|
Elektr uskunalarining releli himoya va avtomatikasiBog'liq RELE o\'quv qo\'llanma (2)KURS ISHINING TARKIBI
Kurs ishida berilgan elektr ta’minoti sistemasining barcha elementlari uchun rele himoyasi va avtomatikasini ishlab chiqish talab etiladi. Buning uchun har bir talabaga individual (shaxsiy) topshiriq beriladi, bir chiziqli sxema tarkibida tarmoq kuchlanishi, transformatorlar va iste’molchilarning quvvati va asosiy xarakteristikalari, liniyalar va ta’minlash manbalarining parametrlari va bundan tashqari yana ba’zi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Ushbu kurs ishida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida quyidagi masalalar yechilishi lozim:
Liniyalar, transformatorlar va iste’molchilarning rele himoyasi turlarini tanlash.
Tok va kuchlanish transformatorlarini tanlash.
Releli himoya va avtomatikaning o‘natma qiymatlarini hisobi va relelarni tanlash.
Topshiriqda berilgan elementlar uchun rele himoyasi, avtomatika va signalizatsiyaning prinsipial sxemasini ishlab chiqish
Kurs ishini bajarishda kerakli bo‘lgan ma’lumotlarning bir qismi ilovada keltirilgan. Yetishmagan ma’lumotlarni adabiyotlaridan olish mumkin.
KURS ISHINI HAJMI VA UNI RASMIYLASHTIRISH
Kurs ishi hisobiy - tushuntirish xati va chizma ko‘rinishida ko‘rsatilishi kerak.
3.1. Tushuntirish xatiga quyidagilar kirishi kerak:
- kurs ishi uchun topshiriq;
- himoyaning o‘rnatmalarini tanlash va sezgirligini tekshirish uchun kerak bo‘lgan hisobiy ish rejimni, kuchlanish va qisqa tutashish (QT) toklarini hisoblashni tanlovi;
- eruvchan saqlagichlarning turi va parametrlarini, avtomatlarning o‘natmalarini tanlovi;
- har bir element uchun rele himoyasining turlari va ularning o‘lchov organlarini tanlovi;
- tok va kuchlanish transformatorlarini transformatsiyalash koeffitsientini va relelarni ulanish sxemasini tanlovi;
- himoyaning ishlash o‘rnatmalarini hisobi;
- relening ishlash o‘rnatmasini va himoyaning sezgirligini hisobi;
- o‘zaro bog‘langan elementlarni himoyalarini moslashtirish;
- avtomatika qurilmasining o‘natmalarini hisobi;
- rele himoyasi va avtomatikasi qurilmalarining ishlab chiqilgan prinsipial sxemasini asoslash;
- ishlab chiqilgan sxemada foydalangan tok transformatorlarini egri 10% xatolik bo‘yicha hisobiy tekshirish;
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Tushuntirish xatini tarkibida barcha hisob ishlari va qabul qilingan yechimni zaruriy asoslash bo‘lishi kerak, ularni mazmunini asoslasha birinchi bo‘lib hisobiy formulasi keltiriladi, keyinchalik esa ularga son qiymati qo‘yib chiqiladi. Hisoblashlar nisbiy yoki hisoblash birligi kattaligini ko‘rsatgan holda nomli birliklarda amalga oshirilishi mumkin. Agar adabiyot manbalaridan formula, grafik va boshqa ma’mumotlar olingan bo‘lsa, u holda ushbu manbalarga dalil keltirilishi kerak. Hisobiy qisqa tutashuv toklari jadvalga kiritilgan bo‘lishi kerak. So‘zlari aniq yozilishi, qisqartirilmagan holda A4 varaqning bir tomonida chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, pastdan 2 sm, yuqoridan 2 sm joy qoldirilgan holda yozilgan bo‘lishi kerak. Barcha sxemalar DST talablariga asosan qalamda bajarilishi kerak. Grafiklar millimetrli qog‘ozda koordinata o‘qlarining o‘lchov birliklarini ko‘rsatgan holda bajarilishi lozim. Kurs ishini kompyuterda ham bajarish mumkin, tushuntirish xati va chizmalarning elektron varianti ham topshiriladi. Berilgan topshiriqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish faqat o‘qituvchi bilan kelishilgan holatda amalga oshiriladi. O‘z - o‘zicha o‘zgartirish kiritish mumkin emas. Barcha varaq betlari, sxemalar, grafiklar va jadvallar nomerlanadi. Papkaga solinib titul qog‘ozi bilan ta’minlanadi.
|
| |