Elektr uskunalarining releli himoya va avtomatikasi




Download 8.22 Mb.
bet1/37
Sana05.04.2024
Hajmi8.22 Mb.
#189285
TuriУчебное пособие
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Elektr uskunalarining releli himoya va avtomatikasi
tezis, mustaqil ish, 13-Мавзу. Узбекистон банк тизими, Hamid Olimjon. Oygul bilan Baxtiyor (dostonlar), Abdug\'affarova S mustaqil iw (1)

A.D. TASLIMOV, F.M. RAXIMOV


ELEKTR USKUNALARINING RELELI
HIMOYA VA AVTOMATIKASI

Ushbu o‘quv qo‘llanmada releli himoya va avtomatika haqida umumiy tushunchalar, rele qurilmalarining asoslari, qisqa tutashuv toklarini hisoblash, elektr uskunalarining releli himoyasi va avtomatikasi jumladan, tokli himoyalar, liniya va transformatorlarning releli himoyasi, asinxron va sinxron motorlar himoyasi, elektr tizimining avtamatikasi haqida nazariy ma’lumotlar va ularni o‘rnatmalarini hisoblashga doir misollar keltirilgan.


O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining “Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun kurs ishlarini bajarishga mo‘ljallangan. Shuningdek, u ushbu ta’lim yo‘nalishi bazasidagi magistratura mutaxassisliklari va unga yaqin bo‘lgan boshqa ta’lim yo‘nalishlari talabalari, releli himoya va avtomatika masalalari bilan shug‘ullanuvchi yosh mutaxassislar uchun ham foydali hisoblanadi.

В данном учебном пособие приведены общие понятия о релейной защиты и автоматики, общие принципы выполнения реле, токовых защит, релейной защиты линий электропередачи и трансформаторов, защита асинхронных и синхронных двигателей, автоматика электрических систем, диспетчерское управления и телемеханизация энергетических систем.


Учебное пособие предназначена для курсовой работы студентов высших учебных заведений, обучающихся по направлению «Электроэнергетика (по отраслям и направлениям)». А также для студентов магистерских специальностей на базе данного образовательного направления, направлений бакалавриата, близких образовательных направлений по данному направлению, молодых специалистов, занимающихся релейной защитой.

This tutorial provides general concepts of relay protection and automation, general principles for the implementation of relays, current protection, relay protection of power lines and transformers, protection of asynchronous and synchronous motors, automation of electrical systems, dispatch control and telemechanization of power systems.


The tutorial is intended for the course work of students of higher educational institutions studying in the direction of "Electricity (by industry and direction)". And also for students of master's specialties on the basis of this educational direction, undergraduate directions, similar educational directions in this direction, young specialists involved in relay protection.

  1. KIRISH

Releli himoya va avtomatikasi fanidan kurs ishi talabalarning mustaqil ishi hisoblanadi. Kurs ishini bajarish bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashning asosiy bosqichlaridan biridir.
Kurs ishini bajarishdan maqsad o‘quv, tajriba va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida olingan nazariy bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish, mustahkamlash, tavsiya etilgan adabiyotlarni mustaqil o‘rganish, loyihalash ishlarida boshlang‘ich tajriba orttirish, kitob va ma’lumotnomalar ustida ishlashga amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish, tushuntirish uchun matn yozish va uni rasmiylashtirish, hamda kurs ishining grafik qismini bajarishdan iboratdir.
Ishga kirishishdan oldin birinchi navbatda “Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlar”, “Stansiya va podstansiyaning elektr qismi”, “Releli himoya va avtomatikasi” kabi fanlarning ma’lum bo‘limlarini, shuningdek “Elektr uskunalardan foydalanish qoidalari” kitobini qayta takrorlash kerak.



  1. Download 8.22 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 8.22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr uskunalarining releli himoya va avtomatikasi

Download 8.22 Mb.