Ishlash vaqti xarakteristikalari turlicha bo‘lgan himoyalarni o‘zaro moslashtirish




Download 8,22 Mb.
bet10/37
Sana14.02.2024
Hajmi8,22 Mb.
#156543
TuriУчебное пособие
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
RELE o\'quv qo\'llanma (2)

4.4.3.3. Ishlash vaqti xarakteristikalari turlicha bo‘lgan himoyalarni o‘zaro moslashtirish
4.4.3.3.1. Ishlash vaqti xarakteristikalari turlicha bo‘lgan MTHlarni o‘zaro moslashtirish
MTH xarakteristikalarini o‘zaro moslashtirish metodikasini 4.2 – rasmdagi tarmoqning uchastkasi misolida ko‘rsatamiz, bu yerda 1 – va 4 – himoyalar bog‘liq bo‘lmagan, 2 – va 3 – himoyalar esa bog‘liq bo‘lgan xarakteristikaga ega.
2 – ,3 – ,4 – himoyalarning ishlash toki (4.27) va (4.28) ifoda orqali topiladi, 1 – himoyaning toki va vaqti berilgan hisoblanadi.
1 – himoyaning xarakteristikasi I (birlamchi tok) va t vaqt o‘qlari grafigida keltirilgan (4.3 – rasm).

4.2 – rasm
1 – va 2 – himoyalarni vaqt bo‘yicha o‘zaro moslashtirishda, agarda bir xil birlamchi tokda ikkala himoyaning relelaridan maksimal mumkin bo‘lgan tok oqib o‘tgan shart bo‘yicha bajariladi. Ushbu shart 1 – himoyaning TT dan keyinga joyda QT (K1 nuqtada), ya’ni G nimstansiyaning shinasida bo‘lganda mavjud bo‘ladi. K1 nuqtadagi tokning qiymatidan foydalangan holda ushbu tokdagi 2 – himoyaning sabr vaqti topiladi: (Grafikdagi C nuqta).
Sabr vaqti tokka bog‘liq bo‘lgan relening (RTV, RT – 80) namunaviy xarakteristikasidan 2 – himoyalarning ishlash vaqti o‘rnatmasi ( ) shunday tanlanadiki, S nuqta ( va ) kordinatasi bilan tanlangan xarakteristikada bo‘lsin.
Buning uchun agarda liniyadan tok o‘tganda birinchi bo‘lib 2 – himoyaning relesidagi tokni aniqlash kerak:

bu yerda – sxema koeffitsienti, uning son qiymati TT ulanish sxemasiga, rele va QT turiga bo‘liq bo‘lgan holda ushbu paragrafning oxirida keltirilgan, shundan so‘ng karralik, ya’ni reledagi tokni uni ishlash tokiga nisbati topiladi:

chunki, relening namunali xarakteristikasi t=f(kI) bo‘g‘liqlikni ifodalaydi.
Nuqtani topilgan K1 va t2 qiymatlarini t=f(kI) xarakteristikasi maydoniga qo‘yib u orqali egri chiziq o‘tkazib uning yonida yotadigan o‘xshash xarakteristika olinadi. Ushbu xarakteristikaning bo‘yicha mos keluvchi relening ishlash vaqti 2 – vaqti hisoblanadi ( ).
Keyinchalik aniqlangan t=f(kI) xarakteristikani liniyadagi birlamchi tokni ishlash vaqtiga bo‘liqligiga o‘zgartiriladi t=f(kbirl), quyidagi ifodadan foydalanamiz

2 – himoyaning K2 nuqtadagi QT ning maksimal tokidagi himoyaning xarakteristikasini bilgan holda (hisoblashda D podstansiyaning shinasidagi QT qabul qilinadi), 3 – himoya uchun nazorat nuqtasi aniqlanadi: (grafikdagi D nuqta). 3 – himoyaning ishlash tokini olgan holda nuqtadagi namunaviy xarakteristika bo‘yicha, 2 – himoya uchun ham va 3 – egri chiziq topiladi.
4 – himoyaning sabr vaqti 3 – himoya bilan moslashtirish shartidan topiladi. Moslashtirish 4 – himoyaning ishlash tokidan amalga oshiriladi, u holda

Bog‘liq bo‘lgan xarakteristikali himoyalar uchun tanlovchanlik pog‘onasini kattaroq qabul qilish kerak – 0,6 s.



4.3 – rasm
Himoyalami o‘zaro moslashtirishda TT larni va relelarni ulanish sxemasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun o‘zaro moslashtirishda quyidagi qoidalarni bajarish kerak:

  1. QT toki sistemaning maksimal ish rejimida aniqlanadi:

  2. Faza toklariga (‘‘yulduz” va “to‘liq bo‘lmagan yulduz” ) ulangan rele himoyasi uchun moslashtirish uch fazali QT shartidan amalga oshiriladi ( ), toklar farqiga (“uchburchak” ham) ulangan rele himoyasi uchun moslashtirish TT mavjud bo‘lgan ikkita fazadagi ikki fazali QT shartidan amalga oshiriladi ( 2), chunki bu holda reledan eng katta tok oqadi:

  3. Faza toklariga ulangan himoyalarni toklar farqiga ulangan himoyalar bilan yoki teskari holda bo‘lsa, himoyalarni moslashtirish ikkita fazadagi ikki fazali QT shartidan amalga oshiriladi:

  • agar himoya faza toklari farqiga ulangan va yuklamaga yaqin joylashgan bo‘lsa ulardan birida TT bo‘lmaydi (4.4,a – rasm);

  • agar himoya faza toklari farqiga ulangan va ta’minlash manbasiga yaqin joylashgan bo‘lsa ulardan birida TT bo‘ladi (4.4,b – rasm);



yuklama
a)

yuklama
b)

4.4 – rasm
4. Kuch transformatorlarining yuqori va past kuchlanish tomoniga o‘rnatilgan himoyalar xarakteristikalarini moslashtirish uchun transformatorning ikkala tomonidagi toklarni o‘zaro munosabatini hisobga olgan holda ikki fazali QT da amalga oshiriladi (4.2 – jadval)
4.2 – jadval

Δ tomondagi BC fazalar orasidagi ikki fazali QT

tomondagi AB fazalar orasida ikki fazali QT

tomondagi tok












Agarda rele himoyasining ta’minlash tomonida tok maksimal, yuklama tomonidagi tok minimal shartida moslashtirish amalga oshiriladi.



Download 8,22 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Download 8,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlash vaqti xarakteristikalari turlicha bo‘lgan himoyalarni o‘zaro moslashtirish

Download 8,22 Mb.