|
Elektr uskunalarining releli himoya va avtomatikasiBog'liq RELE o\'quv qo\'llanma (2)Maksimal tokli himoya. Himoya RT – 40 relesi orqali bajarilgan. Maksimal tokli himoya ning ishlash toki quyidagi ifodadan aniqlanadi:
Relening ishlash toki quyidagi ifodadan aniqlanadi:
MTH ning sezgirligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
Zahira zonalari uchun sezgirlik koeffitsienti qauyidagicha aniqlanadi:
Himoyaning ishlash vaqti
O‘ta yuklanishdan himoya. Himoya xohlagan fazaga bitta releni ulanishi orqali bajariladi. Uning ishlash toki quyidagiga teng bo‘ladi:
bu yerda, .
Himoya RT–40 relesi bilan bajarilgan, himoyaning ishlash vaqti ga teng bo‘ladi.
Avtomatik qayta ulash (AQU) uskunasi
Elektr qurilmalarini qurilish qoidalariga asosan (EQQQ) AQU uskunasi quyidagilarda jihozlangan bo‘lishi kerak:
– 1000 V dan yuqori barcha havo va aralash (kabelli havoli) liniyalarda;
– 35 kV va undan kichik kuchlanishli kabel liniyalarida, agar liniya bir necha nimstansiyalarni ta’minlasa, bundan tashqari himoyani noselektiv ishlashini to‘g‘rilash maqsadida;
– quvvati 1 MVA dan yuqori ta’minot tomonida o‘shirgich va MTH bo‘lgan barcha bittali pasaytiruvshi transformatorlarni o‘shirilishi iste’molchilar energiya ta’minotida uzilishlarga olib kelishi mumkin. Alohida holatlarda esa differensial himoya ishlatilgan bo‘lsa ham AQU ni ishlatish ruxsat etiladi.
AQU ning sabr vaqti yuritmaning tayyor bo‘lish vaqti (0,1–0,2 s), o‘shirgichning tayyor bo‘lish vaqti (0,2–2 s) va qisqa tutashuv joyi atrofining deionizatsiya vaqti (0,1–0,3 s) dan katta bo‘lishi kerak. Amaliyotda o‘shirgichning turiga bog‘liq holda bo‘ladi.
AQU uskunasini ishga tushishi, qoidaga asosan boshqaruv kaliti va o‘sha o‘shirgichning vaziyatini nomutanosibligi asosida amalga oshiriladi.
Ishlash vaqtlarini tanlash:
Zahirani avtomatik ulash (ZAU) qurilmasi
EQQQ ga asosan ZAU qurilmasi bir yoki bir necha ta’minlash manbasi mavjud bo‘lgan taqsimlovchi tarmoqlar va podstansiyalarda qo‘llaniladi, lekin ular bir tomondan ta’manlanadigan sxema bo‘yicha ishlaydi, agar ishchi manba o‘chsa iste’molchilarni uzilishiga yoki ularni yukini kamayishiga olib keladi.
ZAU qurilmasi quyidagi talablarga amal qilgan holda bajarilishi kerak:
ZAU ishga tushishi ushun zahiralanayotgan elementda kuchlanish yo‘qolishini sababidan qat’iy nazar, hattoki unda qisqa tutashuv bo‘lsa ham u ishga tushishi kerak;
ZAU bir marta ishlashni ta’minlashi kerak;
agarda o‘shirgich QT bo‘lganda qo‘shilsa ham ZAU qurilmasi ishga tushganda qoidaga asosan ushbu o‘chirgichning himoyasi ishini tezlashtirishni nazarga olish kerak.
Motorlarni o‘z – o‘zini ishga tushishi va uzoqdagi QTda kuchlanishni pasayishidan sozlash zaruriyatidan kelib minimal kuchlanish relesining ishlash kuchlanishi quyidagiga teng:
maksimal kuchlanish relesi esa
ZAU ishga tushirish organining sabr vaqti himoyaning tashqi QTdan o‘chirish vaqtidan katta bo‘lishi kerak, bunda kushlanish gacha pasayishi mumkin va qoidaga asosan, ta’minot tomondagi AQU ishlash vaqtidan katta bo‘lishi kerak:
bu yerda, – zahiralanadigan shinadan va ishchi manba kirishi ulangan shinadan ta’minlanuvchi birlashmalarning eng sekin ishlovchi himoyasining ishlash vaqti; – ishchi kirish ta’minotining AQU ni ishlash vaqti; – zahira vaqt, 0,5 s.
Hisoblab topilgan qiymatlar asosida o‘rnatmalar kartasini tuzib, unda hamma tok transformatorlar va qisqa tutashuv nuqtalari, ularning koeffitsienti, shartli belgilari va himoyani ishga tushirish toklari va vaqtlarini ko‘rsatamiz (14-rasm).
|
| |