|
Elektr o'lchash vositalarining metrologik tavsiflari
|
Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 385,13 Kb. | | #273762 |
Bog'liq Elektr o\'lchash vositalarining metrologik tavsiflari
Tayyorladi: Nurbekova Adiba
REJA:
- O‘lchash o‘zgartkichlarining asosiy metrologik tavsiflari
- O‘lchash o‘zgartkichlarining klassifikatsiyasi
- Elektr kattaliklarni o‘lchash. Taqqoslash asboblari va masshtab o‘lchash o‘zgartgichlari.
Ma’lum fizik qonunlar asosida ishlovchi va birorta o‘lchash o‘zgartirishini bajaruvchi texnik qurilma o‘lchash o‘zgartgichi deb ataladi. Demak, o‘lchash o‘zgartgichi bir fizik kattalikni u bilan funktsional bog‘langan boshqa bir fizik kattalik orqali aks ettiradigan qurilmadir.
Tuzilishi va ishlash asosiga ko‘ra o‘lchash o‘zgartgich (O‘O‘)lari juda xilma-xil bo‘lsada, ular o‘zgartirish vazifasi, darajalash tavsifi, xatoligi, o‘lchash diapazoni kabi umumiy tavsiflar bilan xarakterlanadi.
O‘lchash o‘zgartgichining o‘zgartirish vazifasi – o‘zgartgichning chiqish va kirish kattaliklarning funktsional bog‘lanishi bo‘lib, analitik, jadval va grafik ko‘rinishida ifodalanadi. O‘zDavST 8009–84 ga ko‘ra o‘zgartirish vazifasi – O‘O‘ chiqish signali informativ parametrining kirish signali informativ parametri bilan funktsional bog‘liqligidir.
Darajalash natijasida olingan chiqish va kirish qiymatlarining o‘zaro bog‘liqligi O‘O‘ning darajalash tavsifi deyiladi. U formula, jadval va grafik ko‘rinishlarida berilishi mumkin.
O‘O‘ning xatoligi – haqiqiy va nominal (o‘lchangan) o‘zgartirish funktsiyalari orasidagi farq bo‘lib, o‘lchash vositalari xatoliklari singari topiladi. 127 O‘O‘ning o‘lchash diapazoni deb – o‘lchash xatoligi normallashtirilgan o‘lchash kattalikning qiymatlar sohasiga aytiladi.
O‘O‘larning yuqorida keltirilgan tavsiflaridan tashqari parametrlarning mo‘‘tadilligi, ishonchligi, massasi, narxi, gabarit o‘lchamlari va boshqa parametrlari ham o‘rganiladi. O‘O‘lar vazifasi va ishlash tamoyiliga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Vazifasiga ko‘ra mexanik, gidravlik, issiqlik, kimyoviy, biologik, pnevmatik va boshqa kattaliklar O‘O‘lariga bo‘linadi. O‘lchanayotgan noelektrik kattalik unga proportsional bo‘lgan EYuK yoki tokka o‘zgartiriladi. Ularga elektromagnit, induksiyali, termoelektrik (termojuftliklar) p’ezoelektrik va galvanomagnit O‘O‘lari kiradi. Parametrik O‘O‘larda o‘lchanayotgan kattalik qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik va sig‘im kabi elektr zanjirining parametrlariga o‘zgartiriladi. Ularga elektromagnit (induktiv, transformator va magnit qisiluvchi), termorezistor, optoelektrik (fotorezistrlar, fotodiodlar va fototranzistorlar), elektrokimyo (elektrolitik), rezistiv va elektrostatik O‘O‘lari kiradi.
O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini tahlil qilish asosida bevosita o‘lchash ob’ekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jaraeni yordamida esa shu o‘lchash ob’ekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik qayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi. Elektr energiysini hisobga olish asboblarining tasnifi quyidagi rasmda tasvirlangan. Ular induktsionli, elektronli va mikroprptsessorli turlariga bo‘linadi
Elektr kattaliklarining o‘lchov birliklarini «ushlab turish», xalqaro kelishuvlar bilan aniqlanishi qiyinchiliklar tug‘dirganligi uchun ham, ularni «amaliy» elektr kattaliklarining o‘lchov birliklari etalonlari bilan belgilash qabul qilingan. Bu kabi etalonlar ko‘pgina mamlakatlarning davlat metrologik laboratoriyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlab turiladi
Foydalanilgan adabiyotlar
- S.F. Amirov, M. S. Yoqubov va boshqalar “Elaktr o’lchashlar” Toshkaent – 2010
- Sh. Kusherbayev M. Holmuhammedov “Elektr texnikaning nazariy asoslari” Toshkent – 2015
- Amirov S.F., Yaqubov M.S., Jabborov N.G' “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” Birinchi kitob.-Toshkent - 2006
- N.SH.Turdiev. «Radioelektronika asoslari» T. O’qituvchi, 1992.
- A.I.Xonboboev, N.A.Xalilov «Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari» T. «O’zbekiston» 2000 y.
- Elektricheskie izmereniya (s laboratornыmi rabotami) Pod red. V.N.Malinovskogo, M: Energoizdat, 1983.
- V.I.Kotur i dr. Elektricheskie izmereniya I elektroizmeritelnne priborы, M.: Energoatomizdat, 1986.
|
| |