|
«Elеktr mеxanik tizimlar va komplеkslarni boshqarish» fanining faning o’quv dasturi Pdf ko'rish
| bet | 11/13 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 359,77 Kb. | | #112705 |
Bog'liq 38550 fan dastur kompleks boshqarish1) Mavzular bo‘yicha konspekt (referat, taqdimot) tayyorlash. Nazariy
materiallarni puxta o‘zlashtirishga yordam beruvchi bunday usullar, o‘quv
materiallariga diqqatni ko‘proq jalb etishga yordam beradi. Talabaning
konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini oson-lashtiradi va vaqtni
tejaydi;
2) O‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan
ishlash. Olgan bilimlarini o‘zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik
ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar, innovat-sion dars loyihasi
namunalari, o‘z-o‘zini nazorat uchun test topshiriqlari va boshqalar;
3) Fan bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil o‘rganish
uchun berilgan mavzular bo‘yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy
adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha o‘quv-ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar.
Bunda rus va xorijiy tillardagi adabiyotlardan foydalanish rag‘batlantiriladi;
4) Internet tarmog‘idan foydalanish. Fan mavzularini o‘zlashtirish, amaliy
mashg‘ulot va mustaqil ishlarni yozishda mavzu bo‘yicha internet manbalarini
topish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qo‘shimcha reyting
ballari bilan rag‘batlantiriladi;
5) Mavzuga oid masalalar, keys-stadilar va o‘quv loyihalarini ishlab chiqish,
shuning bil-an birga ishtirok etish;
6) Amaliyot turlariga asosan materiallar yig‘ish, amaliyotdagi mavjud
muammolarning echimini topish, hisobotlar tayyorlash;
7) Ilmiy seminarlar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok
etish;
8) Mavjud amaliy mashg‘ulot ishlarini takomillashtirish, masofaviy
(distansion) ta’lim asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha metodik
ko‘rsatmalar tayyorlash va h.k.
Yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni
topish yo‘llarini aniqlash, Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar
to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garaklar doirasida yoki
mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va
ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini
chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi
tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirishni ma’ruza darslarini olib
boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar, keys-
stadi, vaziyatli masalalar to‘plami ishlab chiqiladi. Ma’ruza mavzulari bo‘yicha
14
amaliy topshiriq, keys-stadilar yechish uslubi va mustaqil ishlash uchun
vazifalar belgilanadi.
|
| |