|
Pog‘onali tokli himoyalarning o‘rnatmalarini hisobiBog'liq RELE o\'quv qo\'llanma (2)4.4.3.2. Pog‘onali tokli himoyalarning o‘rnatmalarini hisobi
4.4.3.2.1. Sabr vaqtsiz tokli kesim (himoyaning birinchi pog‘onasi)
Sabr vaqtsiz tokli kesimning birlamchi ishlash toki quyidaai ifodadan topiladi:
(4.18)
bu erda, – zahira koeffitsienti, agar himoya RTM relesi bilan bajarilgan bo‘lsa 1,5 – 1,6 ga, RT-80 relesida 1,4 – 1,5 ga va RT-40 relesida bo‘lsa 1,2 – 1,3 gateng bo‘ladi. – himoya o‘rnatilgan joydan oqib o‘tadigan va himoya qilinadigan liniyaning oxiridagi uch fazali QT tokining maksimal toki.
Agar magistral liniya bir necha transformatorlarga shaxobchalangan bo‘lsa, u holda tokli kesimni hisoblashda barcha transformatorlarning yig‘indi magnitlanish tokilaridan sakrashdan sozlashni tekshirish kerak:
(4.19)
Yuqorida keltirilgan ikki qiymatdan qaysi biri katta bo‘lsa ushbu qiymat tokli kesimning birlamchi ishlash toki sifatida qabul qilinadi.
Kesimning ikkilamchi ishlash toki (relening ishlash toki) barcha tokli himoya uchun bir xil hisoblanadi va u quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(4.20)
bu erda, – himoyaning birlamchi ishlash toki; – TTning transformatsiyalash koeffitsienti; – sxema koeffitsienti, reledagi tokning TTning ikkilamchi tokiga nisbatiga teng. Agar TT va relelar to‘liq va to‘liq bo‘lmagan sxemasiga ulanganda , TTlarni uchburchak va toklar ayirmasi sxemasiga ulanganda ga teng bo‘ladi.
SHnni alohida ta’kidlash lozimki, RTM va RT-80 relelarining ishash toki pog‘onali rostlanishga ega. SHuning uchun ular qo‘llanilganda ishlash tokini relening to‘g‘ri hisobiy o‘rnatmasi qiymatiga yaqin bo‘lgan qiymatni qabul qilish kerak.
Sabr vaqtsiz tokli kesimning sezgirligi ikki pog‘onali va uch pog‘onali himoyalar uchun turlicha aniqlanadi. Ikki pog‘onali himoyada sezgirlikni hisoblashda himoya o‘rnatilgan joydan oqib o‘tadigan ikki fazali QT ning minimal tokini hisobga olgan holda himoyalanayotgan zonaning uzunligi aniqlanadi. Ushbu zonani taxminan quyidagi tenglikdan aniqlash mumkin:
(4.21)
bu erda, – himoya o‘rnatilgan joydagi kuchlanish pog‘onasiga mos keladigan tokning bazis qiymati; – himoya qilinayotgan liniyaning qarshiligi, nisbiy birlikda; – sistemaning minimal ish rejimida himoya qilinayotgan liniyaga nisbatan tashqi, ya’ni ta’minot manbasi tomonidagi tarmoqning ekvivalent qarshiligi, nisbiy birlikda. Himoya qilinayotgan zona 25 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
Uch pog‘onali himoyalar, ya’ni kuchlanishi 20-35 kVli liniyalarda tokli kesim qo‘shimcha himoya hisoblanadi va uning sezgirligi esa sezgirlik koeffitsienti orqali aniqlanadi:
(4.22)
bu yerda, – himoya o‘rnatilgan joydagi (ta’minlovchi podstansiyaning shinasidagi) uch fazali QTning maksimal qiymati.
Agar kesimning sezgirligi yetarli bo‘lmasa u holda 4.4.3.1. da sanab o‘tilgan ko‘rsatmalarni qo‘llagan holda himoyaning sxemasini birma – bir murakkablashtirish kerak. Agar ushbu holda ham tokli kesimning talab etilgan sezgirligi ta’minlanmasa, u holda kuchlanishi 6 – 10 kVli liniyalarda maksimal tokli himoyaning (MTH) ishlash vaqti 1 – 1,5 sdan kata bo‘lsa, sabr vaqtli kesim o‘rnatish tavsiya etoladi. Kichik sabr vaqtda esa tokli kesim o‘natilmaydi.
4.4.3.2.2. Sabr vaqtli tokli kesim (himoyaning ikkinchi pog‘onasi)
Ikkinchi pog‘onaning ishlash toki nimstansiyadan chiqib ketayotgan birlashmalarning sabr vaqtsiz himoyasining sezgirligi bilan moslashtirish shartiga asosan topiladi. Bunda, agar ushbu birlashmalarning (liniyalar, transformatorlar) sabr vaqtsiz sifatida tokli kesim ishlatilsa, u holda himoyaning ikkinchi pog‘onasini ishlash toki quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(4.23)
bu yerda, – zahira koeffitsienti, 1,1 ga teng deb qabul qilinadi; – oldingi birlashmalardagi tokli kesimning ishlash toki, ulardagi kesimning ishlash tokining maksimal qiymati olinadi.
Agar transformatorda kesim o‘rniga differensial himoya ishlatilgan bo‘lsa, ikkinchi pog‘onaning ishlash toki berilgan trans formatorning uch fazali QT ning maksimal tokidan sozlanadi:
(4.24)
bu yerda, – transformatordan keyingi uch fazali QT ning maksimal toki; .
Ikkinchi pog‘onaning ishlash toki sifatida yuqorida keltirilgan qiymatlardan kattasi tanlanadi. Ikkilamchi pog‘onaning ishlash vaqti 0,5 s ga teng deb qabul qilinadi.
Agar himoya qilinayotgan liniya saqlagichlar bilan himoya qilingan transformator shaxobchalaridan iborat bo‘sa, u holda:
(4.25)
tokda saqlagichning erish vaqti, uning turi transformator himoyasini hisoblashda aniqlanadi, kesimning sabr vaqtidan 0,5 s kichik bolishi kerak. SHuning uchun
ikkinchi pog‘onaning yo ishlash vaqtini, yo uning ishlash tokini ko‘paytirish kerak (4.4.3.3. punkt).
Ikkinchi pogconaning sezgirligi himoya qilinayotgan liniyaning oxiridagi ikki fazali QT ning minimal tokidan aniqlanadi:
(4.26)
Tezkorlik va sezgirlikni oshirish uchun ba’zi hollarda tokli himoyani kuchlanish bo’yicha blokirovka uskunasi bilan to‘ldiriladi, yoki AQU (APV) ta’siri orqali noselektivligini tuzatish natijasida noselektivli qilinadi.
|
| |