|
Rele himoyasini turlarini tanlash va ularni o‘rnatmalarini hisoblashBog'liq RELE o\'quv qo\'llanma (2)4 4. Rele himoyasini turlarini tanlash va ularni o‘rnatmalarini hisoblash
4.4.1. Umumiy talablar
Elektr sistemalarining alohida himoyalarining turini tanlash “Elektr qurilmalarini qurilish qoidalari” (EQQQ) talablariga asosan amalga oshiriladi. Himoyaning sxemasini va hisobiy o‘rnatmalarini tanlash “Rele himoyasi bo‘yicha ustuvor ko‘rsatma” ga mos ravishda amal oshirishadi.
Himoyaning turini tanlashga nominal kuchlanish, tarmoq konfiguratsiyasi, zaminlagich neytralning rejimi, operativ tok manbasining turi, doimiy xizmat ko‘rsatuvchi personalni mavjudligi yoki yo‘qligi, kommutatsion apparatlarining turi va h.k. ta’sir ko‘rsatadi.
EQQQ da ko‘rib o‘tilgan barcha holatlarda himoyani oddiy himoya yordamida bajarish kerak, agar oddiy himoyalar asosiy talablar: selektivlik, tezkorlik, sezgirlik talablariga javob bermasa uni murakkab himoyasiga almashtirish kerak. Bu holat majburiy tartibda ushbu kurs ishida bajarilishi kerak.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, talabalarga berilgan topshiriqda kuchlanishi 110 kV gacha bo‘lgan oddiy tarmoqning qismi berilgan va shuning uchun operativ tok zanjirini ta’minotida ko‘pincha o‘zgaruvchan operativ tok manbalari ishlatiladi.
4.4.2. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan asinxron elektr dvigatellarining himoyasi
EQQQ ga asosan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tok elektr dvigatellarda quyidagilardan himoyalar o'matiladi:
ko‘p fazali QT dan:
bir fazali QT dan, agar dvigatel neytrali zaminlangan tarmoqda ishlayotgan bo‘lsa;
o‘ta yuklanishdan, agar texnologik jarayonda mexanizmlarda о‘ta yuklanish ehtimoli bo‘lsa, yoki o‘ta qiyin ishga tushirish sharoitida, yoki kuchlanish past bo‘lganda o‘z - o‘zidan qo‘shilishning ishga tushish vaqtini cheklash kerak bo‘lsa;
minimal kuchlanishdan, texnalogik jarayon sharoiti, xavfsizlik yoki javobgarligi yuqori bo‘lgan mexanizmlar dvigatellarini niuvaffaqiyatli o‘z – o‘zidan ishga tushishi dvigatellarda o‘z – o‘zidan ishga tushishi ruxsat etilmagan bo‘lsa.
Dvigatellarni barcha turdagi QT dan himoyalash uchun saqlagichlar yoki avtomatik uzgichlar (avtomatlar) qo‘llaniladi. Bundan tashqari, avtomatik uzgichlar o‘ta yuklanish va minimal kuchlanishdan himoyani ham amalga oshirishi mumkin. SHularni hisobga olgan holda, bundan tashqari avtomatlar ko‘p marta ishga tushirilishi mumkinligi, javobgarligi katta dvigatellarda va yuklanishda ishlayotgan dvigatellarda avtomatlar o‘rnatiladi. Saqlagichlarni tanlash quyidagi talablardan kelib chiqib amalga oshiriladi:
, ,
bu yerda , – mos ravishda saqlagichning nominal kuchlanishi va toki; – saqlagichning chegaraviy o‘chirish toki; – dvigatelning nominal toki.
Dvigatellar himoyasi uchun saqlagichning eruvchan quymasining nominal toki quyidagi uchta shartdan kattasi tanlanadi:
, , (4.13)
bu yerda, – dvigatelni ishga tushirish toki; – zahira koeffitsienti, 1,1-1,25 ga teng deb qabul qilinadi; – yuklanish koeffitsienti, yuklanish vaqti 2 - 5 s (yengil shart) bo‘lsa 2,5 ga, 5 - 10 s va undan yuqori (og‘ir shart) vaqtda 1,6 - 2 ga teng. Past kuchlanishli dvigatellar va tarmoqlami himoyasida PN-2 turidagi saqlagichlar ishlatiladi. Ularning xarakteristkasi xuddi NPN, NPR turidagi saqlagichlarniki kabi bo‘ladi.
Avtomatlarning parametrlarini ( , , ) tanlash xuddi saqlagichlarni tanlash kabi bo‘ladi. Oniy va sabr vaqt bilan ishlaydigan ajratgichning nominal tokini tanlash avtomatning turiga bog‘liq bo‘ladi. A3100 seriyali avtomat uchun elektromagnit (oniy) va sabr vaqtli (issiqlik) ajratgichining nominal toki shunday tanlanadiki, uning qiymati dvigatelning nominal tokidan kam bo‘lmasligi kerak:
(4.14)
АР25 va AP50 seriyali avtomatlar uchun issiqlikajratgichining o‘rnatmasi quyidagi shartdan tanlanadi:
(4.15)
A2000, AV, AVM seriyali avtonratlarning oniv va sabr vaqtli ishlovchi ajratgichining o‘rnatmalari xuddi yuqoridagidek tanlanadi.
A2000B, AV, AVM seriyali avtomatlarda oniy ajratgichni o‘rniga 0,2-0,6 s sabr vaqtli elektromagnit ajratgich o‘rnatihshi mumkm (tanlovchan avtomatlar).
Saqlagichlar va avtomatlar ishonchli ishlashi uchun dvigatelning chiqishlaridagi QT ning minimal toki eruvchan quyma yoki sekin ishlovchi (issiqlik) ajratgichining nominal tokidan 3 marta katta bo‘lishi kerak, ya’ni:
yoki (4.17)
Faqt oniy ajratgichi bor avtomatlar uchun
(4.17a)
Yuqoridagi formulaning katta qiymati ajratgichning tokini kichik nominal qiymatiga mos keladi.
Neytrali zaminlangan elektr uskunalarda QT dan himoya barcha uchala fazada bajariladi. Neytrali izolyatsiyalangan uskunalarda himoya saqlagichlarda bajarilgan bo‘lsa u ham barcha uchala fazada bajariladi, agar himoya avtomatlar bilan amalga oshirilgan bo‘lsa ikkita fazaga o‘rnatiladi.
|
| |