• Energiya
  • Passiv elementlar
  • Quvvat — ishning shu ish bajarilgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadigan fizik kattalik. Watt




    Download 0.6 Mb.
    bet2/3
    Sana13.12.2022
    Hajmi0.6 Mb.
    #34444
    1   2   3
    Bog'liq
    3-ma\'ruza
    Interaktiv xizmatlar tushunchasi va turlari, 07-02 musiqa shaxsiy ish reja ish jurnali, Elektr yuritmalar 18, ingliz tili, GLOSSARIY, guruh hisoboti 1, 25064, Differensial-tenglamalar-kursidan-misol-va-masalar-toplamlari
    Quvvat — ishning shu ish bajarilgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadigan fizik kattalik.
    Watt - xalqaro belgilanishi W bo‘lgan, Xalqaro Birliklar Tizimi dagi quvvat fizik kattaligining o‘lchov birligidir. Bundan tashqari, watt o‘lchov birligi bilan, issiqlik oqimi, tovush energiyasi oqimi, doimiy elektr toki quvvati, o‘zgaruvchan tokning aktiv, reaktiv va to‘liq quvvatlari, nurlanish oqimi, ionlanuvchi nurlanishlar oqimi fizik kattaliklari o‘lchanadi.







    3.5.-rasm. Quvvat formulalari.

    3.6.-rasm. Watt birligi Uchburchak misolida.



    Energiya - fizik tizimning boshqa fizik tizimlarga nisbatan ish bajara olish qobiliyati miqdoridir.
    Energiya (yun.— harakat, faoliyat) — har qanday koʻrinishdagi materiya, xususan, jism yoki jismlar tizimini tashkil etuvchi zarralar harakatining hamda bu zarralarning oʻzaro va boshqalar zarralar bilan taʼsirlarining miqdoriy oʻlchovi. Xalqaro birliklar tizimida energiya xuddi ish kabi Joulda; atom fizikasi, yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasida esa elektron volt on oʻlchanadi. Energiya yoʻqdan bor boʻlmaydi va mavjud energiya yoʻqolmaydi, faqat u bir turdan ikkinchi turga oʻtadi.
    Passiv elementlar Rezistor, Induktivlik g’altak, Kondensator (sig’im)
    R-da elektr energiya issiqlikka aylanadi (sochiladi), L-da magnit maydonining energiyasi saqlanadi, C–da elektr maydonining energiyasi saqlanadi.



    3.7.-rasm. Passiv elementlar.

    Kondensator deb, bir-biridan dielektrik bilan ajratilgan ikki o‘tkazgichdan iborat sistemani tushunamiz. Kondensatorlar yassi, silindrik (masalan, Leyden bankasi), sferik yoki boshqa xil shakllarda bo‘lishi mumkin.


    Elektr sig’imining ifodasi quyidagidan iborat bo’lgani uchun , sig’im asosan, o’tkazgichning shakli va o’lchamlariga hamda muhitning dielektrik singdiruvchanligiga proportsionaldir.
    Amalda, nisbatan kichik o’lchamlariga qaramay, yetarlicha zaryadlarni o’zida yig’a oladigan qurilmalar kondensatorlar deb ataladi. Kondensator ikkita parallel o’tkazgich qoplamidan iborat bo’lib, ularda qarama-qarshi ishorali zaryadlar to’planadi. Qoplamalar orasida dielektrik modda bo’ladi.
    Kondensator qoplamalari ikkita yassi plastinkadan, ikkita koaksial silindrdan yoki ikkita kontsentrik sferadan iborat bo’lishi mumkin va ular shakliga binoan yassi, silindrik yoki sferik kondensatorlar deb ataladi.
    Odatda kondensatordagi elektr maydoni kuch chiziqlari bir qoplamada boshlanib, ikkinchisida tugaydi. Kondensator sig’imi qoplamalardagi zaryad miqdoriga to’g’ri proportsional va qoplamalar orasidagi potentsiallar farqiga teskari proportsionaldir.

    3.8 - rasmda yassi kondensator tasvirlangan. Qoplamalar orasidagi elektr maydonini bir jinsli, – yuzali ikkita yassi metall plastinkalar orasidagi masofani ga teng deb hisoblaymiz, qoplamalarda esa va sirt zaryadlari induktsiyalangan bo’ladi.



    3.8-rasm. Yassi kondensator.

    Qoplamalar orasida dielekrik singdiruvchanlikka ega bo’lgan modda bo’lsa, potentsiallar farqi quyidagiga teng bo’ladi:



    bu yerda , sirt zaryadi zichligi, – qoplamalar yuzasi. Natijada, yassi kondensator sig’imi quyidagiga teng bo’ladi.



    Shuni aytish kerakki, kondensator qoplamlari orasidagi masofa qoplamlarning chiziqli o’lchamlariga nisbatan kichik bo’lsa, yuqoridagi formula yordamida yassi kondensatorning elektr sig’imini shuncha aniqroq hisoblab toppish mumkin, chunki kondensator qoplamasining chiziqli o’lchamini bilan belgilasak, bo’lganda kondensatorning chekka qismlaridagi bir jinsli bo’lmagan maydonlarni hisobka olmasak ham bo’ladi. shunda kondensator ichidagi maydonni bir jinsli deb hisoblash hamda zaryadning sirt zichligini deb olish mumkin. Kondensator sig’imini orttirish uchun qoplamalarning yuzini orttirish kerak, ular orasidagi masofa ni esa kamaytirish hamda dielektrik singdiruvchanligi katta bo’lgan moddani kondensator qoplamalari orasidagi fazoga joylashtirish kerak. Kondensator qoplamalarini yaqinlashtirganda elektr maydon kuchlanganligi dielektrik qatlamda ortadi.



    Download 0.6 Mb.
    1   2   3




    Download 0.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quvvat — ishning shu ish bajarilgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadigan fizik kattalik. Watt

    Download 0.6 Mb.