotexnik usullardan foydalanib yangi turdagi elektron asboblar – IMSlar va ularning qo’llanish prinsiplarini ishlab chiqish yo’lida izlanishlar olib borayotgan elektronikaning bir yo’nalishidir.
    Hozirgi kunda telekommunikatsiya va axborotlashtirish tizimining rivojlanish darajasi tom ma’noda mikroelektronika va nanoelektronika maxsulotlarining ularda qo’llanilish darajasiga bog’liq.
    Birinchi IMSlar 1958 yilda yaratildi. IMSlarning hajmi ihcham, og’irligi kam, energiya sarfi kichik, ishonchliligi yuqori bo’lib, hozirgi kunda uch konstruktiv – texnologik variantlarda yaratilmoqda: qalin va yupqa pardali, yarimo’tkazgichli va gibrid.
    1965 yildan buyon mikroelektronikaning rivoji G. Mur qonuniga muvofiq bormoqda, ya’ni har ikki yilda zamonaviy IMSlardagi elementlar soni ikki marta ortmoqda. Hozirgi kunda elementlar soni 106÷109 ta bo’lgan o’ta yuqori (O’YuIS) va giga yuqori (GYuIS) IMSlar ishlab chiqarilmoqda.
    Mikroelektronikaning qariyb yarim asrlik rivojlanish davri mobaynida IMSlarning keng nomenklaturasi ishlab chiqildi. Telekommunikatsiya va axborot – kommunikatsiya tizimlarini loyihalovchi va ekspluatatsiya qiluvchi mutaxassislar uchun zamonaviy mikroelektron element bazaning imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo’lish muhim.
    Integral mikroelektronika rivojining fizik chegaralari mavjudligi sababli, hozirgi kunda an’anaviy mikroelektronika bilan bir qatorda elektronikaning yangi yo’nalishi – nanoelektronika jadal rivojlanmoqda.

    Download 1,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 1,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Integral mikrosxemelerning yaratilish tarixi

    Download 1,83 Mb.