• Qisqacha nazariy ma’lumot
  • Elektr energetika tizimlarining holatlarini boshqarish va optimallash




    Download 1,45 Mb.
    bet12/14
    Sana02.12.2023
    Hajmi1,45 Mb.
    #109685
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    ABT dan laboratoriya ishi

    8- LABORATORIYA ISHI
    ELEKTR TARMOQLARINING XOLATLARINI AKTIV VA REAKTIV QUVVAT BOʻYICHA OPTIMALLASH


    Ishdan maqsad: Elektr tarmoqlarida aktiv va reaktiv quvvat boʻyicha optimallash orqali yoqilg’i sarfini minimallashtirish.


    Qisqacha nazariy ma’lumot
    Elektr energetika tizimlarining holatlarini optimallash masalasi dispetcherlik boshqaruvining barcha pag’onalarida va har bir hududiy pag’onada yechiladi va qisqa muddatli rostlash sikli davomida hisobiy elektr stansiyalarining aktiv va reaktiv yuklamalari, rostlanuvchan kompensatorlarning reaktiv quvvatlari, tayanch tugunlarining kuchlanishlari, rostlanuvchan transformatorlarning transformatsiyalash koeffisientlarini rostlash sikli davomida barcha hisobiy IESlarda yoqilg’i sarfi bilan bog’liq boʻlgan xarajatlar З minimal boʻlishini ta’minlovchi qiymatlarini topishdan iborat. Ushbu masala matematik koʻrinishda quyidagicha ifodalanadi: rostlanuvchan parametrlarning maqsad funksiyasi
    (1)
    ni tenglik koʻrinishidagi
    , ; (2)
    , ; (2a)
    ; (2b)
    tengsizlik koʻrinishidagi
    , , ; (3)
    , , ; (3a)
    , , ; (3b)
    , , ; (3g)
    , , . (3d)
    chegaraviy shartlarni hisobga olib, minimal boʻlishini ta’minlovchi qiymatlari topilsin.
    Bu yerda N – elektr energetika tizimidagi barcha tugunlar soni; n, m- optimallashda qatnashuvchi – hisobiy IES va GESlar soni; nT- rostlash siklidagi intervallar soni; sit, Pit, Bit i- chi IESda rostlash siklining t- chi intervalida yoqilg’ining solishtirma narxi, yuklama va yoqilg’i sarfi; cit- i- chi IESda rostlash siklining t- chi intervalida ishlovchi agregatlar tarkibi; - i- chi IESda vaqt davomida oʻchib turgan agregatni rostlash siklining t- chi intervalida ishga tushirish uchun yoqilg’i sarfi; Г – hisobiy elektr stansiyalari toʻplami; Гq – rostlanuvchan reaktiv quvvatli tugunlar toʻplami (hisobiy elektr stansiyalaridan tashqari); , , – i- chi tugunning rostlash siklini t- chi intervali uchun hisobiy va berilgan aktiv va reaktiv quvvatlari; , , - j- chi GESning rostlash siklini t- chi intervalidagi aktiv quvvati, napori va suv sarfi; - j- chi GES uchun rostlash davri T davomida sarflanishi zarur boʻlgan berilgan suv hajmi; Tk – rostlanuvchan transformatorlar toʻplami; Lp, LI – aktiv quvvat oqimi va tok nazorat qilinuvchi shoxobchalar toʻplamlari; - i- chi tugunning rostlash siklini t- intervalida hisobiy va berilgan chegaraviy aktiv va reaktiv quvvatlari hamda kuchlanishlari; - l- chi nazorat qilinuvchi liniyada aktiv quvvat oqimi va tokning rostlash siklining t- chi intervalidagi hisobiy va berilgan chegaraviy qiymatlari.
    Energetika tizimining holatini barcha oʻzgaruvchilar boʻyicha kompleks optimallash yuqorida qayd etilgan matematik jihatdan erkin oʻzgaruvchilar sanaluvchi parametrlarning optimal qiymatlarini tanlashni koʻzda tutadi.
    Ushbu tartibda qoʻyilgan optimallash masalasida juda koʻp sonli erkin oʻzgaruvchilar bilan ishlashga toʻg’ri keladi. Aynan masala oʻlchamining juda kattaligi uni butunlayicha olib yechishda asosiy qiyinchiliklarni hosil qiladi.
    Bundan tashqari, ekvivalent sxemasi yuzlab tugunlarni oʻz ichiga oluvchi elektr tarmog’ining holatiga bog’liq boʻlgan shart-sharoitlarni hisobga olish uchun koʻp sonli erkin oʻzgaruvchilarni kiritish zarur.
    Bunday katta oʻlchamli masalani yechish uchun elektr stansiyalari va tarmoqlari boʻyicha katta hajmdagi turli xil dastlabki ma’lumotlarni (agregatlarning xarakteristikalari, issiqlik sxemalari, issiqlik yuklamalari, elektr tarmog’i elementlarining parametrlari, aktiv va reaktiv yuklamalari va h.k.) ham talab etiladi.
    Ifoda etilgan katta oʻlchamli egri chiziqli murakkab masalada oʻzgaruvchan parametrlar, umumiy holatda, har xil masshtablarda oʻlchanadi. Ushbu xususiyatlar bilan bog’liq holda masalani yechishda ketma-ket yaqinlashish (iteratsiya) jarayoni ishonchsiz, tez-tez uzoqlashuvchan boʻlib qoladi. Bunda masala oʻlchamining kattaligi bilan bog’liq boʻlgan qiyinchiliklar qandaydir bir lahza uchun optimallashdan biror vaqt davomi uchun optimallashga oʻtilganda ushbu vaqtning davomiyligiga toʻg’ri proporsional ravishda oshib boradi.
    Shunday qilib, kompleks optimallash algoritmlari yakuniy natijani katta aniqlikda topish imkonini bersada, yuqoridagi qiyinchiliklar ulardan amaliyotda, xususan operativ hisoblashlarda, foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi.
    Ishga tоpshiriq.
    1. Qisqacha nazariy ma’lumоtlarni oʻzlashtiring va nazоrat savоllariga javоblar tоping.
    2. Bеlgilangan variant raqami boʻyicha ishni amalga оshirish uchun dastlabki ma’lumоtlarni «Dastlabki ma’lumоtlarni tayyorlash» punktiga muvоfiq tayyorlang.
    3. Hisoblashlarni EHMda bajaring va olingan natijalarni «ishni bajarish tartibi» punktiga muvоfiq tayyorlang
    4. Laboratoriya ishi boʻyicha hisоbоt tayyorlang va хulоsalar qiling.

    Ishni bajarish uchun dastlabki tayyorgarlik.


    Hisobotga quyidagilar keltirilishi lozim.
    1. DigSILENT Power Factory dasturida tayyorlangan faylni oching.
    2. Berilgan elektr tarmog’ining prinspial sxemasi va dastlabki ma’lumotlar.
    3. Optimizatsiya UR oynasini oching.
    4. Elektr tarmog’i xolatini EHM (DigSILENT Power Factory)da hisoblang va Optimizatsiya UR oynasidagi aktiv va reaktiv quvvat boʻyicha optimalllash belgisini qoʻying va natijani oling.
    5. Olingan natijalarni 8.2-jadvalga kiriting.
    8.1-jadval. IES energobloklari boʻyicha olingan ma’lumot variantlari.




    Download 1,45 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 1,45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr energetika tizimlarining holatlarini boshqarish va optimallash

    Download 1,45 Mb.